Inflatsiya turlari. O‘lchov mezoniga ko‘ra, inflatsiya bir necha
turlarga bo‘linadi. Agarda o‘lchov mezoni inflatsiya sur’atlari (darajasi)
bo‘lsa, u holda inflatsiya quyidagi turlarga ajratiladi: mo‘tadil inflatsiya,
sakrab
chopuvchi
inflatsiya,
yuqori
darajadagi
inflatsiya
va
giperinflatsiya.
Tanqislik (defitsit) inflatsiya ko‘rinishining bir shakli bo‘lib
xizmat
qiladi, chunki inflatsiyani xarakterlovchi xususiyatlardan biri pullar to‘lov
qobiliyatining pasayishi hisoblanadi. Defitsit pullarning to‘lov qobiliyati
yo‘qligini, ya’ni kishilar ularga hech narsa xarid qila olmasliklarini
anglatadi.
Odatda inflatsiyaning ikki asosiy sababi keltirib o‘tiladi:
1)yalpi talabning ortishi;
2)
yalpi taklifning kamayishi.
Umumiy narxlar darajasining oshishiga olib kelgan sababga ko‘ra
inflatsiyani ikki turga ajratadilar:
a) talab inflatsiyasi
b) xarajatlar inflatsiyasi.
Narxlar darajasini real ishlab chiqarish hajmiga ko‘paytmasi (P × Y)
nominal ishlab chiqarish hajmi (real YaIM)ni beradi.
Muomaladagi pullar
tezligi odatda o‘zgarmas kattalik hisoblanadi, shuning uchun pullar
taklifining ortishi, ya’ni tenglama chap qismining ortishi uning o‘ng
qismining oshishiga olib keladi. Pul hajmining
ortishi qisqa muddatda ham
(chunki zamonaviy qarashlarga ko‘ra yalpi taklif egri chizig‘i yuqoriga, ya’ni
musbat yo‘nalishga ega), uzoq muddatda (yalpi taklif egri chizig‘i vertikal
yo‘nalishga ega) ham narxlar darajasining oshishiga olib keladi. Bunda qisqa
muddatda inflatsiya real ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan kuzatilsa,
uzoq muddatda real ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmaydi va o‘zining
tabiiy
(potensial) hajmiga teng bo‘ladi. Talab inflatsiyasi va xarajatlar
inflatsiyasining birlashuvi natijasida
inflatsion spiral hosil bo‘ladi.
Faraz
qilaylik,
markaziy
bank
pul taklifini ko‘paytirdi, bu esa yalpi talabning ortishiga olib keladi. Yalpi
talab egrisi AD
1
o‘ngga, ya’ni AD
2
ga siljiydi.
Natijada narxlar darajasi R
1
dan R
2
ga ko‘tariladi, qisqa muddatda ish haqi stavkasi o‘zgarmas bo‘lganligi
sababli (masalan, W
1
), bunday holatda real daromadlar
pasayadi (real daromad =
nominal daromad/narxlar darajasi, ya’ni narxlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
real daromadlar shunchalik
past bo‘ladi).
Dostları ilə paylaş: