Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Sh. M. Mirziyoyev KIRISH Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta utuvor yo`nalishi Harakatlar strategiyasi barcha sohalarni deyarli qamrab olgan bo`lib, buning natijasida ko`pgin istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 9-iyul kuni “Matematika ta`limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab quvvatkash, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining V. I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorning to`liq matni bilan quida tanishishimiz mumkin.
Quyida Garmonik funksiyalar chegaraviy masalalarini chekli ayirmalar usuli yordamida sonli yechishning qisqacha nazariy asoslari, hisob algoritmi, namunaviy misollar yechimlari, mustaqil ish topshiriqlari, sinov savollari, mustaqil o‘zlashtirishga oid adabiyotlar, dasturiy vosita va undan foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar va boshqa tarqatma materiallar keltirilgan.
Mexanika, fizika, texnika va boshqa sohalarda uchraydigan turli jarayonlar matematik fizika tenglamalari orqali ifodalanadi. Fanning maqsadi matematik fizikaning klassik tenglamalari deb ataluvchi to‘lqin, Laplas, hamda issiqlik tarqalish tenglamalarini tekshirish va ularga qo‘yiladigan asosiy masalalarni yechishdan iborat. Bu tenglamalarni o‘rganish talabalarda tegishli jarayonlar haqida tasavvurga ega bo‘lishlariga imkon beradi.