Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Fe’llarning tuslanishi(shaxs-son kategoriyasi)



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə13/22
tarix26.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#197866
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Mavzu Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning

Fe’llarning tuslanishi(shaxs-son kategoriyasi). Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki bajarilmaydi). Grammatik shaxs so'zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o'zga (III shaxs yoki predmet) bo'lishi mumkin.
Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko'plik) bilan birgalikda ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir grammatik ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o'qidim, o'qisam, o'qisang, o'qiyapman, o'qibman, o'qiy fe’llari tarkibidagi -m, -man, -y qo'shimchalari ish- harakatning I shaxs so'zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko'rsatsa; o'qidik, o'qisak, o'qiyapmiz, o'qibmiz, o'qiylik fe’llari tarkibidagi -k, - miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko'p so'zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi.
Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi affikslarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar shaxs- son affikslari deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o'zgarishi esa tuslanish deyiladi. Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham yuritiladi.
O'zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko'rinishda qo'shiladi. Shu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo'linadi.
Birinchi guruh tuslovchilar. Bu guruhga mansub tuslovchilar aniqlik va shart-istak maylidagi -di, -sa qo'shimchalarini olgan sof fe’l negizidan so'ng va edi to'liqsiz fe’liga qo'shiladi: keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi.
Fe’llarning birinchi guruh tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

I

yozdim, yozsam, yozgan edim

zdik, yozsak, yozgan edik

II

yozding, yozsang, yozgan eding

yozdingiz, yozsangiz, yozgan edingiz

III

yozdi, yozsa, yozgan edi

yozdi(-lar), yozsa(-lar), yozgan edi(- lar)



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin