Mavzu: Fransiya va Ispaniyaning maktabgacha ta’im



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə6/10
tarix22.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#133980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Fransiya va Ispaniyaning maktabgacha ta’im tizimini va ilg’or pedagogik

II – bob Fransiya va Ispaniyaning maktabgacha ta’lim tizimi xususiyatlari.
2.1. Fransiyada ta`lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
Fransiyada yosh bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti va kindergarten mavjud. Ular odatda bolalar bog'chasini uch yoshdan boshlashadi, ammo ba'zilari ikki yoshdan boshlanadi. Biroq, Fransiyada na maktabgacha ta’lim tashkiloti va na bolalar bog'chasi majburiy emas. MTT va kindergarten o'rtasidagi asosiy farq bolalarning yoshi va ularning rivojlanish qobiliyatlaridadir.
Maktabgacha ta'lim tashkilotiga 2 yoshdan 4 yoshgacha, kindergartenga esa 4 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar qabul qilinadi. MTT dasturidagi bolalar ta’lim-tarbiyasida asosiy e'tibor kindergartenga tayyorgarlik ko'rishga qaratilgan bo’ladi.
Fransiyada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun to'liq homiylik, ya’ni bepul o’qitish joriy etilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, maktabgacha tarbiya majburiy emas, ammo ishlayotgan ota-onalar bolalarini maktabgacha ta'lim tashkilotlariga taxminan uch yoshdan boshlab yuborishadi.
Fransuzlar ovqatni jiddiy qabul qilishadi va bu MTT larida ham aks etadi. Shuni ta'kidlash kerakki, fransuzlar tushlik vaqtiga juda jiddiy qarashadi. Fransiyadagi odamlar odatda sekinroq ovqatlanishadi. Ular kichikroq qismlarni iste'mol qiladilar va tushlikda ko'proq tanaffus qilishadi. Bu asta-sekin va yaxshi ovqatlanish madaniyatini maktabgacha yoshdagi bolalarda yaqqol ko'rish mumkin. MTT tarbiyalanuvchilarining tushlik holati 2 xil bo’lib, Ko’pchilik bolalar shu yerning o’zida ovqatlanishadi, ba’zi bolalarni esa ota-onalari tushlik payti olib ketishadi. Bunda ota-onalarning bolalar bilan birga tushlik qilishlari bola ruhiyati uchun yaxshi ta’sir qilishi nazarda tutilgan.
Kindergarten (Bolalar bog'chasi) faoliyati
Kindergartenning maqsadi - bolani mustaqil bo'lishiga yordam berish va boshqa bolalar va atrofdagi dunyo bilan o'zaro munosabatda bo'lish uchun bilim va ko'nikmalarni egallash.
Odatda o'quv haftasi 24 soatni tashkil etadi va bolalarga bir necha muhim yo'nalishlarda bilim olishga yordam beradi:

  • Til - ham og'zaki, ham yozma;

  • Nutq madaniyati;

  • Ularning atrofidagi dunyoni kashf etish;

  • Ularning tasavvurini va ijodiy qarashlarini idrok etish, his qilish va rivojlantirish.

Faoliyatlarga individual va guruh bilan ishlash, o'qitish,didaktik o'yinlar, seminarlar kiradi. Bolalarning o'sishi obyektiv standartlarga muvofiq nazorat qilinadi va o'qish qiyin bo'lgan bolalar o'qituvchilar yoki kichik guruhlarda individual yordam olishlari mumkin.
Bolalar bog'chasini tugatgandan so'ng, ular bir qator tadbirlarni bajarishlari kerak:

  • Boshqalarni tushunish;

  • Savol berish va o'z fikri, nuqtai nazarini ifoda etish;

  • Yozish va ularga o'qilgan matnlarni tushunishning asosiy xususiyatlarini aniqlash;
    oddiy so'zlarni yozish;

  • Hissiyotlarni imo-ishoralar va harakatlar orqali ifodalash;

  • Inson tanasi, hayvonlar va o'simlik hayotini o'z ichiga olgan narsalarni tanib olish;
    Oddiy rejalar tuzish;

  • Qo'shiqlar va qofiyalarni yodlash va talqin qilish.

Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega.
Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o’zgarishlar kiritildi.
Fransiya davlatining hozirgi davrida amal qilayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishi ta’lim strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatidagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlaridagi integratsiyalar sabab bo’ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasbkorga ega qilishdan iboratdir.
Mamlakatda maktablar davlat, xususiy, oraliq maktablariga bo’linadi. O’qitiladigan predmetlar ichida frantsuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo’lib, ularga ajratilgan vaqt dars «tarkib»ining 30 foizini tashkil etadi. Umuman,
«tarkib»dagi 45 foiz darslar gumanitar yo’nalishda, qolganlari tabiiy fanlardir. Sinflarning o’rtacha haftalik darslari 26 soatdan iborat, darslarning davomiyligi esa 60 minut, sinflardagi bolalarning o’rtacha soni 35-40 ta, o’quv yili 5 chorakka bo’linadi.
Boshlang’ich sinflardagi o’qish ertalab va tushdan keyin o’tkaziladi. Ertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya maktablarida ona tili va adabiyoti hamda matematika baza predmetlari, tarix, geografiya, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Ta’lim tizimlari
Fransiya ta’lim tizimining dastlabka bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritiladi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad, bolalarning maktabdagi sharoitini uy sharoiti bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat. Ular mustaqil holda ham, maktablarning boshlang’ich sinflari bazasida ham tashkil etilgan. Fransiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. “Onalar maktablari” bazasida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya shahobchalarida tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:
kichik guruh 2 yoshdan 4 yoshgacha;
o’rta guruh 4 yoshdan 5 yoshgacha; – katta guruh 5 yoshdan 6 yoshgacha.
5-6 yoshlilar maktabga tayyorlov guruhi bo’lib, ularga Fransiyada 100 foiz shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Boshlang’ich ta’lim
Fransiyada boshlang’ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktablar fuqarolarning qanday millatga, mamlakat fuqaroligiga mansub bo’lishidan qat’iy nazar, majburiy va bepuldir.
Boshlang’ich maktab bosqichiga qo’yilgan asosiy talab o’quvchilarga ifodali o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdan iboratdir.
Fransiya ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan chet el fuqaroligiga mansub kishilarning farzandlariga ularning tabiatini, xalqi, tarixi, tili va adabiyotini o’rganish uchun fakultativ kurslar tashkil etish ham ko’zda tutilgan.
Boshlang’ich sinflarda o’qish muddati 5 yil bo’lib, shu muddat ichidagi o’qish asosan 3 bosqichga bo’linadi:
— Tayyorlov bosqichi – 1 yilga mo’ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o’qish va yozishga, kuylashga, o’ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilai mashg’ul bo’lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqa, mehnat qilishga o’rgatiladilar.
O’quv mashg’ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlardadir.
Navbatdagi bosqich – elementar kurs bo’lib, bu bosqich 2 yil davom etadi. Bunda o’quvchilarning tayyorlov tsiklida predmetlar bo’yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o’qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o’qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi.
Boshlang’ich maktabning 3 bosqichi – chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o’quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi.
Dasturlarda o’quv predmetlarining barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq, alohidaalohida talablar qo’yiladi. Masalan:
O’qish I bosqichda o’quvchi:
Bosmadan chiqqan barcha nashrlarni (kitob, gazeta, jurnal, lugat, e’lon, xat va hokazo) bir-biridan ajrata olish;
Xatni o’qish tamoyillarini (satr boshi, sarlavha, bob, betlarning ketma-ketligi) o’rganib olish;
Matn tarkibini (nutq, asosiy qism, xulosa) aniqlay olish;
Mustaqil mashg’ulotlarda kitoblardan, lugatlardan foydalana olish.
II bosqichda:
O’qilgan mazmunini elementar bayon qilib bera olish;
Kitob mavzuida ishtirok etgan shaxslarni aniqlash, nomini bilish, tasvirlab berish; 3. Sintetik tahlil qila bilish (urg’u, tinish belgilari). III bosqichda:
Ifodali, tez va aniq, ovoz chiqarib hamda o’zicha o’qish, o’qish qoidalarini to’la shakllantirish, savollarga og’zaki va yozma ravishda javob qaytarish, mavzuli rasmlarni izohlab berish;
Matndagi noaniq so’zlarii aniqlash va uni tez tarjima qilishni bilish;
Sinf kutubxonasini tashkil etishda ishtirok etish; 4. Bayon qilingan axborotni tinglash va to’gri qabul qilish;
So’zlarni og’zaki va yozma fonetik tahlil qilib berish;
Kitobdan va lugatli adabiyotlardan mustaqil ishlash jarayonida to’la foydalana olish;
Soddalashtirilgan matnlar bilan ishlashni bilish.
Yozuv Yozuvga qo’yilgan talab uch saviyada belgilanadi; yozuv texnikasini o’rganish, yozuvda qalam, ruchka, bo’rda ishlashni bilish, chiziqlarga to’la rioya qilish, yozma va bosma harflarni farqlash, xatolar ustida ishlash malakasini egallash lozim. Yozuv bo’yicha o’quvchi III bosqichda inshosi shakllangan, tasviri mazmunli, yozuv texnikasini mukammal o’zlashtirgan, ifodada aniq izchillikka ega bo’lmogi darkor.
Og’zaki nutq
Og’zaki nutqni rivojlantirish bo’yicha ham uch bosqichning osondan qiyinga, soddadan murakkabga yo’naltirilgan talablari mavjud. Bola bu bosqichda tevarakatrofida bo’layotgan voqea va hodisalarga o’z munosabatini bildirgan holda ifodali so’zlab bera olishi, o’z nutqini mantiqan tahlil qilishi, sinonim, omonim, antonimlarni mazmun ifodasiga qarab qo’llay olishi, so’z va iboralarning o’z hamda ko’chgan ma’noda to’g’ri qo’llay bilish, tarix, geografiya va boshqa predmetlarning atamalarini puxta o’zlashtirib olishlari kerakki, bu keyingi bosqich maktablari uchun puxta zamindir.
Matematika bo’yicha
Boshlang’ich maktabning uch bosqichi davomida o’quvchi sodda misol va masalalarni tahlil etish, ulardan paydo bo’ladigan xosilalarni aniq tasavvur hosil qilishi, taklif qilingan hisoblash yo’llaridan boshqacha yo’llarni qidirib topish, javoblarning to’g’riligini aniqlovchi bir qator isbotlarni bilishi, sonlarni taqqoslash, joylashtirishni amalga oshirishni, 1000 gacha adashmay sanashni bilishi, sonlar, qavslar, kasr chiziqlarini qo’llash, mantiqiy fikrlash, arifmetikadagi uch amalni puxta egallash, oddiy diagramma, shakl, sxema, grafika, jadvallarni chizish, geometriyadan dastlabki malakaga ega bo’lmoqlari lozim.
Boshlang’ich maktabning uch bosqichli o’quv jarayonida tarix, geografiya bo’yicha ham jiddiy talablar asosida bilim beriladi. Chunonchi, tarix bo’yicha qadimiy va zamonaviy voqea va hodisalar aniq xronologik ketma-ketlilik bilan o’rganib olishni, vatan tarixini bilishini, barcha tarixiy terminlarni yod olishni talab etilsa, geografiyadan orientirlash, kartani o’qish, qit’alarni, okeanlar, dengizlarni, tog’larni, daryo va ko’llarni ajrata olishni, Fransiyaning geografik o’rni, iqtisodiyoti, qazilma boyliklari bilan tanishadilar, karta, globus, atlas, geografik lug’at va entsiklopediyalardan foydalanishni o’rganadilar.
Fransiya maktablarining boshlang’ich sinflarida grajdanlik ta’limi predmeti ham o’qitiladi. Bu predmet ta’limi bizning ta’lim tizimimizdagidek mustaqil bo’lmay ayrim yoidosh predmetlar tarkibiga kiritilgan. Shu tufayli «Grajdanlik ta’limi» predmetiga batafsilroq tuxtalib o’tishni joiz deb hisobladik.
O’quvchilar oila, maktab, sinf oldida ma’lum bir mas’uliyat sezmoqlari lozim. Ularni yoshligidanoq o’z do’stlarini, sinfdoshlarini, oila a’zolarini hurmatlash, ular mehnatini qadrlash, jamoatchilik ichida o’zini tutish kabi insoniy xislatlarni singdirishdan tashqari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotni boshqarish ishlari tizimi, shahar meri, shahar kengashi ularning vazifalari, saylov tizimlari, saylov oldi kompaniyasining qo’yilishi, mohiyati va boshqalar o’rgatiladi.
Grajdanlik ta’limi predmeti kurslari tarkibiga yana ma’muriy tashkilotlar, ularning vazifalari, fuqarolarning, o’quvchilarning huquqlari va burchlari ham o’rgatiladi. Bundan tashqari o’quvchilar o’z mamlakatining siyosiy hayotini anglab etishlari, u haqda elementar fikr berishni bilishlari lozim.
Frantsuz maktablarida nafosat ta’limiga ham alohida ahamiyat beriladi. Bunday ta’lim uch tarkibdan iborat: musiqa, tasviriy san’at, sport.
Musiqa darslarida o’quvchilarga badiiy so’zlash, kuylash, raqsga tushishni o’rgatadilar. Bundan tashqari boshlang’ich sinf kursida o’quvchi eng ommalashgan musiqa asboblaridan birini chala oladigan bo’lmog’i kerak.
Tasviriy san’atda esa qiyish-yopishtirish, modellar yasash, surat solish, rang tanlash masalalari asosiy urinni egallaydi.
Sport ham ta’limning shu jabhasiga kirib, bolalar bunda yugurish, sakrash, emaklash, turli shakllarda yurish kabi mashhlarni bajaradilar. Sport mashg’ulotlari va musobaqalari jarayonida bolalarni o’zini idora eta olishi, bir-birini qo’llab-qo’ltiqlash, do’stlik va hamjihatlilikni tarbiyalashga asosiy e’tibor qaratiladi.
Shunday qilib, frantsuz maktablarining maktabgacha va boshlang’ich ta’lim bosqichida savodxonlikka, o’quvchining shaxs sifatida shakllanishiga mustahkam zamin yaratiladi, o’quvchining o’z kuchi, qobiliyati va imkoniyatiga ishonch tarbiyalanadi. Bu bosqich maktabda o’quvchining dastlabki bosqichda qanday holda qabul qilib olinishidan qat’iy nazar, uni maktab hayotida bosh rolni o’ynashga muvaffaq bo’lishidan iboratdir.
O’quvchilarni maktabning yuqori bosqichlariga puxta tayyorlab berishda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining mas’uliyati (javobgarligi ham deyish mumkin) nihoyatda yuqori. Bu mas’uliyat «Ta’lim haqida»gi davlat Qonunida alohida ko’rsatib o’tilgan.
O’quvchilar bilan individual ishlash, ularni rag’batlantirish, shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, ta’limda uzluksizlik va vorislikni ta’minlab berish boshlang’ich sinf o’qituvchilariga qo’yilgan bosh talabdir.
Boshlang’ich maktablarda dars jadvali va kun rejimini to’g’ri, oqilona tuzishga katta ahamiyat beradilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ta’lim vazirligi «O’quvchi tabeli» joriy etgan. Bu tabel orqali maktab va uning pedagogik jamoasi, hamda xodimlari ota-onalar bilan uzluksiz aloqada bo’lib turadilar.
Ta’limni turli tsikllar orqali amalga oshirish frantsuz ta’lim tizimiga keyingi yillarda kirib kelgan yangilik deb baholash mumkin. Aynan ta’limdagi tsikllashtirish unga vorislik, uzluksizlik, bolalar individual qobiliyatlarini butun boshlang’ich ta’lim jarayonida ta’minlab beruvchi omildir. Bundan tashqari ta’limni tsikllashtirish o’qituvchi faoliyatiga keng erkinliklar ham beradi, uning pedagogik mas’uliyatini oshiradi.
O’quv dasturining mazmunini bevosita o’qituvchining o’zi belgilaydi. Bir so’z bilan aytganda, o’qituvchi bolalar bilimiga mas’ul ekan, uning uslub tanlashiga, mustaqil harakat qilishiga to’la erkinliklar ham beriladi.
O’quvchilarga boshlang’ich maktabning dastlabki uch sinfida bir o’qituvchi dars beradi. Uning nomzodini pedagogik va ota-onalar jamoasi aniqlaydi. Bolalarni yosh xususiyatiga qarab komplektlash tamoyillari bor. Lekin u yoki bu sababga ko’ra o’quvchilarning sinfdan-sinfga ko’chmay qolish hollarini tez-tez uchrab turishi tufayli ularning yosh jihatdan farqlari ham turlicha bo’lib qolishi mumkin.
1990 yildagi hukumat qaroriga muvofiq, maktabgacha va boshlang’ich ta’limga modullashtirish, bolalarni bilimiga u yoki bu fanga moyilligiga qarab tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi berildi. Bunday dars jadvallari bir yilga, yarim yilga, choraklar buyicha alohida-alohida tuzilishi mumkin. Keyingi paytlarda o’qituvchi tomonidan o’quvchiga puxta bilim berish, ota-onalar tomonidan esa o’z farzandiga etarli sharoit yaratish, ularning bilim olishlariga mas’uliyat bilan qarash ifodalangan bitimlar tuzish odat tusiga kirib bormoqda.
O’rta ta’lim
O’quvchilar 11 yoshda boshlang’ich maktabni tugallab o’rta maktabga o’tadilar. O’rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi.O’rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5, 4 o’rta, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak, sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o’rgatiladi: frantsuz tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, matematika, tabiiy fanlar.
Shunday qilib 6-5-sinflar umumiy o’rta ta’lim beradi: 4-3-sinflarda o’quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha guvohnoma oladilar.
Shundan keyin o’quvning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda o’quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O’qish 3 yil davom etib 2-sinf kichik, 1-sinf o’rta va yakunlovchi sinflarga bo’linadi.
O’quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so’ng bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo’lganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini qo’lga kiritadilar.
Umumiy ta’lim yo’nalishidagi uch yillik ta’lim litseylarida quyidagi fanlar o’qitiladi: adabiyot tarixi, ona tili va adabiyoti, lotin tili, chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari bo’lishi mumkin), tarix, geografiya, frantsmya ekonomikasi.
Xuddi shu 3 yillik bosqichli texnik litseylarda uning yo’nalishlariga qarab matematika, fizika, ximiya hamda boshqa tabiiy fanlar o’qitiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o’quvchining bu bosqichda chet tillarni o’rganishiga katta e’tibor beriladi. Talab, o’qishni tugatgach, o’quvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari kerak.
Yuqorida bayon etganimizdek, o’quvning bu bosqichini guvohnoma bilan tugallagan o’quvchilar oliy maktab sanalmish institutlar va universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Lekin hamma institut va universitetlarga ham imtihonsiz kirib bo’lmaydi. Talabalar oliy pedagogika instituti, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish imtihonlari bilan qabul qilinadilar, ularning shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko’riladi.
Oliy ta’lim
Frantsuz yoshlari, Fransiyaga bilim olish uchun kelgan chet el fuqarolari quyidagi bilim maskanlarida oliy ma’lumot oladilar:
Universitetlar;
Oliy texnologiya maktablari;
Oliy muhandislik maktablari;
Oliy arxitektura maktablari;
Oliy tijorat maktablari;
Siyosiy fanlar oliy maktabi;
Oliy pedagogik va filologiya bilimgohlari;
Oliy tibbiyot o’quv tashkilotlari;
Oliy badiiy maktablar;
Uzluksiz ta’lim (malaka oshirish oliygohlari va hokazolar).
Oliy ta’lim beruvchi universitetlar o’z talabalariga uch tsiklda bilim beradilar. Birinchi tsikl umumiy yoki biror texnik yoki ilmiy sohada oliy ma’lumot olish bilan yakunlanib, o’qish ikki yil davom etadi. Ikkinchi tsiklda o’qish bir yil davom etadi. Talabalar unigetriz, magistr darajalari bilan yakunlaydilar. Uchinchi tsiklda o’qish birikki yil davom etadi. Bu tsiklda:
biron-bir predmetni chuqurlashtirib o’rganilganligi haqida diplom (bir yil);
ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to’g’risida diplom (bir yil);
uchinchi tsikl doktorlik dissertatsiyasi (bir, ikki yil);
davlat doktorlik dissertatsiyasi – biron-bir sohani mukammal o’rganib, dissertatsiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy professional ta’lim berish keyingi 20 yil davomida qaror topdi.
Bu – qisqartirilgan maxsus ta’lim bo’lib, unda o’qish ikki yil davom etadi. O’quv univsrsitetlar yoki texnik litseylarda amalga oshiriladi.
Uning bitiruvchilari ishlab chiqarish sohasida, xizmat ko’rsatish sohasida va boshqa sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydilar.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslash-tirilgan. O’qish muddati 2 yil bo’lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. O’qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko’zda tutilgan.
Fransiyada mingdan ortiq ana shunday institutlar faoliyat ko’rsatib, ular qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydilar.
Bunday institutlarga kirish imtihonsiz amalga oshiriladi.
Uning bitiruvchilari ishlab chiqarish sohasida, xizmat ko’rsatish sohasida va boshqa sohalarda rahbarlik lavozimlarida ishlaydilar. Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko’rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslash-tirilgan. O’qish muddati 2 yil bo’lib, darslar haftasiga 30-35 soatni tashkil etadi. O’qish davomida 8 haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham ko’zda tutilgan.
Fransiyada mingdai ortiq ana shunday institutlar faoliyat ko’rsatib, ular qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, san’at, informatika, ma’muriy boshqaruv, buxgalterlik hisobi, amaliy san’at bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydilar.
Bunday institutlarga kirish imtihonsiz amalga oshiriladi.
Sirtqi ta’lim
Mamlakatda sirtqi ta’lim shaxobchalari juda keng va xilma-xildir. Bunday ta’lim tizimlari bir yo’la 1.000.000 kishini qamrab olishi mumkin. Hozir Fransiyadagi sirtqi kurslarda 550 ming kishigacha ta’lim oladi. Bu katta yoshdagi faol tarkibning 80 foizini tashkil etadi.
Sirtqi ta’lim xususiy yoki davlat ta’lim shaxobchalarida amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda milliy sirtqi ta’lim markazi faoliyat ko’rsatmoqda, u 500 turdagi o’rta, oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi.
Odatda ta’limning bu turi oilaviy sharoit, iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli maktabda o’qishni davom ettirish imkoniyati bo’lmagan kishilar uchun mo’ljallangan. Hozirgi paytda sirtqi ta’lim katta yoshlilar uzluksiz ta’limining muhim shaxobchasi bo’lib qolgan.
Ular o’z ixtiyorlari bilan, o’z mablag’lariga yoki korxonalar mablag’i hisobiga o’qiydilar. Sirtqi ta’lim tarkibiga qushimcha kasbkor o’rganish, malaka oshirish ishlarini ham amalga oshirish mumkin. Shuningdek, o’zining ijtimoiy holatini yaxshilash istagida bo’lganlar ham (yollangan ishchilar, ro’zg’orda band bo’lgan ayollar, pensioner, harbiy xizmatchilar, mahbuslar) sirtqi ta’lim orqali tsgishli ma’lumot olishlari yoki kasb-kor o’rganishlari mumkin.
Kadrlar bilan ta’minlash
Fransiyada maktab rahbarlari lavozimga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o’qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o’rganadilar. Markazdagi o’qish yakunlangach, suhbatdan, test imtihonlaridan o’tadilar.
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyati ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib boriladi. Aksariyat hollarda direktorlar maktab qoshidagi uyda yashaydilar. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, etuk rahbar sifatida faoliyat ko’rsata olmasa, u yana qaytarilib o’qituvchilikka o’tkaziladi. Direktor 65 yoshdan so’ng umuman ishlamaydi.
O’qituvchilarni ishdan olishni maktab direktori amalga oshirmaydi. Yaxshi ishlamaydigan o’qituvchilarni direktor tavsiyasiga muvofiq ta’lim inspektsiyasi tomonidan taftish qilinadi. Uning intizomi, o’qituvchilik faoliyati, bolalar, ota-onalar o’rtasidagi obro’si diqqat bilan o’rganiladi va tegishli chora ko’riladi.
Maktab o’qituvchilariga qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa, boshlang’ich maktablarda o’qituvchi o’z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo’lmog’i lozim.
O’qituvchilar o’z nazariy-uslubiy malakalarini oshirishga katta ahamiyat beradilar. Malaka oshirish kurslaridan o’tish uchun aniq muddat belgilab qo’yilmagan. Vaqti-vaqti bilan o’qituvchilar o’z ixtiyorlari bilan test markazlarida imtihon topshiradilar. Shu imtihonlar davrida o’qituvchi faoliyatida ayrim nuqsonlar sezilib, malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o’z vaqtlari va mablag’lari hisobiga malaka oshiradilar.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin