namoyish etildi, ayrimlari esa sovg’a sifatida xorijiy shaharlarga jo’natildi. Usta Muhammadtoir Rizomuhammad o’g’li (1898-1980) Toshkent shaxrining eski shahar mavzesidagi Chig’atoy mahallasida usta kulol oilasida dunyoga keldi. Otalari Rizomuhammad usta kulol edi. Onalari Xayri ona uy bekasi edi.Etti yoshida mahalladagi eski maktabga ukishga keldilar.Uch yil eski maktabda savod chikarib, mulla Toir nomini oladi.So’ng otasiga yordam berib yurib kulolchilikning hamma sir-asrorlarini urganganlar.1917 yil ustaning otasi olamdan utadi.Kulolchilik kasbi bilan oilani tebratish Toir otaning zimmasiga to’shadi. Uch singil va bir uka ustaning qaramog’ida voyaga etdi. 16 yoshlarida 1914 yil oila kurgan. Ayollari Mirsulton qizi Paraxat ona bilan 5 o’g’il va 4 kizning otasi bo’lganlar. Bolalarini hammasini kulolchilik kasbi orkali voyaga etkazib, uy-joyli kilganlar.Kulolchilik kasbi bilan umrlarining oxirigacha shugullanganlar.Asosan xalq extiyoji uchun zarur bo’lgan oshxona buyumlari yasaganlar.Usta bu idishlarni oddiy usulda charx deb atalgan kurilma yordamida yasaganlar. Usta tuprokni Qora Qamish jari yakinidan qoramtir rangdagisini olib kelganlar va sopol buyumlar yasaganlar. Xumdonga o’tin va kipik yokilgan. Pishirilgan sopol buyumlar eski shahar rastalarida xalq iste’moli uchun sotilgan.Savdo rastasida utirgan ustani kurgan kino rejissyorlar Alisher Navoiy filmida ishtirok etishga bir necha bor taklif kilishgan.Ustadan rad javobini olishgach, ular ustani kiyofasini fotoga tushirib ketishadi. 1980 yil usta 82 yoshida olamdan o’tdi1. Kulolchilik Sharkning eng kadimiy va navkiron san’atidir. Bu qora loy saxovat va xalollik extiyojini uz zimmasiga olgan farovonlik, tukinlik, rizk–ruz, guzallikni eng oliy kurinishi san’atining zaminidir.