tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liq
, masalan, fizika,
biokimyo, anorganik va organik kimyo, kolloid kimyo, o’simliklar fiziologiyasi,
hayvonlar va odam fiziologiyasi, tibbiyot va boshqa shu kabi fanlar erishgan
yutuqlaridan foydalanadi va o’z qonunlari va uslublari bilan ushbu fanlar o’rganadigan
jarayonlarni tushuntirib beradi. Biofizika fani amaliy jihatdan turli xil kasalliklarga
tashhis qo’yish uchun elektrokardiografiya, rentgenografiya, qon bosimini o’lchash
asboblardan foydalanishga, izoto’lar, ulg’tratovush, lazer, ulg’trabinafsha nurlar kabi
uslub va vositalarni ishlab chiqishga asos bo’ldi.
Biofizika yutuqlaridan qishloq xo’jaligida yuqori samaradorlikka erishish uchun
foydalanilmoqda. O’simlik urug’larini elektromagnit maydonlari bilan, yoki infraqizil
nur bilan ishlov berish hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi. Biofizika o’z
muammolarini boshqa fan sohalari yutuqlari bilan hal qiladi va o’ziga yaqin turgan
fanlarni rivojlanishiga turtki bo’ladi. Hozirgi vaqtda meditsina, ekologiya, fiziologiya,
qishloq xo’jaligi va boshqa yondosh fanlarning taraqqiyoti biofizikaning rivojlanishi va
uning uslublarini tadbiq qilish bilan bog’liq.
Biofizikaning bo’limlari
Biofizika fani bir necha bo’limlarga bo’lib o’rganiladi, lekin bu bo’limlar bir-biri
bilan o’zaro bog’liq va hech qanday chegara bilan ularni ajratish mumkin emas.
Molekulyar biofizika, membranalar biofizikasi, hujayraviy jarayonlar biofizikasi,
qisqaruvchan tizimlar biofizikasi, bioenergetika, fotobiologiya, radiobiologiya,
biologik jarayonlar kinetikasi, termodinamika va murakkab tizimlar biofizikasi
biofizikaning asosiy bo’limlaridir.
Molekulyar biofizika
biomolekulalarning fazoviy tuzilishi va xossalarini, ularning
o’zaro tahsir kuchlarini o’rganadi. Ayniqsa, makromolekulalar tuzilishi va funktsiyasini
o’rganishning ahamiyati katta bo’lib, oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar va boshqa
biopolimerlarning hayotdagi rolini tushunishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |