Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nazorat qilish


Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib ikki xil shaklda o‟tkazilishi mumkin



Yüklə 34,44 Kb.
səhifə4/7
tarix08.05.2023
ölçüsü34,44 Kb.
#109473
1   2   3   4   5   6   7
Baholash2

Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib ikki xil shaklda o‟tkazilishi mumkin.


  1. Mezonga asoslangan baholash.

  2. Meyorga asoslangan baholash.



Mezonga asoslangan baholash.Baholanuvchining ta‟lim jarayonida qo‟lga kiritgan natijalarini, bilim,ko‟nikma va malakalarini oldindan belgilangan o‟quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‟ra taqqoslash va o‟lchashdan iborat bo‟lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlani aniq belgilab beruvchi o‟rganish maqsadlari bo‟yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‟g‟ridan to‟g‟ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruxlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‟lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‟lchanadi.

Mezonga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat:



      • O‟quv maqsadiga muvofiq baholanadi;

      • Ta‟lim oluvchining o‟zlashtirish darajasini obyektiv baholaydi;

      • Baholash o‟zining aniq ko‟rsatkichlariga ega bo‟ladi;

      • Ta‟lim oluvchi olgan bahosidan yo‟l qo‟ygan xatolarini yaqqol ko‟rib turadi;

      • Baholanuvchini ta‟lim olishga yo‟naltiradi;

      • Baholanuvchilarning baholaniyotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ulaning o‟z bilimi va malakalariga bo‟lgan ishonchini oshiradi;

      • Hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarini o‟rnatadi;

      • Ta‟lim mazmunini aniqlab beradi;

      • Baholanuvchilarning o‟z faoliyati natijalariga bo‟lgan masuliyatini oshiradi.

Mezonga asoslanganbaholashning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:





      • Mezonlarni ishlab chiqish ko‟p vaqt talab qiladi;

      • Mezonlarning obyektivligi,xaqqoniyligi va aniqligini aniqlashga nisbatan talabalarning ko‟pligi;

      • Ijtimoiy fan yo‟nalishlari bo‟yicha mezonlar ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch keladi;

Meyorga asoslangan baholash nisbiy baholash shakli bo‟lib, baholashdan so‟ng baholanuvchilarning ta‟lim jarayonida qo‟lga kiritgan natijalarini o‟zaro taqqoslash orqali o‟lchashdan iborat.
Bu baholash shakli xam ikki bosqichdan iborat bo‟lib,birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o‟zaro taqqoslash orqali o‟lchanadi. Meyoriy baholashda baho bir necha ko‟rsatkichlarga va ta‟lim olish shart –sharoitlariga ko‟ra o‟zgarishi mumkin bo‟ladi.
Meyorga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat:

      • ta‟lim beruvchi ortiqcha vaqt sarflamaydi;

      • turli shart-sharoitlarga oson moslashtirish mumkin;

      • baho bo‟yicha ko‟rsatkichlar umumiy tarzda olinadi;

      • muayyan baholanuvchilar guruhi ichida ularning o‟zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirish imkonini beradi;

      • baholash natijasida gurux ichidan ma‟lum sondagilarni ajratib olish imkonini beradi;

Meyorlarga asoslangan baholashning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:

      • bilimlarni obyektiv va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi;

      • baholashda bilim bilan xulqni baholash aralashtirilib yuboriladi;

      • ba‟zan xulqni baholash bilimni baholashni belgilab beradi;

      • baholar ta‟lim beruvchi tomonidan subyektiv belgilanishi mumkin;

      • ta‟lim oluvchilar nisbatan simpatik ham bahoni yuqori qo‟yib yuborishga olib keladi;

Baholash o‟tkazilish vaqtiga ko‟ra uch turga ajratiladi:

      • boshlang‟ich baholash;

      • joriy, ayni shakllantiruvchi baholash;

      • yakuniy,ya‟ni umumlashtiruvchi baholash;


Yüklə 34,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin