Agar ta‟lim beruvchi biror ta‟lim oluvchiga nisbatan hayrixoxlik bilan qarasa , bu bahoning biroz yuqoriroq bo‟lishiga olib kelishi mumkin .
Yuqori talab qo‟yish xatosi
Agar ta‟lim beruvchi o‟ziga nisbatan yuqori talablar qo‟ysa va xuddi shunday yuqori darajadagi talablarni ta‟lim oluvchilarga nisbatan qo‟llasa, bu bahoning biroz pastroq bo‟lishiga olib kelishi mumkin.
O‟rtacha baho berish xatosi
Bu xato ta‟lim oluvchilarning natijalari o‟rtacha baholanishini bildiradi.
Buning sabablari ta‟lim beruvchining o‟ta yaxshi va o‟ta yomon baho berishdan qo‟rqishi bo‟lishi mumkin.
O‟z fikrini o‟zgartirmaslik xatosi
Ta‟lim beruvchi o‟zining birinchi fikrini o‟zgartirishni xoxlamasligi tufayli, o‟z nazoratining natijalarini o‟zgartirishsiz qoldiradi. Bir marta sodir bo‟lgan voqea tufatli ta‟lim beruvchida biror ta‟lim oluvchi to‟g‟risida qolgan ijobiy yoki salbiy taassurot , keyinchalik bu ta‟lim oluvchining shaxsiyatiga oid barcha boshqa xususiyatlariga e‟tibor bermasligiga olib keladi.
Yoqtirmaslik xatosi
Biror ta‟lim oluvchining yoqtirmasligi yoki unga nisbatan salbiy fikrda bo‟lishi tufayli ta‟lim beruvchi ta‟lim oluvchiga yomon baho qo‟yadi. Bu xato “hayrixoxlik xatosining “ aksidir.
Ta‟lim beruvchining baholashdagi xatoliklarini oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
Baholash mezonlarini aniq ishlab chiqish va ularni to‟g‟ri tanlash .
Baholashdan oldin ta‟lim oluvchilar bilan talabalar va baholash mezonlarini muxokama qilish.
Nazorat varaqasini ishlab chiqish
Baholovchining bir emas, balki ikkita bo‟lishi
Baholash usullarini to‟g‟ri tanlash
Baho mezonlariga muofiq qo‟yilgach , ta‟lim oluvchilarga ma‟lum qilish.
Baholash topshiriqlarini va ularga javoblarni imkon borichi yozma ravishda o‟tkazish va rasmiylashtirish.
Ta‟lim beruvchi ta‟lim oluvchi bilan birgalikda olingan baholarning natijalarini va yo‟l qo‟yilgan xatolarini muxokama qilish xamda sababini aniqlash