Test nazorati. Test nazoratining yaxshi tomonlariga quyidagilar kiradi:
Yaxshi tuzulgan pedagogik test obyektiv pedagogik o‟lchashning instrumenti bo‟lib , uning natijasi nazorat o‟tkazuvchi odamga bog‟liq bo‟lmaydi.
pedagogik test o‟quv materiali mazmunini to‟liq qamrab olishi mumkin, ta‟lim natijasini test usulida o‟lchashda- hamma talabalarga nisbatan bir xil , oldimdan belgilangan shkalaga belgilangan aniq va to‟g‟ri baho qo‟yiladi.
test nazoratida texnikani ishlatish qulay, bu ma‟lum o‟quv materialini yoki butun bir fanni , nisbatan oz vaqt kuch sarflab, ommaviy nazorat qilishga imkon beradi.
test nazoratini kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish oson. Bu uning muhim ustunliklaridan biridir.
Lekin test usuli xam nuqsonlardan xoli emas, masalan test nazoratining ko‟p shakllari talabaning og‟zaki va yozma javoblarini mustaqil ifodalash imkoniyatidan mahrum etadi. Talabaning ruhiy kechinmalari xam o‟qutuvchi oldida erkin javob berayotganidagidek namoyon bo‟lmaydi;
Bilimdonligi , shaxsning o‟zigagina xos ruhiy xususiyatlarini ko‟rsatish imkoni yo‟q. Imtixon topshiruvchi to‟g‟ri javobni tanlashigina mumkin, xolos.
Shunga qaramay pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari katta, ulardan o‟rinli, to‟g‟ri foydalanish ta‟lim tizimining barcha bo‟g‟inlarida o‟qish va o‟qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi.Har bir pedagog , ta‟lim boshqaruvi idoralarining xodimlari test madaniyatini test nazariyasi va amaliyotini chuqur o‟rganishlari lozim.
Pedagogik testlarni qo‟llash o‟qitish jarayoni va natijalariga katta tasir o‟tkazishi mumkin: sifatli tuzulgan testlar talabaning bilish faolligini oshiradi va aksincha yomon tuzulgan testlar o‟qish jarayoniga salbiy ta‟sir etishi xam mumkin.
Ta‟lim jarayonida ba‟zi holatlarda baholashga subyektiv yondashishlarga duch kelamiz. Bunday yondashishga baholashdagi xatoliklar deb ataymiz . ta‟lim beruvchining shaxsiy qarashlari bilan bog‟liq bir necha baholash xatolari mavjud:
Dostları ilə paylaş: |