Boshlang‟ich baholash ta‟lim jarayoni boshida ta‟lim oluvchilarning dastlabki bilim, ko‟nikma va malakalarini aniqlash uchun o‟tkaziladi. Bunday baholash natijalari ta‟lim jarayonining mazmuni va metodlari, shakllarini tanlash imkonini beradi.
Joriy baholash muntazam ravishda o‟tkazilib boriladi. U ta‟lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta‟lim jarayoni samarasini tezkor aniqlab borish, o‟quv jarayonini muofiqlashtirish va ta‟lim beruvchi va ta‟lim oluvchi o‟rtasidagi qaytar aloqani ta‟minlash imkonini beradi.
Yakuniy baholash ta‟lim oluvchining ta‟lim jarayonining ma‟lum davridagi o‟zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta‟lim jarayonining ma‟lum bosqichi yakunida o‟tkaziladi.U joriy baholash natijalarini jamlaydi.
Umumlashtiruvchi baholashni o‟tkazishda quyidagilarga e‟tibor berish
lozim:
Ta‟lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o‟tkazilishi haqida ma‟lumotga ega bo‟lishi lozim. Bu uning baholashga tayyorgarlik ko‟rishiga olib keladi.
Baholashni o‟tkazish shartlari unga jiddiy yondashishga, diqqatni chalg‟itadigan yoki tasodifiy uzulishlardan o‟zini chetga olishga hamda ta‟lim oluvchining o‟z qobiliyatini namoyish qilishga imkon beradi.
Baholash o‟tkazish sharoitida ta‟lim oluvchi o‟zini erkin tutishi va nohushlik xis etmasligiga imkoniyat yaratish kerak.
Baholovchi va ta‟lim oluvchi baholash nima maqsadda , u qachon, kim tomonidan va qanday o‟tkazilishini bilishlari muxim ahamiyatga egadir.
Qo‟yilgan baho o‟quv natijasiga qay darajada erishganlikni tushunish va uni mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir.
- Ta‟lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim.
- Rejalashtirilmagan baholashni o‟tkazish maqsadga muofiq emas.
Baholash- joriy , oraliq va yakuniy nazoratlarni o‟z ichiga oladi. Joriy nazorat talabani o‟zlashtira borayotganligidan mutassil xabardor qilib boradi, odatda joriy nazoratda bolaning bilimiga baho qo‟yilmaydi, intilishlari ma‟qullanib boriladi,shu tariqa u bilimlarni shakllantirishda ishtirok etadi.Pedagogik texnalogiyada xabardor bo‟lib borish ta‟limda yo‟l qo‟yilgan xatoni tuzatish uchungina emas, ta‟lim maqsadlarini aniqlashga xam xizmat qiladi. Yakuniy nazoratda rejalashtirilgan ta‟lim maqsadiga erishilganlik baholanadi.
Nazorat o‟g‟zaki, yozma va test shaklida bo‟lishi mumkin.
Og‟zaki va yozma nazorat. O‟g‟zaki nazoratni yaxshi jihatlariga: o‟qituvchining talaba bilan jonli muloqoti, shaxsan muloqotda bo‟lishi:og‟zaki nutqning mashq qilinishi:bilimni chuqurroq aniqlash uchun qo‟shimcha savollar berish imkoniyati kabilar kiradi.og‟zaki javob berish faol fikrlashga undaydi.
Og‟zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan o‟quvchi o‟z bilimdonligini, qo‟shimcha o‟rganganlarini namoyish etadi. Talaba bilan bevosita aloqa natijasida so‟rash paytida bolaning bilim o‟zlashtirishi masalasida o‟qituvchida tug‟ulgan ayrim shubhalar bartaraf etiladi.
Shu bilan birga talabaning bilimini og‟zaki nazorat qilishda pedagogning shaxsiy xususiyat sifatlari aks etadi. Og‟zaki baholashda xar bir o‟qituvchiga xos obyektivlik va subyektivlik munosabati namoyon bo‟ladi. Pedagogik tadqiqotlarda aniqlanishicha ikki imtixon oluvchining bir talabaga bir fandan qo‟ygan baholari 40-60 foizga mos keladi. Bir bolaga imtixonchilarning bittasi yuqori baho qo‟ygan bo‟lsa,ikkinchisi past baho qo‟yish hollari uchraydi. Bitta yozma ishning o‟ziga turli imtihonchilar turlicha baho qo‟yishlari mumkin.
Xullas, og‟zaki va yozma imtixonlarga o‟quvchiga qo‟yiladigan baholarda subyektivlik alomati ko‟proq. O‟qituvchi ko‟pincha bahoni boshqa o‟quvchilarga nisbatan qo‟yadi, bunda qo‟yilayotgan baho kamaytirilishi xam, oshirib yuborilishi xam mumkin.
Yozma imtixonni yaxshi tomoni – u o‟quv materialini bola o‟zlashtirib olganiga xujjatli dalil bo‟ladi, talaba o‟z fikrlarini qog‟ozda ifodalashi uchun amaliyotda ekspertlar o‟tkazgan yozma nazorat obyektivroq baho qo‟yilishga imkoniyat yaratadi.
Og‟zaki va yozma nazoratning an‟anaviy tizimiga xos jiddiy nuqsonlar qatoriga quyidagilar kiradi.
Imtixonda talaba biletdagi 3-4 ta savollarga javob beradi, baho esa o‟quv predmeti dasturini bilgani uchun qo‟yiladi.
Besh balli baho shkalasi bilan bilim o‟zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq belgilashga imkoniyat bermaydi.
Og‟zaki va yozma imtihonlar bilim o‟zlashtirish sifatini obyektiv , aniqlik va asosli baholashni taminlay olmaydi.
Og‟zaki so‟rashga , shuningdek yozma ishlarni tekshirishga ko‟p vaqt ketadi.
Og‟zaki va yozma nazorat uchun kompyuterlarni ishlatish qiyin, ularni avtomatlashtirish qiyin . Bu jihatda test nazorati ustunlikga ega.
Dostları ilə paylaş: |