Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nazorat qilish



Yüklə 34,44 Kb.
səhifə3/7
tarix08.05.2023
ölçüsü34,44 Kb.
#109473
1   2   3   4   5   6   7
Baholash2

Haqiqiylik. O‟quv maqsadida ko‟zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo‟lgan bilim va ko‟nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‟lishi lozim.
Ta‟lim oluvchining erishgan natijalari to‟g‟risida asoslangan va ishonchli axborotlar berish kerak. O‟lchanishi talab etiladigan narsalargina o‟lchanishi kerak. Ta‟lim oluvchi egallagan bilim, malaka va ko‟nikmalar xamda shaxsiy fazilatlarni o‟lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur.
Haqqoniylik. Bir biridan mustaqil ta‟lim beruvchilar bir xil ta‟lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo‟yicha bir xil baho bergan xoldagina mazkur baholash haqqoniy hisoblanadi. Bu haqqoniylik xar xil vaqtlarda berilgan baholar uchun xam taalluqlidir.
Baholash tizimi o‟quv maqsadlariga mos bo‟lishi shuningdek baholash shart –sharoitlari va maqsadlari bilan ta‟lim oluvchilar oldindan tanishgan bo‟lishlari lozim. Ta‟lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi va xajmdagi topshiriqlar berilishi kerak.
Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida xar xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin bu usullarnitanlashga qo‟yiladigan asosiy shart ishonchlilik xisoblanadi. Uslub ishonchli bo‟lishi uchun baholash asosli va aniq ma‟lumotlarga asoslangan bo‟lishi zarur.
Bunda topshiriq yoki testning o‟rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo‟naltirilganligini qanchalik ishonchli ekanligini nazarda tutiladi.
Baholash ishonchli bo‟lishi uchun ta‟lim oluvchilarga bir –birlariga o‟xshash, ammo xar xil sharoitlarda baholash o‟tkazilganda, natijalar bir xil bo‟lishi kerak.
Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning natijalari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli bo‟lishi uchun turli eksperementlar yordamida baholash o‟tkazilganda, uning natijalari bir-biriga o‟xshash bo‟lishi kerak.
Baholash ishonchliligining ikki tomoni bor:

  1. Baholash usulining ishonchliligi yuqori bo‟lsa,talabaning o‟zlashtirish darajasibaholashning xar xil usullaridan foydalanganda xam o‟zgarmay qoladi.

  2. Baholashning o‟zlashtirish darajasini xisobga olish ishonchliligi. Ta‟lim oluvchining o‟zlashtirish darajasini baholash usullarining ishonchliligi deb, baholash boshqa joyda va boshqa imtihon oluvchi tomonidan o‟tkazilganda ham,uning bir xil bo‟lishi, o‟zgarmasligi tushuniladi.

Baholash usullarining ishonchlilik darajasi quyidagi xolatlarda ko‟proq bo‟ladi.



      • Hamma ta‟lim oluvchilar qo‟yilgan talabni aniq tushunsa;

      • Baholash shartlari oldindan ma‟lum qilinsa va unga rioya qilinsa;

      • Hamma natijalar baholashning oldindan kelishilgan mezonlariga to‟la asoslangan bo‟lsa;

      • Tasodifiy xatolarni kamaytirish maqsadidamos baholash turlari qo‟llanilsa;

Qulaylik. Baholash tizimi o‟quv maqsadlaridankelib chiqqan xolda, o‟quv va ishlab chiqarish standartlariga mos bo‟lishi, murakkab bo‟lmasligi, nazorat o‟tkazuvchi va ta‟lim oluvchi uchun qulay bo‟lishi lozim. Baholashni o‟tkazishda imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‟ladi.

Topshiriq yoki test paytida ball beriladigan bo‟lsa, ball berish o‟rganish maqsadlarini nazorat qilishga moslashtirilganbo‟lishi lozim. Bunda mavzuning muhimroq bo‟lgan qismlariga unchalik muhim bo‟lmagan qismlarga nisbatan ko‟proq ball berish kerak bo‟ladi.





Yüklə 34,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin