Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi: maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
bolaning noyobligi;
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi
Hujjat bilan kichik yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish va maktab ta’limiga tayyorlash boʻyicha talablar tizimi belgilangan. Uning asosiy maqsadi – intellektual rivojlangan va ma’nan mukammal shaхsni tarbiyalash.
Tugʻilgandan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning har bir yoshga mos keluvchi «ideal» rivojlanish koʻrsatkichlari va bunga imkon beruvchi kattalarning harakatlari (mashqlar, oʻyinchoqlar bilan ta’minlash, birgalikdagi oʻyinlar, bolalarni ragʻbatlantirish va h.k.) belgilangan.
Talablar tizimi 5 ta asosiy rivojlanish sohasidan iborat, har biri oʻz oʻrnida kichik sohalarga boʻlingan. Har bir kichik rivojlanish sohasi boʻyicha kutilayotgan koʻrsatkichlar, ya’ni bola oʻz yoshida nimalarni uddalay olishi kerakligi belgilangan. Jadvalga qarang.