Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy tamoyillar belgilandi:
har bir bolaning noyobligi;
«Men» konsepsiyasi – bolaning oʻzi toʻgʻrisidagi aniq tasavvurlar tizimining qoʻllanilishi;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola tarbiyasi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
har bir bolaga individual variativlik asosida yondashish.
Bu – muhim! Hujjatning amal qilishi barcha davlat va хususiy maktabgacha ta’lim muassasalari, shuningdek maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud boʻlgan «Mehribonlik» uylariga tatbiq etiladi.
Hujjat bilan belgilangan talablarga maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar muassasalari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalari, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar ham rioya qilishlari shart.