3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv
Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Ular quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:
─ multimedia texnologiyalarini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi.
─ bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi.
─ real holatlardan namoyish qilinishi yoki murakkab jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berish bilan muhim ahamiyatga ega.
─ o’quv materialini o’zlashtirish darajasiga ko’ra emas, balki o’quvchilarning mantiqan erishish darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi.
─ masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi. Balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi.
o’quvchilarga mustaqil izlashi uchun materiallarni topish hamdamuammoli masalalarga jovob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish
uchun imkoniyat yaratadi.
─ o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, axborot va ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.Ta’lim tizimini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan “qo’llab quvvatlovchi axborot” ini ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligini, giper matn va multimedia o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi. Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p miqdorda va albatta, belgilangan ko’rinishlarda qabul qiladi. Bilimlar bazasi esa yopiq tizimda mazkur mavzu bo’yicha qo’shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi mantiq jihatidan bog’langan boshqa elementlarga chiqa olish bo’yicha axborotlashtirilgan tizimga ega bo’ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo’lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o’xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, lug’atlar xizmat qiladi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o’quv materiallari, o’quv materiallari bo’yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo’yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar ta’lim mazmunini sezilarli o’zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi. Uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’ladi. Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo’lsak, uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o’quvchi o’quv rejasida ko’rsatilgan, istalagan fan sohasida maxsus o’quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlash mumkin. Kompyuter vositasi, o’quvchi yoxud o’qituvchi murojaatlariga “javob” beradi, ular bilan “muloqot”ga kirishadi. Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati u o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida yangi o’quv materialini tushuntirishda,qaytarishda, umumlashtirishda, o’quvchilarning fan bo’yicha erishgan bilim,malaka va ko’nikmalarini tekshirishda yanada yorqinroq namoyon bo’ladi.
Bunday jarayonda o’qituvchi kompyuterning o’quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o’qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’yekti o’zaro muloqot kabi funksiyalarini bajarishni bilishi kerak. Bunda o’qituvchining vazifasi dars jarayonida o’quvchilarni kompyuterdan to’g’ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat.Kompyuter texnologiyalari asosida o’qituvchi o’zining kasbiy mahoratini oshirish uchun mustaqil faoliyatda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.O’quv jarayonini bir butun guruh sifatida tashkil etish. 2.O’quv jarayonida guruhlarni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini taqsimlash, ko’rsatmalar berish. 3.O’quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko’rsatish, har bir o’quvchi bilan individual muloqot olib borish. 4.Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o’quv va namoyish qurilmalarning har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o’quv metodik ko’rsatmalar va h.k.) ma’lum o’quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog’liqlik asosida tashkil etish. Kompyuter texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni ta’minlashda o’qituvchilar quyidagi tuzilmalar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak: − informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi;
− kompyuter texnikasining funksional imkoniyatalarini bilishi;
− zamonaviy operatsion tizimlarni bilishi va ularning asosiy buyruqlarini o’zlashtirishi;
− zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tuzilmalarni bilishi va ularning vazifalarini o’zlashtirishi;
− kamida bitta matn muharriri bilan tanish bo’lishi;
− algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastalabki tushunchalarga ega bo’lishi;
− amaliy dasturlashdan foydalanish to’g’risida dastlabki tajribaga ega bo’lishi;
Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quv jarayonining samaradorligini oshiradi. Buni quyidagi misollarda ko’rish mumkin: - o’qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar; uzoq masofalarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining ilmiy labaratoriyalari bilan tanishadilar; − turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga erishadilar; − oqituvchilarning o’zaro trening va seminarlari o’tkaziladi; − masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o’xshash juda ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladilar; Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalardan ta’lim muassasalarida amalda tadbiq etish o’quv jarayonida zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llashda hamda o’qituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishda keng imkoniyatlar yaratadi.