3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv
Maktabgacha ta’lim. Maktabgacha ta’limga YAponiyada katta e’tibor beriladi, chunki psixologlarning ta’kidlashicha 7 ѐshgacha inson bilimlarni 70%ni, qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. YApon aѐllari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon aѐllarining aytishlaricha, bola tarbiyasi-ularning haѐtlarining maqsadlaridir.YAponlar bolaning erta voyaga etishi tarafdoridirlar. Turli ѐshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradi. Masalan, 1 ѐshda-o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 ѐshda-amaliy san’at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3 ѐshda-burch hissini tarbiyalash, 4 ѐshda-yaxshilik va ѐvuzlikni farqlashga o‘rgatish, 5 ѐshda-liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o‘rgatish. Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni engishga o‘rgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayѐrlaydilar.YAponiya bog‘chalarida bolalarni 8 kishilik kichik guruhlar-―xan‖larga bo‘ladi. Bu bolalarga bog‘chada ―o‘z ish o‘rni‖ ajratiladi, ular o‘z xanlariga nom tanlaydilar. SHu tariqa eng kichik ѐshdan jamoada ishlashni o‘rgatadilar. Bu guruhdagi har bir o‘quvchi guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. Bunday xanlar keyingi ta’lim bosqichida ham qo‘llaniladi. O‘rta maktabda xanlar doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib turiladi. YAponiya bog‘chalariga 3-5 ѐshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. SHuningdek, og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi. Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya muassasalariga 60% bolalar jalb etilgan. Boshlang‘ich ta’limga erta qabul qilishga o‘tish maqsadida 4-5 ѐshdagi bolalarning barchasini bolalar bog‘chasiga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.
Bolalar bog‘chasi YAponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga tayѐrlashdir. Bu erda rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi. Individuallik, u qanchalik yaxshi bo‘lmasin, o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmaydi, bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi.