Maktabgacha ta’lim. Janubiy Koreyada bolalar bog‘chasi umumta’lim turiga kirmaydi. Ota-onalar farzandlarini xususiy maktabgacha muassasalarga beradilar. Bu muassasalarda mashg‘ulotlar koreys tilida, ingliz tilida, ba’zilarida faqat ingliz tilida olib boriladi. Bolalar bog‘chasiga 3 ѐshdan 5 ѐshgacha qabul qilinadi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi oilalarni har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Bog‘chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari o‘tiladi. Koreys bog‘chalarida bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta e’tibor beriladi. olalar ѐshi orasidagi farq 3 yilgacha bo‘lishi mumkin.
Boshlang‘ich ta’lim. Janubiy Koreyada bolalar (6 ѐshdan oshgan) 7 ѐshdan 13 ѐshgacha boshlang‘ich maktabga boradilar. O‘qish muddati 6 yil, majburiy va bepul. Boshlang‘ich maktabda quyidagi 9 ta fanlar o‘qitiladi:Koreys tili, matematika, aniq fanlar, jamiyat haqidagi fanlar, chet tili, tasviriy san’at, musiqa. Odatda bu fanlar sinf rahbari tomonidan o‘qitiladi, faqatgina ba’zi fanlar uchun maxsus o‘qituvchilar tayinlanadi. Boshlang‘ich ta’limdan o‘rta ta’limga, undan yuqori ta’limga imtihonlar topshirish orqali emas, balki faqatgina ѐshiga qarab o‘tiladi. XX asrning 80 yillariga qadar ingliz tili o‘rta maktablarda o‘qitilgan, hozirda esa boshlang‘ich maktabning 3-sinfidan o‘qitilyapti. Koreys va ingliz tili grammatikasi juda juda katta farqli bo‘lganligi uchun ingliz tilini o‘rganish juda qiyin. SHu bois ota-onalar o‘z farzandlarini xususiy o‘quv muassasalariga qo‘shimcha o‘qishga jo‘natadilar. Xususiy o‘quv muassasalari, ya’ni ―xagvonlar‖ bolalarga til o‘rganishda individual ѐndashadilar. SHu maqsadda ingliz tilida gaplashuvchi chet elliklarni boshlang‘ich maktabga jalb qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Boshlang‘ich maktab koreyschasiga ―chxodыn xakkѐ‖ deb nomlanar va boshlang‘ich ta’lim ma’nosini anglatar edi. 1996 yil Janubiy Koreya xukumati bu nomni o‘zgartirdi va ―gukmin xakkѐ‖ deb nomladi. Bu atama ―fuqarolik maktabi‖ degan ma’noni anglatadi.Koreyada davlat tasarrufidagi boshlang‘ich maktablardan tashqari qator xususiy maktablar ham mavjud. Bu maktablarning o‘quv dasturlari davlat maktablari o‘quv dasturlariga birmuncha mos keladi, lekin o‘qitish yuqori darajada amalga oshiriladi. Masalan, kam sonli o‘quvchilarga ko‘p o‘qituvchilarning jalb etilishi, qo‘shimcha fanlarning kiritilishi, umuman ta’limning yuqori standartlarga egaligi va h.k. SHu bois ko‘pchilik ota-onalar o‘z farzandlarini xususiy maktabga berishga intiladilar. Lekin bunday maktablarda o‘qish narxining balandligi ota-onalarni o‘ylantirib qo‘yadi. Boshlang‘ich maktabni bitirgan o‘quvchilar keyingi bosqichlarga imtixonsiz o‘tadilar. Janubiy Koreyada sinflarni raqamlash odatdagiday pastdan yuqoriga emas, balki har bir ta’lim bosqichida 1 dan boshlanadi. Masalan, boshlang‘ich maktab 1 dan 6 gacha, o‘rta maktab (3 yil) 1 dan 3 gacha, sanaladi: boshlang‘ich maktabning 1-sinfi (2,3,4,5,6-sinfi), o‘rta maktabning 1-sinfi (ya’ni, o‘zbek maktablaridagi 7-sinf),oliy maktabning 2-sinfi (ya’ni o‘zbek akademik litsey va kasb-hunar kollejining 2-kurs talabasi) kabi.