Boshlang‘ich ta’lim -―sѐgakko
Boshlang‘ich maktab ta’limning ilk 6 yilini qamrab oladi va uning asosiy qismi hisoblanadi. YAponiyada maktabga 6 ѐshdan boriladi. Boshlang‘ich maktabga 6 ѐshdagi yapon bolalarning 99% qatnaydi. 99% yapon boshlang‘ich maktablari davlat tasarrufida, 1% - xususiy. O‘quv rejasiga yapon tili, gumanitar fanlar, arifmetika kabilar kiradi. San’at va hunar (yapon xusni xati), musiqa, uy xo‘jaligini yuritish, jismoniy tarbiya, axloqiy odobnoma akademik predmetlar hisoblanmaydi. YAponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy va bepul bo‘lib, mashg‘ulotlar aprel oyida boshlanadi. O‘quv yili 3ta chorak-trimestrga bo‘linadi. 1-chorak-6 apreldan-20 iyulgacha davom etadi, keyin ѐzgi ta’til boshlanadi. 1-sentyabrdan 2-trimestr boshlanadi va 26 dekabrgacha davom etadi. 26-dekabrdan 7-yanvargacha qishli ta’til bo‘ladi. Oxirgi 3-trimestr 7-yanvardan 25-martgacha davom etadi. 25-martdan 6-aprelgacha bahorgi ta’til bo‘ladi. SHu paytda o‘quvchilar sinfdan sinfga ko‘chadi. CHorak-trimestrlarning boshlanishi va tugallanishi turli maktablarda turli sanalarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ta’til paytida o‘quvchilar uy vazifalarini oladilar. Ba’zan ta’til paytida ham, agar trimestrda yaxshi o‘qimagan bo‘lsa, maxsus kurslarda o‘qiydilar. YAponiyada o‘qish 6 kunlik, lekin har 2-shanba dam olish kuni hisoblanadi. Maktablarda o‘qitish dasturi o‘zgaruvchan, lekin Ta’lim vazirligi tasdiqlagan standartlarga asoslanadi. Boshlang‘ich ta’limni moliyalashtirish, o‘qituvchilar bilan ta’minlash, maktab dasturlarini yaratish mahalliy hokimiyat zimmasida. Boshlang‘ich ta’limda bolalar davlat hisobidagi 1945 kandji ieroglifdan 1006tasini ѐd olishi kerak. Boshlang‘ich ta’lim―sѐgakko‖ quyidagi vazifalarni hal qiladi:
-o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vataniga, o‘z qadriyatlariga hurmat hissini o‘rgatish;
-o‘quvchilarni xalqaro xamkorlik ruhida tarbiyalash;
-ona tilidan to‘g‘ri foydalanish;
-iqtisodiy tarbiya berish;
-barkamol shaxsni tarbiyalash.
O‘quv maqsadlariga aniq o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarni tayѐrlash orqali erishiladi. Boshlang‘ich maktabda yapon tili jamiyatshunoslik, tabiiѐt, musiqa, rasm va hunar, uy ijodiѐti, etika kabi fanlar
o‘qitiladi, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadilar. SHuningdek ―maxsus faoliyat‖ fani ham o‘qitiladi, unga klub ishlari, majlislar, sport tadbirlari, saѐhatlar, bayramlar va b. kiradi. Kam ta’minlangan oilalarning bolalari maktab nonushtalari, turli xizmat va saѐhatlarga pul to‘lash uchun dotatsiya oladilar. Ota-onalar farzandlarini o‘z tumanlarida joylashgan maktabga borishini istamasalar, xususiy pullik ta’lim muassasasiga berishlari mumkin, lekin bu maktablarga juda qiyin tanlov orqali qabul qilinadi.
Janubiy Koreya Respublikasi ko‘plab tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiѐ-Tinch okeani regionining noѐb davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart bo‘lgan asosiy vazifa - o‘z an’anaviy madaniyatini saqlash, siѐsiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o‘z madaniy-siѐsiy identivlik, SHarqning an’anaviy qadriyatlari va orientirlari bilan bog‘lashga intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning ta’lim tizimi YUNISEF ekspertlari xulosasiga ko‘ra sanoati rivojlangan davlatlar ichida ―eng samaralisi‖deb tan olingan.
Ko‘pchilikning yagona fikricha, Janubiy Koreyaning iqtisodiѐti va texnikadagi yutuqlari ―inson resursiga investitsiyani to‘g‘ri tikkanligida‖ deb ta’kidlashadi. Konfutsiy davridan saqlanib qolgan ziѐli odamga jamoat xizmati xozirgi kungacha bor. Janubiy Koreyada 1980 yillardan beri ilmiy kasblar eng nufuzli hisoblanadi.
Janubiy Koreya ta’lim tizimi yana bitta butunjahon tamoyilini amalga oshiradi: bu ta’lim va fan integratsiyasidir. Dunѐ amaliѐtida o‘quv muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini o‘z ichiga oluvchi akademik konglomeratlar samarali faoliyat olib borishmoqda. Bunday birlashuv ilm va ta’lim integratsiyasining aniq asosi bo‘lib xizmat qiladi va mamlakatda yagona ilmiy-texnik va ta’lim siѐsatini olib borish imkoniyatini beradi. Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarining qo‘shilishi bugungi kunda integratsiyaning eng samarali shakli hisoblanadi.
Ko‘p rivojlanaѐtgan davlatlarda ta’lim bugungi kunda jamiyatning faqat sarf-harajatlar sohasi emas, balki asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylandi. YA’ni, ta’lim raqobatbardosh, jiddiy moliyaviy mablag‘larni olib keluvchi soha bo‘lishi kerakligi isbotlandi. Ta’limning deyarli 1-bosqichidaѐq davlat va iqtisodiѐtning rivojlanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak. Faqat bilim olish uchungina emas, balki olingan bilimlarni amaliѐtda samarali qo‘llash uchun o‘qish zarur.
Lekin shuni hisobga olish joizki, ta’limni tizimli modernizatsiya qilish jaraѐni o‘z-o‘zidan eski tartib elementlarni engib o‘tish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish va tabiiy boshqaruvning boshqa metod va mexanizmlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Lekin bu shundoqligicha nusxa olish shaklida emas, balki yangiliklarni qabul qilish bilan birga ta’lim rivojlanish bosqichidagi eng yaxshi an’analar va qo‘lga kiritilgan yutuqlarni saqlab qolishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |