Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə20/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv

8.“Uyga vazifa” Tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan ishlardan yana biri - uy vazifalarining berilishi va bajarilishidan iborat. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga uyga beriladigan topshiriqlar shaklan o’tilgan mashg’ulotlarni takrorlamasligi kerak. Aks holda bu o’quv materialini mexanik tarzda eslab qolishga olib keladi. Uy vazifalari tarbiyalanuvchining guruhdagi faoliyatidan shunisi bilan farq qiladiki, uning barcha topshiriqlari tarbiyalanuvchining o’zi tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. Ta’limning bu turidan tarbiyalanuvchilarda mashg’ulot jarayonida tarbiyalangan tafakkur faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanish lozim. Uy vazifasining ma’lum reja asosida tayyorlanishi ham tarbiyalanuvchilar aqliy mustaqilligi va faolligini oshiradi. Uy vazifasini tayyorlashni to’g’ri yo’lga qo’ya bilgan tarbiyalanuvchi undan mustaqil mulohaza talab qiladigan muhokamalarga o’ziga ishongan holda qatnashadi.

9. “Guruhlarda ishlash”. Mashg’ulot jarayonini tarbiyalanuvchilarni kichik-kichik guruhlarga umumlashtirib ham tashkil etish mumkin. Bu metod J.Donald tomonidan ishlab chiqilgan. Guruhdagi tarbiyalanuvchilardan kichik guruhlar tashkil etishda:- Tarbiyachi guruhlarni belgilab oladi;
- Guruhga rahbarlik qila oladigan tarbiyalanuvchi va guruhning barcha a‘zolari haqida yaxshilab o’ylab olinadi;
- Xar bir guruhda zehnli va qobiliyatli tarbiyalanuvchilar bo’lishiga harakat qilinadi.;
- Bo’shroq o’zlashtiradigan tarbiyalanuvchilar ham guruhlarga irnkon qadar teng taqsimlanadi;
- Guruhlar bir-biriga mutanosib a'zolar bilan to’ldiriladi. Guruh a‘zolarimng vazifalari belgilanadi;
- Guruh rahbari va a'zolarining vazifalari tushuntiriladi;
- Xar bir guruh doira shaklida o’tirishi, guruhmng har bir a'zosi bir-birini kutib turishi shart;
- Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g’oyalariga e‘tibor berib boriladi;
-Yaxshi g’oya egalari ragbatlantiriladi.
Bunday guruhlarni tashkil etishdan avval: tarbiyalanuvchilarning shu ishni bajarishga bilim va malakalari yetarliligiga ishonch hosil qilish; guruhlarga aniq yo’l-yo’riqlar ko’rsatish; vazifaning bajarilishi uchun yetarli vaqt ajratish; o’z vazifasini vaqtdan ilgari bajargan guruhmng bandligini tahminlashga tayyor bo’lish; qo’yiladigan masala murakkab bo’lganda guruh a‘zolari sonini
kengaytirish; baholash va mukofotlash jarayonimng guruh a‘zolariga tasiriga tayyorlanish; kuchli guruhlarni mukofotlash; bajarilgan ish natijasini qanday
topshirish yo’llari haqida o’ylab ko’rish va ma’lum qilish; jamoaning erkinligiga imkoniyat yaratish kerak bo’ladi.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin