Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə19/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv

5. “Izlab top”. Bunda , doskaga birini ko’rsatib, birini ko’rsatmay magnitli suratlar yopishtiriladi, shu ikki surat yordamida hikoya tuzishni tashkil qilinadi. Masalan, quyosh-(qalam), shkaf-(it). Suratlar ishtirokida hikoya tuzishda bolalar ikkinchi suratning nima ekanini bilmaydilar. Shu ikkinchi suratni qidirib dunyo- dunyo voqealarni aytib yuboradilar. Buni o’zlari ham sezmay qoladilar. Kimning ertagida mana shu ikkinchi so’z ishtirok etganini tarbiyachi belgilab borishi, o’yinning oxirida buni yuzaga chiqarishi, muvaffaqiyat qozonganlarni, albatta, rag’batlantirishi kerak bo’ladi. Mustaqil fikrlashga o’rgatishning bu turidan maqsad berkitilgan suratni topish emas, shu surat ko’magida tarbiyalanuvchilarni ijodga, mustaqil mulohaza yuritishga undashdir.

6. “Nima bo’lardi agar” metodi. Tarbiyalanuvchilarga “Nima bo’lardi agar” (davomi kutilmagan savollar) - siz dinozavr bilan to’qnashib qolsangiz; siz suv osti mamlakatiga tushib qolsangiz; siz parilar makoniga borib qolsangiz; siz sehrgar bo’lib qolsangiz; dunyoda pul bo’lmasa; dunyoni pul bosib ketsa; Toshkent o’zga sayyoraga uchib ketsa; va hokazo g’ayrioddiy, xayolparastlikka undaydigan savollarni berish bilan ularni ijodga yo’naltirish, shu asosda bolalarni mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish mumkin.

7. “Hikoya metodi”. Ushbu metodni qo’llashda tarbiyalanuvchilarga ularni o’ylantirgan, qiynagan yoki sevintirgan tuyg’ularga hamohang mavzularda xikoya qilish topshirig’i berilishi kerak. Masalan, ma’lum shaxs haqidagi xikoya mavzulari: “O’rtog’imning kuchugi”, “Do’stim mening - faxrim mening”; o’rganilgan asarlar yuzasidan: “Mening sevimli ertagim”, “Xurishni eplolmagan kuchukchaga munosabatim”; tabiatni kuzatishga doir “Baxor faslidan olgan taassurotlarim», “Bizning bog’da”, “Sevimli Maktabim”; Kasb tanlashga doir “Kim bo’lsam ekan?” “Mening otam - quruvchi” kabi mavzularda aytilgan hikoyalar istisnosiz ijod mahsuli sanaladi. Bunda tarbiyalanuvchilar qo’yilgan maqsad sari ongli ravishda harakat qiladilar, o’zlarining aqliy va jismoniy kuchlari, imkoniyatlarini u yoki bu shaklda ifodalashga urinadilar. Ishning mustaqil ravishda bajarilishi uchun tarbiyalanuvchining faoliyatiga hech kim aralashmasligi, uning o’zi o’z xatti- harakatlarmi to’g’ri yo’naltirib, imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, oldida turgan masalani o’zi mustaqil hal qilishiga muvofiq sharoit yaratilishi lozim. Shu jarayonda bola mustaqil ravishda fikrlaydi. Chunki uning bunday faoliyati mustaqil fikrlagandagina amalga oshishi mumkin bo’ladi. Unga hech kim yo’l-yo’riq ham ko’rsatmaydi, yordam ham bermaydi. Yuqoridagi hikoya mavzularini tarbiyalanuvchilarga mustaqil ish tarzida topshirish mumkin.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin