Aqliy hujumdan foydalanish shartlari quyidagilardan iborat: -tarbiyalanuvchilar erkin o’tiradigan qilib joylashtiriladi. arbiyalanuvchilarning g’oya va fikrlarini yozish yoki belgilash uchun varaqlar tayyorlab qo’yiladi;
-hal etilishi lozim bo’lgan muammo aniqlanadi;
-ish jarayoni belgilab olinib, tarbiyachi «Ilg’ab oling, g’oyalarga asoslaning, qo’shing, kengaytiring, o’zgartiring» kabi luqmalar orqali bahs-munozarani boshqarib turadi;
-qo’yilgan muammo yuzasidan barcha fikrlar tinglanadi va yozib boriladi.
-o’’zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlarga aslo yo’l qo’yilmaydi.
-varaqlar g’oya va fikrlar bilan to’lganda, ular ko’rinarli yerga osib qo’yiladi;
-g’’oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi;
-barcha fikr va g’oyalar tinglangach yangi, kuchli, asosli va original g’oyalar tarbiyachi tomonidan rag’batlantiriladi, baholanadi.
“Faoliyat o’yini” deb ataladigan metod yangi sohani o’zlashtirish, masalan, topshiriq o’rganishda ijodiy tafakkur faoliyatini jadallashtirish maqsadida alohida ahamiyatga ega. Bu usulning qimmatli xislati shuki, faoliyat modelini ijro etish orqali bolalarga biror bir kasb-hunar haqida tushuncha berish, shunmgdek, mazkur sohada ijodiy mulohaza yurita olishni, voqea-hodisalarni jonli, dinamik ravishda tasavvur qila olishni o’rgatish mumkin. Natijada salohiyatli, yetuk mutaxassislarni tarbiyalash imkoni yaratiladi.
Bu o’rinda shuni ta'kidlash joizki, yuqorida keltirilgan usullarni qo’llashda tarbiyachidan yuqori malaka va tarbiyalanuvchilar fikrlarining to’g’ri-noto’g’riligini baholash, sharhlab borish talab qilinadi. Biror ko’rinishda baholangan faoliyat yanada jonlanish, fikrlash jarayonini faollashtirish xususiyatiga ega bo’ladi.
Mavzu: Ta`limiy o`yinlarning turlari va o`tkazishning innavatsion texnologiyalari.
Reja:
1.Ta’limiy o’yinlarning turlari.
2.MTM da ta’limiy o’yinlardan foydalanish.
3.Bolalarga o’yinlar orqali bilim berish.
“Ijodkorlik metodi”. Mashg’ulotlarda tarbiyalanuvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish uchun ularni ijodga undash maqsadga muvofiq. Masalan, barchaga yaxshi tanish bo’lgan “Zumrad va qimmat” yoki “Ur to’qmoq” ertaklarining nomini aytmasdan ularda ko’p qo’llaniladigan beshta tanish so’zni keltirish: “mehnatkash”, “егка”, “o’gay ona”, “o’rmon”, “sehrgar kampir” hamda oltinchi begona so’z – “vertolyot” ko’magida ertak tuzish vazifasini topshirish mumkin. Yoki “ochil dasturxon”, “laylak”, “shum bola”, “qaynar xumcha”, “chol” va begona so’z – “uchar gilam” ko’magida yangi ertak to’qishga yo’naltirish mumkin. Yoxud tugagan ertakni davom ettirish, qahramonlarning keyingi hayotini tasavvur qilishni talab etish ham o’ta foydali ijodiy ish turi hisoblanadi. Muhimi, bu bilan tarbiyalanuvchida mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmasi paydo bo’ladi.Ertak qahramonlari xarakterini o’zgartirish bilan ham bolalarni ertak to’qishga o’rgatish mumkin. Bolalarning xayolot olami o’ta kuchli. Bundan mashg’ulotlarda unumli foydalana bilish kerak. Masalan, tanish ertak syujeti asosida yangi ertak yaratish, ya‘ni o’sha qahramonlar bilan boshqa ertak to’qish; sinfda hikoyachi rolini o’ynash - o’ylab topilgan voqeani sinfdoshlarga aytib berish singari topshiriqlar ham tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga yo’naltiradi.