Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi


Buyuk siymolar bilan tanishtirish



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə26/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv

2. Buyuk siymolar bilan tanishtirish. Maqsad: bolalarga ota-bobolarini 
tanisinlar, ulardan qolgan merosdan bahramand bo‘lsinlar, ota-bobolardan 
faxrlansinlar. Bolalarga vatan tuyg‘usini ota-bobolarimiz ibrati bilan singdirish. 

3. Navoiyxonlik xaftasi rejasini tuzish. Maqsad: bolalar qalbini Navoiy 
ijodi bilan sug‘orish. Bolalarni ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirish.

4. Konstitutsiya saboqlari bilan tanishtirish. Maqsad: Ahloq va huquqiy 
tushunchalarining uzviy birligini anglashlik, odob-ahloq, meyorlariga qat’iy amal 
qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir.
5. Milliy muzey tashkil etish. Maqsad: bolalarga amaliy san’at namunalari, 
milliy kiyimlar, taqinchoqlar, idish-tovoqlar haqida ma’lumot berish. 

6. Ma’naviyat xonasini tashkil etish. Maqsad: tarixiy siymolar, Prezident, 
madhiya, bayroq, gerb, haqida qisqacha ma’lumot berish. Maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarbiyalanuvchilari milliy g‘urur tushunchasini anglashining 
ahamiyati kattadir. Milliy g‘urur tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z 
navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy 
zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi. Bu hikmatli so‘zlar bir qarashda 
ota-onalarga qarata aytilgan fikrdek tuyuladi. Biroq, uning mantiqiy ma’nosi 
pedagog-tarbiyachilar faoliyati bilan bog‘liqdir.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, muassasada 
tarbiyalanayotgan bolalar bilan o‘z farzandlari kabi yaqin bo‘lmog‘i lozim. 
Chunki, ular ham ota-ona, ham pedagog-tarbiyachi vazifasini o‘taydilar. Demak, 
maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi tarbiyachilar o‘z
tarbiyalanuvchilariga nisbatan o‘ta shirinso‘z, muloyim, xushmuomlali va ayni 
chog‘da, talabchan bo‘lishlari zarur. 
Qomusiy olim Al-Beruniy o‘kitishda «o‘quvchining qiziqishi va intilishi 
hisobga olinishi va muallim o‘z shogirdiga xushmuomalali bo‘lishini ta’kidlaydi».
Sharq mutafakkirlari asrlar mobaynida o‘z ijodi va faoliyatlari bilan 

yoshlarga ibrat bo‘lib kelishmokda. Ularning qoldirgan badiiy-estetik meroslari, 


biz tadqiqot-tajriba ishlari olib borayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari 
tarbiyalanuvchilarida,Vatanga mehr-muhabbat,umuminsoniy, milliyqadriyatlarimiz bilan 
g‘ururlanish va ularni avaylab-asrash, ravnaq toptirishga intilishlari uchun muhim manbalardir. 
Darhaqiqat, sharqona ahloq-odob, vatanparvarlik, insonparvarlik, 
xalqparvarlik, rostguylik, hiyonat har tomonlama barkamol insonning ma’naviy 
qiyofasidir. Shuningdek, ma’naviyati yuksak inson xdromdan xalolni farklab olib, 
haromga, poklik bilan nopoklikni ajratib, nopoklikka, hiyonatdan diyonatni ajratib, 
hiyonatga, adolatsizlikka qarshi kurasha oladi.Mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va ular 
bilan bog‘lik urf-odatlari haqida o‘z asarlarida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar. 
Ularda „Navro‘z”, „Mehrjon”, Qurbon xayiti”, „Ramazon xayiti” kabi bayramlar 
haqida ma’lumot berganlar. Bu bayramlar insonlarni bir-biriga mehr-muruvvatli, 
xayr-saxovatli bo‘lish, yetim-yesirlar, qarindosh-urug‘lar holidan habar olish, 
o‘zbekona odatlarimizga sodiqlik, Vatanni sevish va ardoqlash, u bilan 
g‘ururlanish kabi his-tuyg‘ularni shakllantirish muhim hisoblanadi. 
Bu mutafakkir-olimlar xalqning qadimiy bayram an’analari, marosimlari va 
ular bilan bog‘liq urf-odatlari Masalan, „Navro‘z" bayramida shirinliklar hadya 
etish (hayotning shirin bo‘lishini tilash), sovg‘a-salomlar berish, gul sovg‘a qilish 
(guldek nafis, go‘zal hayot tilash), bir-birlariga suv sepish (suv mul bo‘lsin, 
hosildorlik yuqori bo‘lsin degan ma’noda) va boshqa urf-odatlar joriy etilgan.
Bularning barcha  shakllar muassasasi tarbiyalanuvchilarining milliy tuyg‘uni 
shakllantirishga xizmat qiladi. 
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, 
qo‘shiq) namunalari xalkning turmush tarzi, ahloq-odobi, urf-odatlari, an’analari, 
diniy e’tiqodni o‘zida mujassam etadi. Orzu-umidlarni, mehnatga ijobiy 
munosabatni, vatanparvarlikni, sadoqatni, erk va ozodlik yo‘lidagi mardonavor 
kurashni, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, kelajakdagi farovon 
turmushga ishonchni ifodalaydi. 
Xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan biri afsonalardir. „Iskandarning 
shoxi bor”, „Luqmoni hakim”, „Shirin qiz”, „Yolg‘on so‘z siri”,
„Tilla baliq tog‘i” kabi afsonalar azaldan sharq xalqlarining tabiatiga xos 
mardlik, vatanparvarlik, xalkparvarlik, adolat, erksevarlik, vafodorlik kabi 
fazilatlarni tarbiyalaydi. 
Rivoyatlar esa mavjud hayotiy ma’lumotlarga tayangan holda, badiiy 
tuqimalar orqali insoniy qadriyatlar, insonning ezgu orzu-umidlari, armonlari, 
quvonchlari, tashvishlari, g‘am-qayg‘ulari, ehtiroslarini aks ettiradi. Rivoyatlar 
negizida tarixiy shaxslar hayoti, ma’naviy faoliyati yotadi. 
Masalan, Jaloliddin Manguberdi Vatanni tashqi dushmandan himoya qilgan 
va jonini fido etgan, Amir Temur o‘z xalqi, Vatanning osoyishtaligi, uning milliy 
g‘ururi yo‘lida jang qilgan, Bobur o‘z Vatanidan yiroqda bo‘lishiga qaramay, o‘z 
xalqini, Vatanini e’zozlab, ularni qumsab yashagan. Navoiy, Nodira, Uvaysiy kabi 
mutafakkirlarimizning insoniyligi, buyukligi, Vatanga hurmati, mehr-muhabbatini 
ifodalovchi qator rivoyatlar mavjud.
Bundan tashqari, Uchtepa, Besh-ariq, Buxoro, Navoiy, Xorazm, 
Surxondaryo kabi joy nomlari haqidagi rivoyatlar ham maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarbiyalanuvchilarining milliy tuyg‘ularni shakllantirishda va 
o‘zligini anglatishda muhim ahamiyatga moliqdir. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni 
shakllantirishda shakllarida, xalq og‘zaki ijodining marosim qo‘shiqlari ham 
alohida o‘rin tutadi. Marosim qo‘shiqlari insonlarning tabiatga, voqelikka estetik 
munosabatlarini bildiruvchi tasavvurlari, ishonchlari, orzu-umidlari, ahloqiy 
qarashlarini shakllantirishga yordam beradi. 
Ertaklar esa ta’sirchan janr bo‘lib, bolalarning ruhiy va yosh xususiyatlariga 
ko‘ra, ma’naviy ongiga, faoliyati mazmuniga, hissiyotiga ijobiy ta’sir etadi. 
Ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniq bilgan bola unda ko‘tarilgan g‘oyaning 
asl mohiyatini tushunadi, ertaklarga xos badiiy to‘qimalardagi voqea-hodisalardan 
hayotiy xulosa chiqarishga o‘rganadi. Ma’lumki, ertaklarning g‘oyaviy 
yo‘nalishini adolat, jasurlik, qahramonlik, ezgulik, insonparvarlik, farovon hayot
vafo, xalqparvarlik kabi ma’naviy tushunchalar tashkil etadi. Shuning uchun ham 
momolarimiz, bobolarimiz o‘z nabiralarini doimo ertak bilan siylashgan. 
Xalq dostonlari xalq ma’naviy qadriyatlari, an’analari mujassamlashtirilgan 
xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biri bo‘lib, unda musiqa bilan she’riyat 
uyg‘unlashgan. Dostonlarning g‘oyaviy va ma’rifiy ahamiyati shundaki, ularda 
yuksak go‘zallikka va baxt-saodatga erishishning birdan-bir yo‘li maqsadlar sari 
qat’iy intilishdan, sabr-chidam, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan 
iboratdir, degan g‘oya ilgari suriladi. Dostonlarda milliy g‘urur tuyg‘usi kuylovchi 
va tinglovchi o‘rtasidagi badiiy-estetik muloqot shakllanadi.

Milliy tuyg‘ularni shakllantirishda samarali ta’sir etuvchi shakllardan yana 


biri - latifalar asosida tarixiy voqealar, maishiy hodisalar yotadi. Ziyraklik, o‘tkir 
hajv, hozirjavoblik, hajm jihatdan ixchamlik, mazmunan teranlik latifalarning 
asosiy tamoyili hisoblanadi. O‘zbek xalk latifalarining asosiy qahramoni Nasriddin 
qiyofasi orqali nodonlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, munofiqlik, ochko‘zlik, 
ayyorlik, ishyoqmaslik kabi ma’naviyatga zid illatlar qoralanadi. Go‘zallik, 
donolik, zukkolik, rosguylik, mehnatsevarlik, mehmondo‘stlik, himmat, mehr-
oqibat, saxiylik, ilmlilik, insonparvarlik kabi yuksak qadriyatlar ulug‘lanadi.
Maqol va matallar esa turli millat kishilarining ma’naviy yetuklik, zukkolik 
belgisi bo‘lib, ularning tub mohiyatlari, orzu-armonlari umumiyligining 
ko‘rsatkichlaridir. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy tuyg‘ularni 
shakllantirish maqsadida olib borilayotgan tadqiqot - tajriba ishlari jarayonida shu 
narsa ma’lum bo‘ldiki, milliy turmush tarzimizga yot bo‘lgan “jangari“ 
o‘yinchoqlar, mul’tfil’mlar, kinofil’mlardan imkon qadar foydalanmaslik, aksincha 
Sharqona odob va bashariyatning ezgu intilishlarini aks ettiruvchi o‘yinlar, 
o‘yinchoqlar, rasmli kitobchalar, milliy ertaklar asosida yaratilgan mul’tfil’mlar, 
bolalardagi ilk yoshlikdan mafkuraviy karashlarning tug‘ri shakllanishida qo‘l 
keladi.Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur, 
vatanparvarlik va davlat ramzlari to‘g‘risida tasavvur tushunchalarini aniklashga 
doir bir necha metodlardan foydalanildi. 
So‘rovnoma-suhbat: Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari 
bilan mashg‘ulotda, milliy g‘urur, vatanparvarlik mavzularida suhbatlar tashkil 
kilish, tarbiyalanuvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, 
ularning erkin, mustaqil fikrlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Mustaqil tafakkurni tarbiyalash bo‘yicha: “Vatanparvarlik o‘z o‘lkasini 
o‘rganish”, ’’Mustaqil vatanim seni kuylayman”, Yosh avlodni O‘zbekiston 
madhiyasi, gerbi, bayrog‘i, Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash”, Ona 
Vatan mustaqil O‘bekistonga sodiq bo‘lish”. 
Buyuk siymolar bo‘yicha: Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek,
Bobur, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Manguberdi.
Milliy bayramlar bo‘yicha: “Navro‘z”, „Qurbon hayiti”, “Ramazon hayiti”va 
h- k.Pedagog-tarbiyachilar ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, 
uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha amalga 
oshiradigan ishining mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borishi, oila 
tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o‘zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanishi 
lozim.Bolalarda mustaqillikni tarbiyalash, madaniy xulq odatlarini shakllantirish,

tengdoshlari va kattalar bilan munosabatda bo‘lish, faoliyat madaniyatini 


shakllantirish, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni 
tarbiyalash, bolalarnnng yoshiga xos bo‘lgan yaxshilik, to‘g‘rilik, haqqoniylik, 
jasurlik, kamtarlik kabi ahloqiy tasavvurlarni shakllantirish lozim. 
Milliy tuyg‘uni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat 
hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va 
tashviqotning samarali usul va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni 
tarbiyalashda ta’lim-tarbiya muassasalari, jismoniy tarbiya va sport, oila muhim 
o‘rin tutadi.Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni 
shakllantirish asosida ularni ijtimoiy hayotga, oilaviy turmushga jamiyatning faol 
ishtirokchisi va mustaqillikni, hukukiy fuqarolik asosidagi demokratik jamiyatni 
mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qiladigan barkamol inson kilib 
yetishtirish birinchi navbatdagi vazifadir. Ona yurtiga, shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan muhabbat
dastlabki vatanparvarlik hislarini o‘yg‘otishga asos bo‘ladi. Bolalarni tanishtirish uchun 
hamma yerda diqqatga sazovor joylari bor. Hamma oilalarda umumxalq 
bayramlari bo‘lgan navro‘z, hayit va boshqa kunlar keng bayram qilinadi.Bolalar ham bu
bayramlarda qatnashadilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga har bir
bayram va tantananing ahamiyati ularning yoshlariga mos holda tushuntiriladi. Bu yerda tarbiyachining eng muhim vazifasi - 
bolalarning hissiyotlariga ta’sir etib, ularda o‘z halqidan, uning qadriyatlarida 
g‘ururlanish hissini o‘yg‘otish, mehnatsevar odamlarga xurmat tuyg‘usini 
tarbiyalashga o‘rgatishdir.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin