Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi


Mavzu : Buyuk siymolar va tarixiy merosimizni o’rgatish bo’yicha hamda kishilar mexnati va kasb-kori bilan tanishtirishda innavatsion texnologiyalarni qo’llash



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə24/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv

12.Mavzu : Buyuk siymolar va tarixiy merosimizni o’rgatish bo’yicha hamda kishilar mexnati va kasb-kori bilan tanishtirishda innavatsion texnologiyalarni qo’llash.
Reja:

  • 1. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishning shakl va metodlari

  • 2. Buyuk siymolar bilan tanishtirish.

  • 3. Navoiyxonlik xaftasi rejasini tuzish.

  • 5. Milliy muzey tashkil etish.


Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha 

aniqlashga yordam berdi: 
- ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliyligi; 
- ijtimoiy omillar: ta’lim-tarbiya jarayonini
- xududiy omillar: bola yashayotgan o‘lka, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va 
an’analari, boyligi, tarixiy o‘rni va ahamiyati. 

Har bir davrda yuz beradigan voqiya-hodisalar tug‘risida
tarbiyachinining bolalarga mohirona hikoya qilib berishi vatanparvarl ikni 

tarbiyalashada muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. 
Ushbu omillarning pedagogik jihati ularning o‘zlariga xos xususiyatlari 
hisobga olingan taqdirda, milliy g‘urur tuyg‘ularini his etishda va uning tizimini 
ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari 
tarbiyalanuvchilarda milliy tuyg‘uni shakllantirish tizimini o‘rganishda, ishlab 
chiqishda har bir mashg‘ulot, tarbiyaviy tadbirlar, to‘garaklar ular ongida 
milliylikning chizgilari (manzarasi) haqidagi tasavvurini o‘zgartirish, shaxsiy 
hayot, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga erishish, milliylikning tarbiyaviy mohiyatini 
anglab yetish malakalarini shakllantirish turli faoliyatning natijalarini oldindan 
ko‘ra bilishga o‘rgatish, tabiat va jamiyat haqida ilmiy bilim bilan qurollantirish 
kerak. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni 

shakllantirish maqsadi va vazifalarini ijobiy hal etishda ularning tarbiyasiga, 


tavsifiga xos milliy muhit yaratish va yuqoridagi barcha omillarga tayanish lozim. 


Chunki tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, 
ularning talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit zarurdir. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy muhitning o‘ziga xos mazmunga 
ega bo‘lishi davr taqozosidir. Bu mazmun zamirida bolalarda milliy g‘ururni 
shakllantirish yotadi: umuminsoniy va milliy qadriyatlar; urf-odat va an’analar, 
xalq donishmandligi durdonalari negizini tashkil etgan sharqona tarbiyaning asosiy 
sifatlari; insonparvarlik, mehnat-sevarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, ota-onaga 
hurmat, sahovat, iymon-e’tiqod va shu kabilar. 
Hozirgi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari, kino, teatr 
repertuarlari milliy mazmunda tashkil etilmokda, boyib bormokda. Ularning butun 
faoliyati jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy o‘zgarishlarni 
insonlar ko‘z o‘ngida gavdalantirish, milliy xarakterni shakllantirish
ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand etish, g‘ururlanishimizga asos 
bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, tarixiy meros va asarlarimiz, 
tilimizni, qadriyatlarimizni qaytadan tiklashga, ularga nisbatan mehr-muhabbatni 
shakllantirishga erishishga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari 
tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish asosida olib borilgan tadqiqot-
tajriba ishlarida, suhbatlar, og‘zaki savol-javoblar orqali ma’lum bo‘ldiki, bolalar 
tadbirlar, ahloqiy, ma’naviy, tarixiy, milliy qadriyatlar, ertaklar, rivoyatlar doir 
materiallarni qiziqib tinglashar, tomosha qilishar ekan.
Tarbiyachilar bolalarga insonni o‘rab olgan olamning murakkabligini, 
ajoyibotlarini, sirliligini anglashlariga, tabiat inson turmush tarzi qulayliklarining 
garovi ekanligini tushunib yetishlariga shu sababdan tabiatni muhofaza kilishni 
idrok qilishlariga yordamlashadilar. Shuni unutmaslik lozimki, tabiatdagi hamma 
narsa, vokea-hodisalar bolalar uchun qiziqarli va sirli topishmoqday tuyuladi. Ular 
bu jumboqlar sirini bilishga, sabablarini anglashga harakat qiladilar. Bola dastlabki 
tizimli ta’limni maktabgacha ta’lim muassasasida oladi. Binobarin, uning sog‘lom, 
xar tomonlama barkamol bo‘lib shakllanishi bevosita tarbiyachi faoliyati bilan 
uzviy bog‘likdir. Har bir maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari insonparvarlik 
va vatanparvarlik qoidalariga rioya qilgan holda, bu faoliyat insonni xar 
tomonlama himoya qilishga, uni ulug‘lashga, milliy g‘ururlanishga qaratilishi 
lozim. Asl vatanparvar unvonini olish uchun insonga juda katta mas’uliyatli 
ma’naviy-ahloqiy vazifalar yuklanadi. Nima va qanday hodisa bo‘lishidan qat’i 
nazar, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini, shaharini, boshqacha aytganda, kindik qoni 
tomgan zamin-Vatanini tark etmaydi. Bunday insonlar asl vatanparvarlar deyiladi.
Zero, faxrlanish haqiqatdan ham yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, 
ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. 
Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, 
hukm uning zarariga bo‘ladi. Zotan, Vatanni sevish, xalqni hurmat qilish 
faxrlanish yoxud ulardan g‘ururlanish belgisi bo‘lib, bu yaxshi xulk va yaxshi 
fazilatdir. Kimki millatning madaniyati tarixidan, ajdoddari qoldirgan barcha 
meroslardan, hamma sohadagi an’analaridan faxrlana bilsa, o‘tmishda vatani va 
xalqi boshiga tushgan dahshatli va ayanchli fojiaviy taqdirdan achinsa, u vatan va 
xalqi kelajagi uchun, nurli istiqlol yo‘lida fidoyi bo‘lish orzusida yashaydi, mehnat 
qiladi, o‘z kasbining ustasi bo‘lishga intiladi, tashabbuskorlikni qo‘lga kiritish 
armonlari bilan nafas oladi.Bevosita ta’lim-tarbiya beruvchi muassasalar mafkuraviy ta’limning asosiy 
uchoqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim 
jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etishi: 
- Vatan tuyg‘usini shakllantirish; 
- ona tilimizga, yurtimizga muhabbat o‘yg‘otish; 
- milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish
- ezgulik timsoli bo‘lgan ayollarni ulug‘lash; 
- oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish; 
- umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, 
dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini 
o‘qtirish lozim.Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub 
islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning 
milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi. Maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanga muhabbat hissi o‘z 
uyiga, bog‘chasiga, tarbiyachiga muhabbatni tarbiyalashdan boshlanadi. Bolalar 
ota-onalari va tarbiyachilari ularga qanday g‘amhurlik qilayotganini kuradilar va 
his etadilar, natijada bolalarda ularga bo‘lgan muhabbat yanada ortadi, ularning 
g‘amxo‘rligi va himoyasiga ishonch hosil qiladilar. Ular ota-onalari va 
tarbiyachilardan o‘z shahri, qishlog‘i tug‘risidagi ko‘p narsani bilib oladilar. 
Pedagog-tarbiyachi “Vatan”, “Bizning shahar”, “O‘zbekistonning poytaxti 
Toshkent“, ”Qishlog‘imizning eng yaxshi kishilari“, “Shahrimizning eng yaxshi 
kishilari“ va shunga o‘xshash mavzular bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi, turli 
al’bomlar, papkalar tayyorlab, bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy 
mashg‘ulotlarda foydalanish lozim.
Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalminaldir. Shuning uchun 
maktabgacha tarbiya bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, baynalminalchilik, 
hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga ega. 
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy ruhda, milliy g‘urur ruhida 
tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do‘stona his-
tuyg‘ular o‘yg‘otish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi 
yotadi. 


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin