3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy
tuyg‘ularni tarkib toptirish shakllari.
Islohotlar davrida milliy qadriyatlarni kayta tiklash va ularni boyitish yo‘lida
samarali ishlar amalga oshirilganligi ertangi kun yaratuvchilar bulgan yoshlarni
milliy g‘ypyp va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash zaruriyatini kun
tartibiga olib chikdi.
Yuksak odob-ahlok meyorlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan narsa emas.
Ular insoniyatning ming yillik tarixi, ota-bobolarimizning necha-necha ajdod-
avlodlari tajribasi davomida shakllangan. Odob, ahlok, g‘ypyp, or-nomus va uyat
insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan yoshlarga singdirilib kelingan.
Mustaqil respublikamiz bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama
ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o‘zini tuta bilgan, o‘z sha’ni, g‘ururini himoya qila
oladigan darajada ko‘rinishni istaydi. Ma’lumki, kuchli, qudratli davlat ma’naviyat
zaminida vujudga keladi. Bunday qudratli davlatning kishilari ham o‘z g‘ururi, or-
nomusi va qadriyatlarini himoya qilishga qodir insonlar bo‘lishi lozim.
Shu bois milliy g‘urur, vatan-tuyg‘usi, vatanparvarlik o‘z hududi, o‘lkasi,
xalqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha
ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi
hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug‘risida”gi qonuni va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi.
Bolalarga maktabga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular
tug‘ilgandan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya
boshlagan sayin o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan
tabiat hodisalarini bilgilari keladi. Maktabgacha ta’lim jismonan sog‘lom, har
tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik,
pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Tarbiyachilarga yordam tariqasida “Bolajon”
tayanch dasturida ko‘zda tutilgan butun materialni bolalar muvoffaqiyatliroq
o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida metodik ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar ishlab
chiqarilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim -
tarbiya oladilar.
Bolalarda kattalarga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ulari,
xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar
tarbiyalanadi. Shuning uchun ham biz bugungi kunda milliy g‘oya, milliy o‘zlikni
anglash jarayonida millat kelajagi bo‘lgan yoshlarni ilk yoshdan boshlab va uni
aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bajarish har birimiz uchun majburiydir.
Muhtaram birinchi Prizedentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: „Inson dunyoga
yaxshi ish qilish, yaxshi iz qoldirish uchun keladi. Yaxshi farzandlarni tarbiyalab,
qilgan yaxshi ishlari va qoldirgan yaxshi izlariga munosib vorislar tayyorlaydi" .
Darhaqiqat, ana shu jihatdan qaraganimizda mamlakatimiz va millatimizning
taraqqiyotining istiqboli ko‘p jihatdan yoshlarimizning milliy o‘zligini
anglashining o‘sish jarayoniga ham bog‘liqdir. Xalqning yosh
avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, tarbiyaning shakl va metodlari,
insoniy qadriyatlar va vatanparvarlik, halollik, to‘g‘rilik, poklik, yaxshilik,
birodarlik, do‘stlik, ahillik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, jasurlik, adolat, yuksak
odobli bo‘lish, or-nomusli bo‘lish, kattalarga hurmat, andishali va or-nomusli
bo‘lish va shu kabilar o‘z xalqi va vatanidan fahrlanishdek milliy g‘urur
tuyg‘ularini o‘yg‘otadi.Milliy tuyg‘uni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat
hayotining barcha soxalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va
tashviqotning samarali shakl va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni
shakllantirishning shakl va metodlari: 1. Bolalarni xalq og‘zaki ijodi bilan tanishtirish.
Maqsad: Vatan tuyg‘usini bolalarga ona allasi, bobolar o‘giti oila tarbiyasi bilan
singdirish.