Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə23/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv

1. Аутекология (“аутос” — юнонча сўз бўлиб, “ўзи” деган маънони
билдиради) айрим турларнинг улар яшаб турган муҳит билан ўзаро
муносабатини, уларнинг қандай муҳитга кўпроқ ва узвий мослашганлигини
ўрганади.
2. Популяциялар экологияси (“популяцион” — французча сўз бўлиб,
“аҳоли” деган маънони билдиради) популяциялар тузилмаси ва
динамикасини, маълум шароитда турли организмлар сонининг ўзгариш
(биомасса динамикаси) сабабларини текширади.
3.Синекология (“син” — юнонча сўз бўлиб, унинг маъноси
“бирликда” демакдир) биогеоценозларнинг тузилиши ва хоссаларини, айрим
ўсимлик ва ҳайвон турларини ўзаро алоқасини ҳамда уларни ташқи муҳит
билан муносабатини ўрганади.
4. Экотизимларнинг тадқиқ қилишнинг ривожланиши биосфера
ҳақидаги таълимотни вужудга келтиради.
Б.Зиёмуҳамедовнинг таърифлашича, экология терминининг мумтоз
маъноси айрим ҳайвонот турлари ва улар популяцияларининг ҳамда ўсим-
ликлар турларининг ташқи атроф-муҳит билан муносабатлари, уларнинг
тадрижий ривожланишига кўрсатадиган таъсирини ўрганадиган илм соҳаси
демакдир.Муҳитнинг организмни ҳаракатлантирувчи алоҳида таркибий
қисмлари (ҳаво, ёруғлик, иссиқлик, сув, озиқ-овқат) экологик омиллар деб
атала.диА.С.Тўхтаев фикрича, "экологик муҳит деганда тирик организмни
ўраб турган физик қуршов эътиборга олинади. Аниқроқ сўз борганда муҳит
теварак-атрофдаги ўзаро боғланишлардаги шарт-шароитлар ва таъсирлар
мажмуидир (табиий ва сунъий муҳит)". Экологик омил эса тирик
организмларга тўгридан-тўғри таъсир этувчи муҳитнинг айрим бир таркибий
қисми-дир.
Бироқ одамларга моддий неъматлар ишлаб чиқариши учун муайян
табиий шароитлар талаб қилинади. Табиатнинг жамият билан яқиндан алоқа
боғлайдиган, унинг тараққиётига маълум даражада таъсир кўрсатадиган
қисми атроф-муҳит деб аталади. Ернинг устки қатлами ва ер ости
бойликлари, иқлим ва бошқа шу кабилар атроф-муҳитни ташкил этади.
Атроф-муҳит инсоннинг моддий неъматлар ишлаб чиқариш фаолияти учун
доимий, абадий ва зарурий шарт-шароитдир.Айниқса, инсоннинг табиат
қучоғида бўлиши уни руҳан тетиклаштириб, меҳнат қобилияти ва ижодий
фаолиятини оширади.
Tarbiyachining va oila tarbiyachisining vazifalari insonni tabiatdagi o‘rni va bolalarni dunyoqarashlarini shakllantirish. Inson o‘zining kelib chiqishi moddiy va ma’naviy talablariga binoan jonli va jonsiz tabiat bilan uzviy bog‘liqdir. Insonning biosferada tutgan o‘rni 2 tomonlama bo‘ladi. Ya’ni bu biologik obyekt bo‘lib, muhitning fizik omillarga qaramdir, chunki bizni o‘rab turgan atrof-muhitdan borliqdan nafas oladi, oziqlanadi va modda almashinishi natijasida tabiatni bizga bo‘lgan foydasini va mehribonchiligini ko‘radi. Lekin insonlar jonzotlardan ajralib turishi natijasida o‘ziga xos xususiyatlarini har doim namoyon qilib boradilar. Ular o‘z faoliyatlari bilan tabiatga ta’sir etib, ya’ni madaniy muhitni yaratdilar va uni mehnatlari va ma’naviy tajribalari asosida avloddan avlodga o‘tkazib boradilar. Inson o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish natijasida, ularni kerakli va yangi zod, navlarini yaratadilar, ko‘paytiradilar. Bolalar esa mana shu yaratilgan yangi zod va navlarni ko‘rishlari natijasida ularda tabiatga bo‘lgan qiziqishlari ortadi. Dunyodagi bo‘layotgan o‘zgarishlarga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshlaydilar. Shuning uchun ko‘pchilik madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarini odamlar parvarish qilganliklari sababli yovvoyi hayvonlarga nisbatan yaxshi rivojlanadi, ko‘payadi, chiroyli bo‘ladi va sifatli hosil beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiat bilan bog‘chaga kelayotganda va bog‘chadan ketayotganda to‘qnash keladilar. Bunda bolalarda ko‘chada ko‘rgan, eshitgan va bilgan narsalari haqida bog‘chaga kelganlarida hammaga aytib beradigan bo‘ladilar. Bu esa bolalarga ziyraklikga hamda ko‘chada hushyor bo‘lib yurish kerakligini o‘rgatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va oiladagi bolalarning tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining va oila tarbiyachisining oldiga juda katta vazifalar qoyiladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisi bolalarga bilim berishda o‘zining bilim doirasini kengaytirishi va har bir sohadan xabardor bo‘lishi kerakdir. Tabiatda bo‘layotgan voqea va hodisalarni bolalarga tushunarli, aniq, ravon, yoshiga mos holda yetkazish kerak va bu har bir tarbiyachi hamda oila tarbiyachidan talab etiladi. Eng asosiysi tarbiyachi hamda oila tarbiyachisi bolalarga o‘zining yashab turgan joyining shart-sharoitlarini, undagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni, o‘simliklarni, hayvonlarni va ularni qayerda uchratishmiz mumkinligi haqida bilim hamda tushunchalar berib borishi kerak. Shunga asoslangan holda tarbiyachi o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni parvarishlash hamda ular bilan ehtiyotkorlik munosabatida bo‘lish malakalarini tarbiyalab boradilar. 9 Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi va oila tarbiyachisining ro‘li. Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim ro‘l o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda Davlat tomonidan chiqarilgan «Tayanch dastur»lariga tayangan holda, bolalarga beriladigan bilimlarni yosh xususiyatlarini hisobga olib rejalashtirishlari zarur. Dasturlarda tarbiyachi har bir faslda olib boriladigan tabiat haqidagi bilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, guruhda tabiat burchagini, yer maydonchalarini tashkil eta olish, undagi o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni boqish, parvarishlay olish mahoratlari talab etiladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisi o‘simliklarni, hayvonlarni to‘g‘ri parvarishlashi va o‘zi bolalarga buni o‘rgata olishi talab etiladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisining talabchanligi hamda kerakli bilimlarga ega bo‘lishi, bolalarda qiziquvchanliklarini hamda mehnat ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bolalarning bilimlarini oshirish, qiziquvchanliklarini o‘stirish natijasida tarbiyachining o‘z sohasiga bo‘lgan qiziqishi yanada orttadi va tabiatda bo‘layotgan voqea-hodisalardan yanada ko‘proq bilimga ega bo‘lishga harakat qildiradi. Tarbiyachi bolalarga asosiy bilimlarni mashg‘ulotlarda chuqurroq berishi, o‘stirishi, ko‘paytirishi, rivojlantirishi kerak bo‘ladi. Bolalar qiziquvchan xalq bo‘lganligi sababli mashg‘ulot vaqtida ham turli savollar beraveradilar, mana shu savollarga tarbiyachi javob berishi uchun dunyodagi voqea-hodisalardan ham õabardor bo‘lib turishi kerak bo‘ladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisining oldiga qo‘yilgan talablar. Tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, sayr va ekskursiyalarni tashkil etishda tarbiyachi va oila tarbiyachisining oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Tabiat haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish. 2. O‘simliklar, hayvonlar, hasharotlar, qushlar, baliqlar haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish. 3. O‘simlik, hayvonlar, hasharotlar, qushlar va baliqlarni parvarish qilish, oziqlantira olishni bilish. 4. Bolalar yoshiga mos jonzotlarni tanlay bilish. 5. Jonzotlar bilan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va bolalarga to‘g‘ri o‘rgata olish.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin