Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi


Maktabgacha ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə16/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv

Maktabgacha ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish psixofizik yosh xususiyatlari tufayli o'z faoliyatini osongina o'zgartiradigan maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan doimo ijobiy qabul qilinadi. O'z navbatida, o'qituvchilar jamoasining tashabbusi ota-onalar jamoatchiligining aksariyat qismiga yoqadi va bolalar bog'chasi va tarbiyalanuvchilar oilalari o'rtasidagi o'zaro ta'sir mexanizmlarini takomillashtirish zarurati nuqtai nazaridan ushbu moment ham ahamiyatlidir.
Mazmunli mazmuni bilan farq qiladigan va maktabgacha ta'lim amaliyotiga tatbiq etiladigan innovatsion pedagogik echimlarni izchil amalga oshirilishini ta'minlash uchun ko'rib chiqilayotgan g'oya va loyihalarning bir qator talablarga muvofiqligini nazorat qilish muhimdir. Maktabgacha ta'lim muassasasida yuqori sifatli yangiliklar quyidagilar bilan ajralib turadi.
O `ZBEKISTONDA QANDAY AVTOMOBILLAR ISNLAB CHIQARILADI?

Quvnoq daqiqalar:


Bordir olti xil tovush,
Ular cho’zib aytilar.
So’z tuzilmas ularsiz
O’ylang , balkim toparsiz ?


Bir so’zda bir xil undosh,
Ketma-ket qator kelar.
Misol topib aytinglar,
Ular qanday tovushlar ?


Ikki harfdek ko’rinar,
Bir tovushdek aytilar
Bir yo’ldan boshqasiga
Ajralmay o’chirilar?
Venn diagrammasi


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy shaxsiy sifatlarni tarkib topdirishda iodiy fikrlash qobiliyatlarni shakllantiruvchi innovatsion metodlarni o`rganish.

Reja:
1.


1. Maktabgacha ta‘lim jarayonida muomala mazmuni, muhit, o’zaro munosabatlar uslubi tarbiyalanuvchiga barcha insoniy xislatlarni o’zlashtirish, o’zini inson sifatida anglash, hurmat qilish tuyg’usini tarbiyalashga yordam berishi kerak.
2. Pedagogik jarayon o’zgalarning his-tuyg’ulariini his etish, axloqiy me‘yorlarga amal qilish, shuningdek, ta‘limning ijtimoiy ahamiyatini tushunishga yordam berishi zarur.
3. Pedagogik jarayon tarbiyalanuvchilarda ijodkorlik, ziyraklik, mustaqillik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarni tarbiyalashi lozim.
Shu jihatdan pedagogik jarayonni tarbiyalanuvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda modellashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda tarbiyalanuvchilarning yetuk balog’at yoshida ekanliklari hamda ularning “Men”ini hisobga olgan holda o’qitish texnologiyalarini tanlash maqsadga muvofiq. Shuningdek, quyidagi shartlarga amal qilish ham talab etiladi:
1. Maktabgacha ta’limda tarbiyalanuvchilarning erkin tanlash hissiga ega bo’lishlari muhim. Bu ular nimani xohlasalar, shuni qilishlari mumkin degani emas, aksincha, ta‘lim jarayonida o’quv-bilish faoliyatini demokratik tamoyillar asosida tashkil etish, o’quv materiallarining ular uchun shaxsiy ahamiyat kasb etishiga erishish, bilimlarni ongli o’rganishga nisbatan xohish-istakni uyg’otish zarur.
Bilimlar ta‘lim oluvchilarga tayyor holda yetkazilmay, turli faoliyatga jalb etgan holda ularni o’ylashga, xulosalar chiqarishga, shaxsiy qarashlarini erkin bayon etishga yo’llash muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu jarayonda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida o’zaro hamkorlik yuzaga keladi.
3. Pedagogik jarayon tarbiyalanuvchida muayyan his-tuyg’ularning uyg’onishiga olib kelishi zarur. Zero, ta‘limni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad tarbiyalanuvchiga ilmiy bilimlarni berish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish bilan cheklanmay, har bir tarbiyalanuvchining his-tuyg’ularini rivojlantirish, o’z ichki kechinmalarini anglash, xohish-istak va ehtiyojlarini baholay olish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bunday jarayon tarbiyalanuvchining shaxs sifatida shakllanishlarida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bu g’oyani L.V.Zan‘kov, V.V.Davidov, A.N.Leontevlar ham tasdiqlaydilar. Ta‘limga nisbatan tarbiyaning natijasi birdan ko’zga tashlanmaydi. Ayrim holatlarda salbiy ta‘sirlar tarbiyalanuvchining ijobiy sifatlariga teskari ta‘sir etadi. Demak, tarbiya jarayoni o’zgaruvchan xususiyatga ega va u uzoq muddatli sanaladi.
Tarbiyaviy ta‘sirlar vaqti-vaqti bilan ko’rsatilmay, balki uzluksiz, izchil, uzviy, tizimli va maqsadga muvofiq bo’lishi zarur.
Tarbiya jarayoni, shuningdek, variativ bo’lib, u bir xil shakl yoki metod yordamida emas, turli shakl va metodlar yodamida amalga oshiriladi hamda goho natijaga erishishda noaniqliklar ham paydo bo’lishi mumkin. Bunday holat tarbiyalanuvchining ham, tarbiyalovchining ham individual farqi, ijtimoiy tajribasi, tarbiyaga munosabati bilan belgilanadi.
Tarbiya, ikki tomonlama xususiyatga ega bo’lib, u tarbiyalanuvchidan ↔ tarbiyachiga; tarbiyachidan ↔ tarbiyalanuvchiga yo’naltiriladi. Tarbiyaga texnologik yondashuv mazkur talabning to’la qondirilishiga yordam beradi.
Zamonaviy sharoitda pedagogika nazariyasi va amaliyotida “texnologiya” tushunchasi yangi mazmun kasb etmoqda. U.N.Nishonaliev, B.L.Farberman, V.P.Bespalko, M.Ochilov, N.N.Azizxodjaeva, N.Saidahmedov, M.V.Klarin, V.A.Slastenin, S.K.Ismagulova, O’.Tolipov, va boshqalarning ta‘riflarini umumlashtirgan holda pedagogik texnologiya “Pedagogik faoliyat muvaffaqiyatini kafodatlay oluvchi hamda tarbiyalanuvchi shaxsini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon loyihasi” degan ta‘rifga muammo nuqtai nazaridan qo’shilamiz.
Mazkur jarayon o’zaro ketma-ketlikka asoslanuvchi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- ta‘lim jarayonining umumiy, asosiy maqsadini belgilab olish;
- ta‘lim jarayonini real, muayyan bosqichlarga bo’lish va har bir bosqich uchun xususiy maqsadlarni belgilash;
- asosiy maqsadga erishish uchun juz‘iy maqsadlarni hal etish.
Texnologik yondashuvga asoslanuvchi pedagogik faoliyatning o’ziga xos murakkabligi shundaki, birinchidan, ta‘lim bir butun, yaxlit jarayon bo’lib, pedagogik ta‘sir shaxsda alohida sifatlarni tarkib toptirishga emas, balki tarbiyani yaxlit olib borishni nazarda tutadi; ikkinchidan, shaxsda muayyan sifatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi texnologiyalar ma‘lum qismlarga ajratilmasdan, balki tarbiyachining o’ziga xos mahoratiga tayangan holda umumiy texnologik jarayonni tashkil etishga e‘tibor beriladi; uchinchidan esa, yaxlit shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon tarbiyachining ijodkorligi, ta‘lim qonuniyatlaridan kelib chiquvchi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Zamonaviy ta‘lim texnologiyalari asosida shaxsga yo’naltirilgan ta’limda quyidagi holatlarga e‘tibor qaratiladi:
- tarbiyalanuvchining ongi, his-tuyg’usi, xulqiga ta‘sir etish;
- tarbiyalanuvchining tashqi ta‘sir asosida o’z-o’zini tarbiyalashi;
- shaxs tarbiyasi bilan bog’liq barcha sohalarning o’zaro aloqasi;
- shaxsni shakllantirishda aqliy, axloqiy, estetik va boshqa tarbiyaning tarkibiy qismlarining uyg’unligiga erishish;
- shaxsni shakllantirish jarayonining tizimliligi;
- tarbiyalanuvchining bilim darajasini aniqlash.
Tarbiyalanuvchi shaxsini axloqiy tarbiyalash jarayoniga texnologik yondashuvda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida hamkorlik, ularning bir-biriga ta‘siri hamda ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shaxsni shakllantirishga yo’naltiruvchi uslublar, tarbiyalanuvchi faoliyatini to’g’ri tashkil etish, pedagogik jarayonda paydo bo’lgan muammolarni bartaraf etish, ijodiy ishchanlik muhitini yaratish, tarbiyalanuvchi faoliyatini baholash kabi o’quv-biluv ishlari amalga oshiriladi. Ammo ta‘lim jarayoniga texnologik yondashuv – bu hali shaxsni shakllantirishni to’liq hal etadi, degan so’z emas.
Bosh maqsad tarbiyalanuvchilarni axloqiy shakllantirishga yo’naltirilar ekan, ta‘lim jarayonini muayyan bosqichlarga bo’lib olish va har bir bosqich uchun xususiy maqsadlarni ham belgilash, shuningdek, bosh va xususiy maqsadlarni amalga oshirishga yordam beruvchi metod hamda usullarni tanlash, bu yo’lda uchraydigan katta-kichik muammolarni hal etish asosida ular o’rtasida o’zaro uyg’unlikni hosil qilishga qaratiladi. Bu jarayonda bosh maqsad bilish jarayonini tashkil etish, tarbiyalanuvchida pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat bo’lsa, uni amalga oshirish chog’ida quyidagi xususiy maqsadlar ham hal etiladi:
- shaxs rivojlanishiga ta‘sir etuvchi omillar;
- irsiyatning shaxs kamolotidagi o’rni;
- naslning ma‘naviy-axloqiy sifatlarning shakllanishiga ta‘siri;
- muhitning shaxs rivojlanishiga ta‘siri;
- tarbiyaning shaxs shakllanishidagi o’rni;
- faoliyatning inson hayotidagi ahamiyati;
-shaxsni shakllantirishda individual xususiyatlar (shu jumladan, tarbiyalanuvchining yosh xususiyatlari)ni hisobga olish;
- akseleratsiya va bu jarayonda yuzaga keluvchi pedagogik muammolar;
- shaxsning ma‘naviy-axloqiy rivojlanishining o’ziga xos jihatlari;
- jismoniy rivojlanish qonuniyatlari;
- shaxsning ijtimoiylashuvi.
Ushbu xususiy maqsadlar tarbiyalanuvchilarni axloqiy shakllantirish jarayonida:
- ta‘limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish;
- kasb-hunarga yo’llash;
- ma‘naviy- axloqiy tarbiya;
- aqliy tarbiya;
- ijtimoiy-g’oyaviy tarbiya;
- jismoniy tarbiya va sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish;
- estetik tarbiya;
- fuqarolik tarbiyasi kabilarni uyg’un holda tashkil etishni taqozo etadi.
Masalan, aqliy tarbiya jarayonida ilmiy bilimlar asosida tarbiyalanuvchi dunyoqarashi shakllanib, tabiat va jamiyatda kechayotgan voqea-hodisalar haqida tushunchalar paydo bo’ladi, mantiqiy tafakkur rivojlanadi, aqliy qobiliyat namoyon bo’ladi. Bu esa o’z navbatida hayotni to’g’ri yo’lga qo’yishga yo’llaydi.
Tarbiyalanuvchining axloqiy kamolga yetishida:
- muayyan ilmiy bilimlarga ega bo’lish;
- ilmiy dunyoqarashga egalik;
- aqliy qobiliyatni rivojlantirish va uni ro’yobga chiqarish;
- bilishga doir qiziqishlarini uyg’otish va faollashtirish;
- bilimlarni doimiy ravishda oshirib borishga nisbatan ehtiyojni hosil qilish va hokazolar muhim sanaladi.
Zamonaviy pedagogika ta‘lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish va uni shaxsga yo’naltirish g’oyalarining ustuvorligi bilan an‘anaviy ta‘limdan farqlanadi.
Tub ta‘limiy islohotlar amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ta‘lim jarayoni o’zaro hamkorlikka asoslanadi va o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Zero, tarbiyaning samarali bo’lishiga bir qator omillar sezilarli ta‘sir etadi, shu sababli sub‘ektiv va ob‘ektiv omillardan maqsadga muvofiq foydalanish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish talab etiladi.
Pedagogik jarayon ijodiy xususiyat kasb etadi. Bu quyidagilarda ko’rinadi:
1. Ta‘lim jarayonida muomala mazmuni, muhit, o’zaro munosabatlar uslubi tarbiyalanuvchiga barcha insoniy xislatlarni o’zlashtirish, o’zini inson sifatida anglash, hurmat qilish tuyg’usini tarbiyalashga yordam berishi kerak.
2. Pedagogik jarayon o’zgalarning his-tuyg’ulariini his etish, axloqiy me‘yorlarga amal qilish, shuningdek, ta‘limning ijtimoiy ahamiyatini tushunishga yordam berishi zarur.
3. Pedagogik jarayon yoshlarda ijodkorlik, ziyraklik, mustaqillik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarni tarbiyalashi lozim.
Xulosa qilib aytganda, shaxs individ – shaxs – inson tizimida o’z dunyoqarashi, nuqtai nazariga ega bo’lish, o’z haq-huquqini hurmat qilishga o’rganish, shaxslik xislatlarini tushunish, shuningdek, o’z bilim, qobiliyat va ko’nikmalarini namoyon etib, mehnat faoliyatiga munosabati bilan belgilanadi. Insonda yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlar rivojlanib, uning ijtimoiy voqelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo’lgan munosabati muayyan bosqichga yetgandagina u barkamol shaxs darajasiga ko’tariladi.
Pedagogik ta‘limning asosiy maqsadi ham shaxsni aqliy, ma‘naviy-axloqiy, estetik, jismoiy rivojlanishini ta‘minlash, uning ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama yuzaga chiqarish, unda insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoit yaratishdan iboratdir.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda ilg’or texnologiyalarni qo’llash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, uning mazmunini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, ta‘lim jarayonini ijtimoiylashtirish va differentsiatsiyalash shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin