Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


Loyihaviy moliyalashtirish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə14/21
tarix23.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#120948
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
3-мавзу-1

Loyihaviy moliyalashtirish – bu regressiz (talab, huquq) yoki qarzdorga bo`lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maqsadli kreditlash bo`lib, bunda qarz oluvchining to`lov majburiyatlarini ta‘minoti sifatida, investitsiya faoliyati davomida to`plangan (investitsiya loyihasiga aloqador aktivlar ham kiradi) pul mablag`lari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo`lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan daromad (foyda) hisoblanadi.
Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo`lib, qarzdorning umumiy faoliyatidan olgan doromadi bo`lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbai loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir sof ta‘minotning o`zi bo`lmaydi. Ammo bu loyihaviy moliyalashtirishda kredit bo`yicha ta‘minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir garovning bo`lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag` jalb etishi kerakli kafolat yoki garovni yig`ish imkoniyatini bermaydi. Loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan kreditni
berish, baholash va monitoringini olib borish jarayoni bo`lib, bunda kredit ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish ob‘ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta‘mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo`naltiriladi deb e‘tirof etilgan.
Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo`lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog`liq risklarni qisman yoki to`liq o`z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o`rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e‘tibor qaratiladi. Xullas, loyihaviy moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o`rtasida taqsimlanishini anglatadi. Loyihaviy moliyalashtirishda investitsion loyihalarning ko`plab xususiyatlari mavjud bo`lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat bo`ladi:

  • qiymati yuqori bo`ladi;

  • loyiha ishtirokchilarini ko`pligi;

  • ko`pincha risklarni barcha turlari uchraydi (tizimli va tizimsiz);

  • kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag`larga bo`lgan talab juda katta bo`lib, unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi;

  • loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo`ladi;

  • ishga tushish muddati 5 – 7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi;

  • loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qo`shimcha harajatlarning kiritilishi;

  • davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta‘siri.

Yirik loyihalarning o`ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish kerak bo`ladi:

  • loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo`limlarga bo`lib o`rganishni;

  • loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy - iqtisodiy holatini to`liq tahlildan o`tkazishni;

  • loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishni;

  • rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borishni;

  • loyihaning fazalaridagi ehtimoliy yo`qotishlar va risklarni boshqarish uchun tezkor rejalarini ham rejalashtirishni;

  • loyihaning barcha rejalarini doimiy monitoring qilishni;

  • yirik loyihalarni takrorlanmasligini hisobga olishni.

Ushbu omillar va ular bilan bog`liq risklarni ko`pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Risklarni ko`p bo`lishiga asosiy sabablardan yana biri bu loyihaning ishtirokchilarining ko`pligidir.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin