Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilari va ularning funksiyalari, loyihaviy moliyalashtirish turlari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə15/21
tarix23.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#120948
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
3-мавзу-1

2. Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy ishtirokchilari va ularning funksiyalari, loyihaviy moliyalashtirish turlari


Investitsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirishda loyihaviy moliyalashtirish har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi. Respublikada sog`lom raqobat muhitini yuzaga keltirishda loyihaviy moliyalashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham tijorat banklarining milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi mavqeining kuchayishi bevosita banklar faoliyatining samaradorligini oshirish zaruriyatini kuchaytirishga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida loyihaviy moliyalashtirish investitsiyalarni moliyalashtirishning taraqqiy etgan zamonaviy usullaridan biri bo`lib qolmoqda.
Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda qatnashish imkoniyatiga ega bo`lgan tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlar turli mablag`lar egalarining loyihani amalga oshirishdagi vazifalarini bilishga da‘vat etadi, shu sababli loyihaga mablag`larni samarali birlashtirishga bevosita ko`mak beruvchi ishtirokchilarni yuqori natijalarga erishishini ta‘minlovchi muhim omil hisoblanadi (16.1-jadval).
Loyihaviy moliyalashtirishning jahon amaliyotida turlicha usullari va manbalari mavjud bo`lib, har bir davlat o`z iqtisodiy va investitsion siyosati, bozor mexanizmining amal qilish darajasiga qarab, bu usullardan foydalanishi mumkin.

16.1-jadval Loyihaviy moliyalashtirishda qatnashishi mumkin bO`lgan ishtirokchilar




Ishtirokchilar

Loyihadagi roli

Loyiha xomiylari, ta‘sischilari

Loyiha natijalariga bevosita qiziquvchi kompaniyalar va jismoniy shaxslar. Ular loyihani oldinga so`rishadi, turli masalalarni
kelishishadi, tegishli ruxsat(noma)lar olishadi.

Yetkazib beruvchi va
pudratchilar

Berilgan loyiha bilan bog`liq bo`lgan tovarlar va xizmatlarni yetkazib
berish shartnoma majburiyatlariga egalik qiluvchi kompaniyalar.

Haridorlar



Ko`pchilik loyihalarda mahsulot ma‘lum davrda ochiq bozorlarga olib chiqilmaydi. Bunday hollarda loyiha kompaniyasi alohida haridor yoki ularning guruhi bilan muayyan miqdordagi mahsulotni sotib olish
bo`yicha oldindan uzoq muddatli shartnomalar tuzishgan bo`ladi.

Loyiha amalga oshirilayotgan
mamlakat hukumati

Zaruriy ruxsat beruvchi hujjatlarni berish, haridlarni amalga oshirish, loyihada aksioner, homiy sifatida ishtirok etish, muayyan kafolatlar
taqdim etish.

Loyiha boshqaruvchisi

Loyihaning amalga oshirilishiga javob beruvchi menejerlar komandasi,
loyihaviy moliyalashtirish bo`yicha bitmning bosh bo`g`ini.

Qarz hisobiga
moliyalashtiruvchilar

Loyiha kompaniyasiga resurslarni kelishilgan muddatga va oldindan
kelishilgan shartlar asosida qarzga taqdim etuvchi tuzilmalar.

Konsultant va maslahatchilar

Loyihani amalga oshirishning turli aspektlarida moslashuvchanlikni ta‘minlaydigan maslahatlar beruvchi ixtisoslashtirilgan kopaniyalar va
jismoniy shaxslar.

Amalda investitsiya loyihalarining uzoq muddatli bank kreditlarini loyihaviy moliyalashtirishning ayrim omillar va holatlardagi kichik bir shakli sifatida qaraladi. Bunga quyidagi omillar sabab bo`ladi.



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin