9-sinf uchun namunaviy savollar: 1. Rossiya imperiyasining harbiy qo‘shinlari qayerni egallagandan so‘ng navbatdagi harakat Jizzaxga qarshi boshlandi? J: O‘ratepani.
2. Rossiya imperiyasining harbiy qo‘shinlari qachon Jizzaxga qarshi harbiy harakatlarni boshladi? J: 1866-yil 12-oktabrda.
3. Jizzax shahrini egallash uchun jang necha kun davom etdi? J: 2 kun.
4. Jizzax shahri qachon podsho hukumati tarkibiga kirdi? J: 1866-yil 18-oktabr.
5. Jizzaxni bosib olish uchun bo‘lgan jangda har ikkala tomondan qancha kishi halok bo‘ladi? J: 6 mingdan ko‘proq kishi
6. Jizzax shahri himoyasi uchun qayerdan yordam kuchlari keladi? J: Buxoro amirgidan
7. Buxoro amirligining yordamchi qo‘shinlari qaysi hudud(lar) himoyasiga kechikib yetib kelgan? J: Toshkent va Jizzax
8. Buxoro amirligidan yordamga kelgan qo‘shin Jizzax mudofaachilariga qanday yordam berdi? J: hech qanday, chunki ular kechikib kelgan edilar.
9. Podsho hukumati Jizzaxda qancha askar qoldiradi? J: 3 ming askar, 300 kazak
10. Podsho hukumati Jizzaxda qancha to‘p qoldirgan edi? J: 12 to‘p qoldirdi.
11. Jizzax vohasi 1866-1867-yillarda qaysi viloyat tarkibida bo‘lgan? J: Turkiston viloyati
12. Rossiya imperiyasi tomonidan 1864-1866-yillar davomida bosib olingan hududlarda qanday ma‘muriy birlik tuzildi? J: Sirdaryo viloyati
13. Qachon Jizzax hududlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tganligi haqida shartnoma imzolandi? J: 1868- yil 12-iyul
14. Jizzax hududlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tganligi haqida shartnoma qaysi davlatlar o‘rtasida imzolandi? J: Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi
15. Jizzax hududlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o‘tganligi haqida shartnoma qayerda imzolandi? J: Samarqandda
16. 1868-yilda Buxoro amirligining bosib olingan hududlarida Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiruvchi qanday ma‘muriy birlik tuzildi? J: Zarafshon okrugi