Mavzu: Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalimshlari. Reja: Kirish. I-bob. Asosiy qism



Yüklə 60,23 Kb.
səhifə4/6
tarix19.10.2023
ölçüsü60,23 Kb.
#156965
1   2   3   4   5   6
Mavzu Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘-fayllar.org

MAKTAB-GACHA TA`LIM


UMUMIY O`RTA TA`LIM


O`RTA MAXSUS, KASB HUNAR TA`LIMI

OLIY TA`LIM

KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA TAYYORLASH

OLIY O`QUV YURTIDAN KEYINGI TA`LIM


MAKTAB-DAN TASHQARI TA`LIM
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida umumiy ta'lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlariga o‘tilishiga zamin yaratadi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:




  1. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.

Shaxs uzluksiz ta'lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta'sirlar yordamida ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.


O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta'lim sohasidagi xizmatlardan to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo‘la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘likdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.
«Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'lim olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. Ta'lim olish jarayonida shaxs davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta'lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta'lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va uz bilimi hamda tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi».


  1. Davlat va jamiyat ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.

Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma'naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.


Shaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta'lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas'uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi sub'ekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jamiyat ta'lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:
  • fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;


  • majburiy umumiy o‘rta ta'lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini olishga;


  • davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta'lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limni olish huquqiga;


  • davlat ta'lim muassasalarini mablag‘ bilan ta'minlashga;


  • ta'lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;


  • ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;


  • sog‘lik va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta'lim olishiga.




  1. Uzluksiz ta'lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta'limning barcha turlari, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.

Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.


Uzluksiz ta'lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma'lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim Davlat ta'lim standartlari hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Uzluksiz ta'limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
  • ta'limning ustuvorligi;


  • ta'limning demokratlashuvi;


  • ta'limning insonparvarlashuvi;


  • ta'limning ijtimoiylashuvi;


  • ta'limning milliy yo‘naltirilganligi;


  • ta'lim va tarbiyaning uzviy bog‘likligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;


  • iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta'limni isloh qilish yo‘nalishlari ham aniq ko‘ratib berilgan. Mazkur yo‘nalishlar sirasiga quyidagilar kiradi: kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining turlarini rivojlantirish; ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish; ta'lim dasturlarini tubdan o‘zgartirish; majburiy o‘rta umumiy ta'limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limiga o‘tilishini ta'minlash; yangi tipdagi o‘quv muassasalarini vujudga keltirish; yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu jumladan, boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; ta'limning barcha daraja va bo‘g‘inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta'lim muassasalarini mintaqalashtirish; shaxsga ta'lim berish va uni tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish; ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish; ta'lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan ta'minlash mexanizmlarini shakllantirish; uzluksiz ta'limni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish; chet el va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish; tub yerli millatga mansub bo‘lmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ularning o‘z ona tillarida ta'lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta'limning barcha darajalarida ta'lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiena ta'limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.


Uzluksiz ta'lim quyidagi ta'lim turlarini o‘z ichiga oladi:
  • maktabgacha ta'lim;


  • umumiy o‘rta ta'lim;


  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi;


  • oliy ta'lim;


  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim;


  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;


  • maktabdan tashqari ta'lim.




Maktabgacha ta'lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta'lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Bu o‘rinda «Xonadon bog‘chasi» hamda «Bolalar bog‘chasi – boshlang‘ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasalarida Bblalarga tasviriy san'at, musiqa, til va kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ma'naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta'lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limidan iborat. Umumiy o‘rta ta'lim boshlang‘ich ta'limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o‘zlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, shuningdek, kasb tanlash ko‘nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o‘quvchilarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga egaliklarini belgilaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o‘rta ta'lim negizida tashkil etiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining ikki muhim yo‘nalishi bo‘lgan – akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik litsey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta'lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta'lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda o‘zlarida fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Akademik litseylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta'lim muassasalari bo‘lib, ularning jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek, o‘quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi alohida e'tiborga loyiq.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida bitiruvchilar ta'limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Oliy ta'lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta'lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'lim.
Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta'lim tizimi yo‘nalishidagi o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma'lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriyat negizida ta'lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'lim bo‘lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma'lum ixtisoslik bo‘yicha ta'lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas'uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta'lim muassasalari faoliyat ko‘rsatadi:
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad'yunktura va doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim nomzodlik yoki doktorlik dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo‘lish huquqini beradi.
Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha oliy toifali ilmiy-pedagogik kadrlarni shakllantirishdan iborat.

Yüklə 60,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin