Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


 Kasbiy bilimlarni shakllantirish psixologik muammo sifatida



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
TA’lim vazirligi

1.1. Kasbiy bilimlarni shakllantirish psixologik muammo sifatida. 
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Kasblar festivali”da 
belgilangan vazifalarni yuksak darajada bajarish borasida o‘quvchilarni kasb-hunarga 
yo‘naltirishda kasb-hunar ta’lim muassasalarining ahamiyati muhim sanaladi. Bu borada 
yurtboshimiz I.Karimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlamoqchimiz: “O‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’lim muassasalari har bir hududning o‘ziga xos, jo‘g‘rofiy, etnik xususiyat, ehtiyojlaridan kelib 
chiqib, tashkil etilishi hamda unda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari bag‘rida o‘qib 
kasb-hunar egallashlari qolaversa, o‘sha hududning ta’limni turmush bilan bog‘lash, 
uyg‘unlashtirish, talabalarning qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga 
olish ijobiy samara beradi. Chunki, har bir kasb-hunar shaxsdan irodaviy zo‘r berishni, aqliy 
jiddiylikni, chidam va sabr-toqatni talab qiladi. Barcha qiyinchilik va sinovlarga bardosh bera 
oladigan yigit-qizlargina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yarog‘li deb topiladi. Kasb ta’limi 
esa huddi ana shuning amaliy tomonini o‘zida aks ettirish imkoniyatiga ega. Ta’limni oqilona, 
optimal yo‘l bilan tashkil qilish va olib borish, mehnatga ongli munosabatni tarkib toptirib, kasb-
hunarga nisbatan qiziqish hissini uyg‘otadi. Kasbiy bilimlarni maktab ta’limidayoq shakllantirish 
bolada kasbiy layoqat va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini oshiradi. 
Kasbiy layoqatlilik – mutaxassisning biror-bir kasb sohasidagi bilim, o‘quv va 
ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aks ettiruvchi integral tavsif: “ishni bilgan hold” faoliyat 
yuritish qobiliyati hisoblanadi.
Layoqat – sub’ektning avval olingan tajribasi asosida muayyan vaziyatda zarur bilim
o‘quv va ko‘nikmalarni safarbar qilishga tayyorlikda ifodalanuvchi ta’lim mahsuli “bilim-o‘quv” 
va vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish va amalga oshirish, o‘z bilimini kasbga yo‘naltirish.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin