Tadqiqotning metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, G‘arb va Sharq
mutafakkirlarining ta’limni tashkil etish, shaxsda muayyan kasbiy malakalarni shakllantirish
borasidagi qarashlari, yurtboshimiz I.Karimovning uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishga oid
g‘oyalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo‘yilayotgan talablar,
psixologik va pedagogik tadqiqotlar, mavzuga oid manbalar mazmunida yoritilgan
nazariyalardan, psixologik xizmat to‘g‘risidagi nizom, chet el va sharq psixologlarining
qarashlari majmuasidan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning
psixologik jihatlarini o‘rganish shaxsning kasbiy qiziqishlarini shakllanishini, psixodiagnostik,
psixokorreksion, psixologik maslahat va psixologik maorif asosida ilmiy-amaliy yondoshiladi.
Yoshlarni kasb egallashida kasbni erkin va mustaqil tanlashning ilmiy-amaliy tizim sifatida
dolzarb muammolari yechim topishga harakat qilinadi.
Nazariy ahamiyati: ta’lim tizimida o‘quvchilarning kasbiy bilimlarini rivojlantirish orqali
ularning
kasbiy
ko‘nimalarni shakllantirish ishlari rivojlantiriladi, psixodiagnostik,
psixokorreksion, psixologik maslahat va psixologik maorif kabi bilimlar nazariy jihatdan
boyitiladi. Kasb psixologiyasi fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda ishlab chiqilgan
tavsiyalardan foydalanish mumkin. Tadqiqotning nazariy g‘oyalari va amaliy natijalari
zamonaviy psixologiya va pedagogika fanlarini takomillashtirishga xizmat qiladi, shuningdek,
ulardan istiqbolda ilmiy tadqiqotlarni olib borish, psixologik va pedagogik treninglarni tashkil
etish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, shuningdek, pedagoglarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida psixologik xizmatni tashkil
etishda foydalanish mumkin.