Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi:Tadqiqot
Andijon davlat universiteti psixologiya kafedrasining ilmiy ishlar rejalari doirasida amalga
oshirilgan.
Tadqiqot maqsadi: “Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning
psixologik jihatlari (KHKmisolida)” muammolarini nazariy va amaliy tahlillar asosida
umumlashtirilgan xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish va kasbiy qiziqishlarning shakllanishida
bugungi jamiyat taraqqiyoti talablariga mos ilmiy-amaliy jihatlarini tadqiq etish va nazariy-
amaliy psixologik maslahatlar berishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari: - Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy va amaliy tadqiq etilishi bo‘yicha
adabiyotlar tahlili; ma’lumotlar bilan tanishish
- Kasbiy layoqatlarning namoyon bo‘lishini aniqlash va ularning yuksak darajadagi
qobiliyatlarga aylantirish bo‘yicha tajribalar tashkil etish;
- Kasb-hunar kollejlari proforientatsiya ishlarini tashkil etish va ularni tashkil qilishning
ilmiy-amaliy asoslari qay tarzda o‘rganilganligini mavjud manbalar orqali o‘rganish;
- Amaliyotchi psixologning faoliyati jarayonida bevosita qatnashuvchilar: o‘quvchi,
o‘qituvchi, ota-onalar, ta’lim muassasa rahbarlariga amaliy jihatdan ta’sir o‘tkazishi, ularga
ta’lim – tarbiya jarayonida amaliy psixologik yordam ko‘rsatish. Psixoprofilaktik ishlarni tashkil
etishda proforientatsiyaon ishlar maslalarini tahlil etish
- O‘quvchilarni shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil
etish va ularning yangi hayot jarayoniga ko‘nikish muammolarini o‘rganish;
- Kasbiy qiziqshlari asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini tadqiq etish;
- Amaliy tajribalar tashkil etish va umumlashtirilgan holda kasbiy ko‘nikmalar
shakllantirishning asosiy vositalari va omillari yuzasidan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.