Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy muvozanat modeli


Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar



Yüklə 388,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix13.04.2023
ölçüsü388,26 Kb.
#97038
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu. Ma\'ruza matni

7.2. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. 
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo„lgan yo„qotishlarning 
oldini olish uchun yalpi talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. 
Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko„p hollarda yalpi talab 
nazariyasi deb yuritiladi. Yalpi talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning 
o„zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. 
“Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar 
miqdorini o„z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy 
zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o„zgarishlar kiradi. Ushbu
rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg„arma va 
investitsiyalar miqdorining o„zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va 
makroiqtisodiy muvozanatni ta‟minlaydi”
1
.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo„jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning 
mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo„ljallagan xarajatlari kiradi.
2
Firmalar 
tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o„zgarishlar tovar 
moddiy zahirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy 
xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi: E=C+ I +G+Xn ko„rinishiga ega. 
Dekmak uning grafigi iste‟mol funksiyasi (C=a+ b (Y-T)) grafigiga nisbatan
I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo„ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo„lib, 
uning funksiyasi esa quyidagi ko„rinishga ega:
Xn = g - m’Y 
Bu yerda :g – avtonom sof eksport; 
m‟ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad. 
1
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-10-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “МФПУ 
Синергия”, 2013., 114-с 
2
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2015): 305 



Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o„zgarish miqdorini 
bunga sabab bo„lgang„ daromadlardagi o„zgarish miqdoriga bo„lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY; 
Bu yyerda: ΔM - importga xarajatlarning o„zgarishi; 
ΔY - daromadlarning o„zgarishi. 
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda 
iste‟molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo„lgan 
xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu 
mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog„liq bo„lmaydi, balki 
tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o„zgarishiga bog„liq 
bo„ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o„zgarishi bilan sof 
eksport (Xn) o„rtasidagi bog„liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus 
ishorasi bilan belgilanadi. 
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko„rib chiqish jarayonini 
soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o„zgarishiga bog„liq 
emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to„lig„icha avtonom xarajatlar 
miqdoriga qo„shiladi, ya‟ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig„indiga teng deb 
olinadi. 

Yüklə 388,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin