Mavzu: Kirish Reja: Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida. Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Biologiya o’qitish metodikasining o’quv fani


Biologiya o’qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari



Yüklə 203,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.06.2023
ölçüsü203,4 Kb.
#126147
1   2   3   4
dars

Biologiya o’qitish metodikasining ilmiy – tadqiqot metodlari:  
1.Maktab o’qituvchilarining ish tajribasini kuzatish va faoliyatdagi ijobiy, salbiy 
tomonlarini aniqlash;
2.Bu soҳada to’plangan mahlumotlarni taҳlil qilish, umumlashtirish va ҳal 
etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni ҳal etish uchun zarur ishchi 
farazlarni ilgari surish;
3.Ilgari surilgan farazlarning qanchalik ҳaqiqatga yaqin ekanliklarini aniqlash 
maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o’tkazish ҳamda tajribaviy, nazorat 
sinflardan olingan mahlumotlarni o’zaro taqqoslash;
4.Kuzatish va pedagogik eksperimentlardan olingan mahlumotlarni taҳlil qilish, 
umumlashtirish va xulosalash;
5.Olingan mahlumotlarga asoslanibOlingan mahlumotlarga asoslanib, metodik 
maqolalar, qo’llanmalar yaratish va ishlab chiqilgan fikr muloҳazalarning 
ommaviy maktablarda tekshirishdan o’tkazish va tasdig’ini olish.


Ҳozirgi davrga kelib, biologiya o’qitish metodikasida o’tkazilgan pedagogik 
tajribalar natijasida «Biologik tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiyada o’qitish 
shakllarining sistemasi», «Biologiyada o’qitish metodlari», «Biologiyada ekologik 
tushunchalarni rivojlantirish», «Biologiya o’qitishning moddiy bazaviy sistemasi», 
«Pedagogika Oliy o’quv yurtlari talaba biologlarning maktabdagi ishga metodik 
tayyorlash sistemasi» kabi nazariyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq 
etilgan.
Maktablarda o’kitiladigan biologiya o’quv fanlarga qarab «Biologiya o’qitish 
metodikasi» fani «Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi», «Botanika o’qitish 
metodikasi», «Zoologiya o’qitish metodikasi», «Odam va uning salomatligini 
o’qitish metodikasi» va niҳoyat «Umumiy biologiyaning o’qitish metodikasi» kabi 
xususiy o’qitish metodika fanlariga ajratiladi.
Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi barcha biologik o’quv fanlariga oid 
o’qitishning maqsadi, vazifasi, mazmuni, printsiplari, usullari, vositalari, shakllari, 
biologiyani o’qitish tarixi, bosqichlari kabi masalalarni qamrab oladi. Xususiy 
metodikalar esa u yoki bu o’quv fanining mazmuni o’quvchilarning yoshi bilan 
bog’liq dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar, ekskursiyalar, 
amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish, jiҳozlash kabilarni diqqat 
markazida tutadi.

Yüklə 203,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin