Mavzu: Kirish Reja: Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida. Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Biologiya o’qitish metodikasining o’quv fani



Yüklə 203,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.06.2023
ölçüsü203,4 Kb.
#126147
  1   2   3   4
dars



Mavzu: Kirish
Reja:
1. Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari.
2. Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida.
3. Biologiya o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
4. Biologiya o’qitish metodikasining o’quv fani sifatida.
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar  
1.Fan va o’quv fani tushunchalari.
2.Pedagogika va xususiy metodika.
3.Biologiya o’qitish metodikasining predmeti va obhekti.
4.Biologiya o’qitishning ilmiy tadqiqot metodlari.
Biologiya o’qitish metodikasining maqsadi va vazifalari.  
Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fan asoslari bilan bog’liq bo’lgan o’quv, 
jarayonlar, printsiplar va qonuniyatlar to’g’risidagi fandir. Mazkur printsip va 
qonuniyatlarni bilish o’qituvchiga maktab biologiya kursi bilan bog’liq o’quv-
tarbiyaviy jarayonlarni zamon talablariga mos ҳolda tashkil etish va boshqarish 
imkonini beradi.
Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanlarining mazmuni, uning o’qitish 
shakllari, metodlari, vositalarini o’zaro bog’liq ҳolda joriy etishning maqsad qilib 
qo’yadi.
Biologiya o’qitish metodikasining asosiy vazifasi o’quvchilarga biologik o’kuv 
fanlar bo’yicha chuqur atroflicha bilim berish, ularning ҳar tomonlama rivojlangan 
shaxs sifatida kamol topishiga ko’mak beruvchi o’quv fanlar mazmunini, o’qitish 
shakllari, vositalari va metodlarini ishlab chiqishdan iborat.
Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida  
Ҳar qanday fan insonning tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo’lib, u narsa va 
xodisalar to’g’risida bilimlar to’plashga yo’nalgan, ҳamda tadqiqot qilinayotgan 
narsa xodisalar to’g’risida to’liq va chuqur bilim olishga qaratilgan. fanning asosiy 
funktsiyasi tadqiqot ҳisoblanadi.
Biologiya o’qitish metodikasi fan sifatida mazkur fan bilan bog’liq o’quvchilarning 
bilim olish, tarbiyalanish va rivojlanishini nazariy va amaliy jiҳatidan tadqiq 
qilishni maqsad qilib qo’yadi.
Fanning asosiy belgisi bo’lib, maqsadning aniqligi, o’rganish predmeti, bilimlarni 
bilish usullari va shakllari ҳisoblanadi. SHu bilan birga fanning rivojlanish tarixi, 
uning boyishiga sababchi bo’lgan kashfiyotlarni bilish ҳam muҳim sanaladi.
Biologiya o’qitish metodikasi pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. SHu sababli uning 
oldida turgan maqsad va vazifalar ҳam umumpedagogik maqsad va vazifalardan 
kelib chiqadi.
Biologiya o’qitishmetodikasi barcha o’quv fanlarga taaluqli bo’lgan pedagogik 
qoidalarni, biologik o’quv materialiga tadbiq etishga yo’nalgan. SHu bilan bir 
qatordabiologiya o’qitish metodikasi tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik 
bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi.


Biologiya o’qitish metodikasi biologiya o’quv fanining o’qitish maqsadini, 
mazmunini, biologik bilimlarning tanlash printsipini belgilab beradi.
Biologiya o’qitishning ҳozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarning o’quv, 
meҳnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan biologik bilimlar, 
ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa o’z navbatida 
o’quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, ehtiqodi, tabiat, jamiyat 
va shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish 
darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jiҳatdan takomillashtirishga bo’lgan extiyoji 
bilan ifodalanadi.
Biologiya o’qitishning maqsadi yuqorida qayd qilingan omillardan kelib chiqadi. 
Biologiya o’qitishning maksadlarini bilish o’qituvchiga o’qitish jarayonini 
boshqarish imkoniyatini beradi.
Fan sifatida biologiya o’qitish metodikasining vazifalari tubandagilardan iborat:
1. O’quvchilarning o’qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o’quv fanining 
o’rnini aniqlash;
2. Maktab o’quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar 
ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tadbiq etish;
3. O’quvchilarning yoshiga mos ravishda o’quv fanlarining mazmuni, undagi 
mavzularning o’rganish izchilligini belgilash;
4. Biologik o’quv fanlarining o’ziga xos tomonlarini ehtiborga olgan ҳolda, 
o’qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;
5. O’qitish jarayonida qo’llash uchun zarur jiҳozlarni aniqlash. Biologiya xonasi 
tirik burchak, tajriba yer maydonini tashkil etish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio, 
video vositalarni belgilash.
Biologiya o’qitish metodikasining obhekti bo’lib, mazkur o’quv fani bilan 
aloqador bo’lgan o’quv tarbiyaviy jarayon ҳisoblanadi.
Biologiya o’qitish metodikasining predmeti bo’lib biologik bilimlarning maqsadi, 
mazmuni, o’qitish usullari, shakllari, o’quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishidir.

Yüklə 203,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin