Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə12/45
tarix28.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#168377
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati

6-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Issiqlik berish koeffitsentlarini hisoblash.
Issiqlik ishlovi berilayotgan suyuqlik va suv bug`ining harakatlari paytida isssiklikni tarqalishi bir paytni o’zida konveksiya va issiqlik o`tkazuvchanlik usullari yordamida amalga oshadi.
Konvektiv issiqlik almashinish jarayonlarining barcha turlari uchun tegishli kriterial tenglamalar ishlab chiqilgan. Ushbu tenglama-lardan Nusseltning o`lchamsiz mezoni (kriteriyasi) Nu qiymatlari aniqlanadi.
Nusselt mezonining ifodasidan
Nu=(a ·L)/l ; (2.1)
konventiv issiqlik berish koeffitsentining qiymati aniqlanadi
a=(Nu· l)/L; (2.2)
bu yerda: l - muhitning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti, J/(sm2·K); L - aniqlovchi geometrik o`lcham (uzunlik, diametr, balandlik va b.).
Quyida, loyihalash jarayonida hisoblashlar uchun zarur bo`lgan ayrim kriterial tenglamalar va ularning qo`llanish holatlari haqida ma’lumotlar beramiz.
1. To`g`ri trubalar va kanallar ichida harakatlanayotgan suyuq-likning rivojlangan turbulent oqimida (Re>10000) issiqlik berish jarayonini hisoblash uchun quyidagi tenglamadan foydalanish tavsiya etilgan
Nu=0, 021·et ·Re· 0,8 pr·0,43 (pr/prd) · 0,25 (2.3)
bu yerda: Re - Reynolds mezoni; pr, prd - Prandtl mezoni; et - issiqlik berish jarayoniga truba uzunligining L uning diametriga d bo`lgan nisbatini (L/d) hisobga oluvchi koeffitsient.
Reynolds mezoni qiymatlari quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
Re=(v·d·r)/m (2.4)
bu yerda: v-suyuqlik oqimining tezligi, m2/sek; r-suyuqlikning zichligi, kg/ m2; m - suyuqlik qovushqoqligining dinamik koeffitsienti, pas; d - aniqlovchi o`lcham, trubaning ichki diametri, m.
(2.4) tenglama bo`yicha aniqlovchi geometrik o`lcham sifatida kanal yoki trubaning ekvivalent diametri qabul qilinadi:
de=4·f/p (2.5)
bu yerda: f-oqimning ko’ndalang kesim yuzasi, m2; p-oqim kesimining to`la qiymatlari, m.
(2.3) va (2.5) tenglamalar uchun aniqlovchi harorat sifatida suyuqlik yoki gazning o`rtacha harorati qabul qilinadi.
Prandtl mezonining ifodasi quyidagi ko`rinishga ega
pr=g/a=s·m / l (2.6)
bu yerda: g - suyuqlikning kinematik qovushqoqlik koeffitsienti, m2/sek; a=l/(sr) - harorat o`tkazuvchanlik koeffitsienti, m2/sek; l - issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/(m K).
(2.3) tenglamadagi prd mezonini hisoblash uchun suyuqlikninng fizik-kimyoviy kattaliklari trubalar devorining harorati bo`yicha olinadi.
Suyuqlik oqimini zmeeviklar va egilgan trubalar bo`ylab hara-kati issiqlik almashinish jarayonini jadallashtiradi. Shuning uchun (2.4) tenglama bo`yicha hisoblangan a qiymatini k koeffitsientiga ko`paytiriladi
a=k·a (2.7)
bu yerda: k=1 + 3,54 (d/D) - zmeevikni nisbiy egilish koef-fitsienti; d - zmeevik trubasining ichki diametri; D - zmeevik aylanasining diametri.
Egilgan trubalar uchun
k=1 + 1,77·(d/R) (2.8)
bu yerda: R - egrilik radiusi; d - trubaning ichki diametri.
2. Agar trubadagi suyuqlik harakatining rejimi laminar bo`lsa (Re<2300), u holda
Nu=0,17·Re·0,33·pr·0,43·Gr·0,1·(pr/prd) ·0,25 (2.9)
bu yerda: Gr=g·L3/[g2· (b·Dt)] - Grasgof mezoni; g - erkin tushish tezlanishi, 9,81 m/s2; b - suyuqlikning hajmiy kengayish koeffitsienti, K-1; Dt - trubalar devori va suyuqlik oqimining haroratlari o`rtasidagi farq, K.
3. Agar suyuqlik trubalar bo`ylab oraliq rejimda (10000Nu=0,08·Re·0,9·pr ·0,43 (2.10)
4. Qo`sh trubali issiqlik almashinish apparatlarida suyuqlik yoki bug`ning halqasimon kanaldagi harakati uchun
Nu=0,023·Re·0,8·pr·0,4·(Di/dt)·0,45 (2.11)
bu yerda: Di - tashqi (katta) trubaning ichki diametri; dt - ichki (kichik) trubaning tashqi diametri.
Qo`sh trubali apparatlarning trubalari orasidagi bo`shliqning ekvivalent diametri
de=Di - dt
5. Kojux-trubali apparatlarning trubkalar bog`lami (o`rami) ora-lig`ida harakatlanayotgan suv bug`i yoki suyuqliklar uchun quyidagi tenglamadan foydalanish tavsiya etilgan:
Nu=C· (de·Re·0,6·pr· 0,23) (2.12)
bu yerda: S - tajribaviy koeffitsient, agar trubalar oralig`ida to`siqlar bo`lsa S =1,72, aksincha holatlarda S=1,16.
Ushbu holat (2.12) uchun aniqlovchi o`lcham sifatida trubalarning tashqi diametri, aniqlovchi harorat sifatida esa suv bug`ining harorati qabul qilinadi.
Trubkalar o`ramining ekvivalent diametri quyidagicha hisoblanadi:
de= (Di2- n·dt2)/(Di + n·dt) (2.13)
bu yerda: Di - apparat korpusining ichki diametri; n - trubalar coni; dt - trubalarning tashqi diametri.
6. Ochiq bug` qozonlarida mahsulotga issiqlik ishlovi berish jarayoni aralashtiruvchi moslamalar vositasida jadallashtiriladi. Bunday holat uchun
Nu=S·Rem·0,67·pr ·0,33 (2.14)
bu yerda: S - tajribaviy koeffitsient, agar aralashtirish moslamasi parrakli bo`lsa S=0,4, ochiq trubina shaklida bo`lsa S= 0,68.
Yakorsimon aralashtirgichli apparatlar uchun (300>Re>30)
Nu=Rem·0,55·pr·0,33 (2.15)
Agar aralashtirgichli apparatdagi suyuqlik qo`shimcha ravishda zmeevik yordamida qizdirilib turilsa
Nu=S·Rem·0,62·pr·0,33 (2.16)
bu yerda: S - tajribaviy koeffitsient, uning qiymati aralashtirgich turiga bog`liq; masalan, parrakli moslamalar uchun S=0,03, propel-lerli moslamalar uchun S=0,08 va ochiq turbinali moslamalar uchun S=0,04.
Yuqoridagi keltirilgan (2.14), (2.15) va (2.16) tenglamalar uchun
Re=(n·dm2·r)/m (2.17)
bu yerda: n - aralashtirgichni aylanishlar chastotasi, s-1; dm - aralashtirgich diametri, m; m - suyuqlikning qovushqoqligi, m qiymati t=0,5(td + tc) haroratda aniqlanadi; tc - suyuqlikning o`rtacha harorati.
7. Suv bug`ini kondensatsiyalanishi jarayonida issiqlik berish koeffitsientining qiymati quyidagi tenglamalar yordamida hisoblanadi.
7.1. Vertikal joylashgan trubalar o`rami yuzalaridan bug` kondensati plyonka shaklida, laminar rejimda oqib tushayotgan holat uchun
a1 =1,154·Ö(g·l·3·r·r)/(m ·Dt·H) (2.18)
bu yerda: l - kondensatning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsienti, Vt/( m2.K); r - kondensatning zichligi, kg/ m3; r - kondensatsiyalanish issiqligi, kJ/kg; m - kondensat qovushqoqligining dinamik koeffitsienti, pa.s; Dt - kondensat plenkasi tpl va truba devori td haroratlarining ayirmasi, K; H - trubalar balandligi, m.
Kondensatni (2.18) tenglama tarkibiga kiruvchi fizik kattaliklari plyonkaning o`rtacha harorati tpl=(tg+tb)/2 bo`yicha aniqlanadi.
7.2. Suv bug`ini gorizontal trubalar yuzasida kondentsiyalanishi jarayonida issiqlik borish koeffitsienti quyidagi tenglama yordamida hisoblandi.
a1 =0,725·ξ·4Ö(l·3·r·r)/(m ·Dt·d) (2.19)
bu yerda: ξ - koeffitsient, uning qiymati trubkalarning joylashish tartibi va qatorlari soniga bog`liq bo`lib, odatda maxsus grafiklardan aniqlanadi.
7.3. Issiqlik uzatish koeffitsienti hisobi
Issiqlik uzatish koeffitsienti (K) hisoblanadigan miqdoriy kattalik bo`lib, uning son qiymati issiqlik berish koeffitsientlari ai , issiqlik o`tkazuvchi devor va unga yopishgan mahsulot kuyindisining termik qarshiliklaridan li bog`liq.
Tekis yuzali issiqlik o`tkazuvchi devor yoki yupqa devorli trubalar (dt/di<2) uchun issiqlik berish koeffitsienti quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:
K=(1/a1 + dd/ld + dk/lk + 1/a2) -1 (2.20)
bu yerda: a1 - issiq muhitdan issiqlik o`tkazuvchi devorga issiqlik berish koeffitsienti, J/(sm2·K); dd va dk - devor va unga yopishgan kuyindi, zang va boshqa birikmalarning qalinligi, m; ld va lk - devor materiali va uning yuzasidagi birikmalarning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsientlari, J/(sm2·K); a2 - isituvchi devor yuzasidan qizdirila-yotgan suyuqlikka issiqlik borish koeffitsienti, J/(sm2·K).
Agar devorning termik qarshiligi hisobga olinmasa (2.21) tenglama quyidagi sodda ko`rinishga ega bo`ladi:
K=(a1·a2)/(a1 + a2) (2.22)
Issiqlik o`tkazuvchi yuza materiali va unga yopishgan organik birikmalarni issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsientlarining qiymatlari jadvallardan olinadi.

Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin