5.5. Shnekli (vintli) transportyorlar konstruksiyasi
Shnekli transportyorlar sochiluvchan xom ashyolarni joylash-tirishda uzatish uchun qo`llaniladi, ishlab chiqarishning chiqindilarini shnekli uzatiladi. Lentali shneklar mahsulotni transportirovka qilish uchun saralash (kalibirlovchi) mashinalari ishlatiladi. Shnekli tran-sportyor sodda tuzilgan gorizontga hohlagan burchak ostida o`rnatish mumkin. Yopiq jelobda sochiluvchan materiallarning sarfini deyarli sezilmaydi. Shnekning kamchiligi - katta metal hajmi, uzatmaning zarur quvvati, materialning shaklini buzilishi.
Shnekli transportyor (5.8-rasm) jelob 4, ochiluvchi va yechiluvchi qopqoq 2, 3 vint, yakuniy podshipniklar 5, oraliq osma podshipniklar 6, uzatma 1 (5.8-rasmda shartli ko`rsatilgan).
Jelob - yarim yumaloq shaklda bo`lib, listli po`latdan tayyorlanadi, qalinligi 2 mm dan 6 mm gacha va alohida uzunligi 2 m dan 4 m gacha bo`lgan seksiyalardan tuzilgan. Jelobni yuklash va yukdan tushirish uchun patrubka 7 qo`yilgan.
5.8- rasm. VSSSH-30D rusumli shnekli stekatel: 1-rama; 2-bunker;
3-shnek; 4-silindr; 5-shnek vali a) prinsipial sxema; b), v) kinematik sxema.
Vint pichoqli (lopast)li yoki lentali keng bo`lishi mumkin. Keng vintning diametri GOST 2037-85 bo`yicha, 100, 125, 160, 200, 250, 320, 400, 500, 630, 800 mm tashkil etadi. Qadami esa shunga binoan 80, 100, 125, 160, 200, 250, 320, 400, 500, 630 mm. Vintning qator chastotasi qator sonlardan tanlanadi (ayl/min). 6; 7,5; 9,5; 11,8; 15; 19; 23,6; 30; 37,5; 47,5; 60; 75; 95; 118; 150; 190; 236; 300. Ko`rsatilganda aylanish chastotasining cheklanishi 10%, vint vali po`latdan tayyorlanadi.
Uning alohida zvenolari orasi o`zaro birlashtiruvchi valiklar mufta bilan biriktiriladi. Birlashtiruvchi valiklar bo`yni osma podshipnikda joylashadi, uni osilib ketishini oldini oladi. Shnek uzatma asinxron elektrodvigatel, reduktor va zanjir yoki tasmali uzatmalardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |