Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati
Lentali transportyor. Rezina-matoli lentalar -25 0C ... +100 0C gacha bo`lgan materiallarning tashishda foydalaniladi. Lentalarning uchi sharnir bilan birlashtiriladi.
Transportyor uzatma asinxron elektrodvigateldan va elektrodvi-gateldan, uzatgich - barabandan iborat. Uning karkas ustida ham, pastda transportyor yonida ham ta’mirlash mumkin.
Uzatmali va tortma baraban odatda po`latdan tayyorlanadi. Barabanning tashqari tomoniga mexanik ishlov beriladi. Tortma barabanlar silindrik, uzatmalilar - birmuncha bochkasimon shaklga ega bo`ladi. Shu shakl hisobiga uzun davomiy o`q atrofida lenta chiqib ketmaydi. Ushlab turuvchi roliklar lentani osilib ketishini kamaytiradi. Ular orasidagi masofa 0,8...12 mm yuqori yuk va 2...3 m ishchi qismi.
Rolikli tayanchlar, o`rta gorizontli va 2 yon roliklili bo`ladi. 20... 300 daraja qiyalikda bo`lib, lentaga shakl berish bilan birga sochi-luvchan materiallarni joylashtirishda unumdorlik sezilarli yuqori bo`-ladi, bu tekis lentali transportyorga nisbatan. Agar zarur bo`lsa, ishchi qismi lentani osilib ketmasligi uchun, uning ostiga roliklar emas, balki yog`och yoki metall yo`naltirgich o`rnatiladi, unda lenta sirpanadi. Bunda tez eskiradi va uzatmaga (privod) ga yuk tushish kamayadi.
Tortma qurilma vintli yoki yukli bo`lish mumkin. Birinchisi ixchamroq, biroq doimiy katta tortmani bermaydi. Biroq vintli quril-malar ko`p hollarda ancha foydalaniladi, chunki transportyor odatda katta emas va lentaning uzunligi ahamiyatga ega emas.
Lentali transportyorlarning barabanlarining to`siqlari turi, yugur-mas qismi lentaning 0,6 m dan kam bo`lmasligi, transportyor uzunligi bo`yicha o`qdan barabangacha; lentali transportyorning qiyaligi 300 yuqori bo`lmasligi talab etiladi.