IV. Qolipga shakl keltirish yo`li bilan mexanik ishlov berish texnologik jihozlari:
Shtamplash, presslash yo`li bilan shaklga yoki ma’lum zichlikka ega bo`lish;
Shnekli ikkita valda siqish, porshenda shesternada va boshqa xil qurilmalarda surib qisish jihozlari;
Aylantirish yoki yoyish, so`rish yo`llari bilan shaklga keltiruvchi jihozlar.
V. Issiqlik va modda almashuv jarayonlarini tashkil qiluvchi jihozlar:
Issiqlik jarayonlarini olib boruvchi jihozlar isitish, sovutish va qaynatish;
Modda almashuv jarayonlarini tashkil etuvchi jihozlar;
Quritish;
Pishirish va qovurish;
Sovutish va muzlatish;
Issiqlikka ishlov berish uskunalari.
VI. Mikrobiologik jarayonlarni bajaruvchi texnologik jihozlar:
Solod o’stirish;
Biomassalar olish;
Mahsulotni ishlab chiqarish.
VII. Xom ashyoni yoki yarim ishlov berilgan mahsulotlarni elektrofizikaviy ishlov berish texnologik jihozlar:
Pasterizatsiyalash va sterilizatsiyalash jihozlari (YuCH, UTCH, IK va radiatsiyalash);
Elektrostatik va yuqori chastotali ionizatorlar va magnitli separatorlar, xom ashyoga elektron va ion ishlov berish apparatlari;
Issiqlik jarayonlarni olib borish jihozlar (YuCH, UYuCH, IK);
Suyuq mahsulotlarni magnitli maydonda ishlov berish jihozlari;
Xom ashyoni yoki idishlarni ultratovush ta’sirida ishlov berish jarayonlari.
VIII. Oxirgi yoki mahsulotni jo`natishga tayyorlov ishlarni bajarish jihozlari:
Yashik, sig`imlarga va boshqa katta idishlarga suyuq, qattiq yoki quyuq mahsulotlarni to`ldirish jihozlari;
Qadoqlaydigan mashinalar:
a) iste’mol qilib bo`ladigan idishlar;
b) idishlarni avtomatda mahsulot bilan bajarish;
v) alohida idishlarga bajarish.
Qurilma va mexanizmlar. Qadoqlaydigan materialni ta’minlab turish;
Dozatorlar (suyuq, quyuq, donali);
Informatsiya va tuzatish mexanizmlari yorliqlash (etiketka);
Maxsus mexanizmlar;
Yordamchi mexanizmlar (nazorat qiladigan, balandligini, sonini va boshqalar).
18-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Mahsulotlarni tashuvchi jihozlar va lentali transportyorlar konstruksiyasi
Asosan mashinasozlik sanoati korxonalarida xom ashyo va tayyor mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga uzatishda transportyorli qurilmalardan foydalaniladi. Bu ikki turga ya’ni qurilmaga gorizontal, vertikal (qiya) yo`nalishlardan uzluksiz yuk joylashtirish mumkin.
Transportyorli qurilmalar guruhi tortish qismlari lentali, plastinkasimon va skrebkali transportyorlar hamda turli xil maqsadda elevatorlardan foydalanilgan. Gidravlik, pnevmatik, rolikli tran-sportyorlar va har xil moslamalar qurilmasiga kiradi.
Lentali transportyorlar, asosan, yordamchi materiallarning, xom ashyoni, taralarni, tayyor mahsulotni joylashdan foydalanilgan, shuningdek sortlash, tushirish, tozalash, so`ngi tozalov, taxlash va xokazolar kabi texnologik jarayonlarni bajarishda foydalanilgan. Ular statsionar liniyadan doimiy (uchastkada) o`rnatilgan yoki harakat-lanadigan bo`ladi. Lentali transportyor asosiy qismi asosan, 1-karkas, 4-lenta, 7-uzatma , 6-aylantirish barabani, 3-tortuvchi baraban , 5-ushlab turuvchi roliklar, 2-«natyajnoy» qurilmadan iborat.
Karkas - profil po`latdan tayyorlanadi, transportyor uzun bo`lgan xom karkas bir butun qilib emas, yig`ma-alohida, o`zaro bog`langan bo`ladi.
Lenta - bir vaqtning o`zida ham tortuvchi ham tashuvchi vazifasini bajaradi. Ko`pincha rezinka-matoli lentalardan foydalaniladi. Uning ichki qatlam qismi bir-biriga bog`langan rezinka prokladkalardan, pishiq materiallar yoki sintetik materiallardan - lavsan, neylon, ipdan iborat bo`ladi. Bir prokladkaning eni 1,5…3 mm, qalinligi ishchi tomonda rezinka 3... 6 mm gacha. Rezinali prokladkalar namlikdan saqlash va mexanik zararlanishdan himoyalashga mo`ljallangan. Prok-ladkalar, tortilish kuchini oladi, lentalar tortilgan vaqtda (lenta va baraban orasidagi tirqishni kengaytirish uchun) prokladkalar soni 3... 8 gacha bo`ladi.
5.2-rasm. TM-62M rusumli lentali transportyor:
1-uzatma, 2-o`rta seksiya, 3-tortish barabani, 4-stanina,
5-elektrodvigatel.
5.3- rasm. SRT-2 rusumli lentali transportyor:
1-asosiy rama, 2-harakatlanuvchi mexanizm, 3-elektrodvigatel,
4-telejka; 5-buralish o`qi, 6-aylantirish mexanizmi.
5.4- rasm. T-8,5 rusumli lentali transportyor:
1-yuklash bunkeri, 2-lenta, 3-rama, 4-rolik, 5-yurish g`ildiragi,
6-elektrodvigatel.
5.5- rasm. TB rusumli roliksiz lentali transportyor:
1-yuklash moslamasi; 2-uzatma; 3-lenta; 4-harakatlanuvchi seksiya; 5-yetaklovchi seksiya; 6-tushirish moslamasi; 7-tortuvchi moslama;
8-rolik.
Dostları ilə paylaş: |