Маvzu: lingvistik geоgrаfiya



Yüklə 11,5 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü11,5 Kb.
#165365
1   2   3   4
Маvzu lingvistik geоgrаfiya-fayllar.org

Dialektal kontinuum (lotincha continua to‘xtovsiz, muhit degan ma’nolarni bildiradi). Shevalarning kichik lingvistik xususiyatlari bilan farqlanishi adabiyotlarda kontinuum tushunchasi bilan ifoda etiladi. Bu jarayon uzoq yillarning mahsuli va muayyan territoriya bilan bog‘langan.
Bir dialekt tarkibidagi shevalarda o‘zaro bog‘langan, lekin kichik va muhim bo‘lgan, 3-rasmda ko‘rsatilgani kabi, farqlar bo‘ladi.

Adabiyotlarda dialektal kontinuumning ikki turi to‘g‘risida ma’lumot beriladi:



Geografik dialektal kontinuum. Bu bir geografik zonada joylashgan shevalarning va kelib chiqishi umumiy bo‘lgan xalqlar shevalari doirasida belgilanadi. Bunga yuqoridagi – Toshkent dialekti tarkibidagi shevalarning kichik farqlar bilan ajralib turishi misol bo‘la oladi. Kontinuumning bu turida shevalar bir-biridan uzoqlashgan sari dastlabki shevadan tobora farqlari ortib boradi, pirovard natijada, eng so‘nggi sheva mustaqil dialekt yoki til bo‘lib shakllanishi mumkin.

Ijtimoiy dialektal kontinuum. Bu siyosiy va uzoq tarixiy taqdir tufayli qarindosh bo‘lmagan va qarindosh tillar orasida yuz berishi mumkin. Kontinuumning bu turiga Kembrij universiteti darsligida Yamaykadagi kreol shevasi misol qilib ko‘rsatiladi. Surinamda sranan tili ingliz tili asosiga qurilgan kreol (pidjin) shevasi shakllanganki, yuqori tabaqa kishilari ingliz tilida gaplashsa, pastki tabaqa kishilari esa ingliz va kreol tili o‘rtasidagi shevada gaplashadilar va shu bilan o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Buni biz o‘zbek – tojik, o‘zbek – turkman, o‘zbek – qozoq, o‘zbek – qoraqalpoq xalqlari aralash va qo‘shni yashagan joylarda ham ko‘ramiz.

1 Kaufmann T. The natibe languages of Latin America: general remarks// Atlas of the Workl’s Languages (edited by C. Moseley and R. E.Asher). – 1994.





http://fayllar.org
Yüklə 11,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin