Маvzu: lingvistik geоgrаfiya



Yüklə 11,5 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü11,5 Kb.
#165365
1   2   3   4
Маvzu lingvistik geоgrаfiya-fayllar.org

Areal (area). Izoglossalarning tarqalish hududini bildiradi. Yuqoridagi izoglossa turlarining bir necha hududlarda tarqalishini ko‘rsatadi. Masalan, birlamchi cho‘ziq unlilar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston va boshqa hududlarda tarqalishi maxsus belgilarda kartada aks ettiriladi.
Areal termini biologiya, geografiya, kimyo, antropologiya fanlarida ham qo‘llanadi. Biologiyada hayvonlar va o‘simliklarning, geografiyada tabiat hodisalarining, kimyoda tabiiy boyliklarning, antropologiyada xalqlar va irqlarning tarqalish hududlari kartalashtiriladi.


Til landshafti. Muayyan hududda til va bir necha shevalardagi izoglossalar va ularning joylashishi (manzara) xususiyatidir. Ular turli ranglar vositasida ko‘rsatiladi.

Innovatsiya. U izoglossalarning tarqalish markazini bildiradi. Masalan, labial singarmonizm qadimgi turkiy tilga xos bo‘lsa ham, qirg‘iz tilida mustahkamlanib qoldi va bu til orqali boshqa til va shevalarga tarqaldi. Demak, labial singarmonizmning innovatsion markazi vazifasini keyingi davrlar uchun qirg‘iz tili bajaradi.

Lingvistik karta. Bunday kartalarning xususiy va umumiy turlari amalda bor. Aksariyat hollarda lingvistik kartalar kontur kartalarda amalga oshiriladi. Bir izoglossaning tarqalishi ko‘rsatilgan karta xususiy lingvistik kartadir. Bir guruh izoglossalar aks ettirilgan karta esa umumiy lingvistik karta hisoblanadi. Lingvistik kartada sheva yoki til hodisalarini – izoglossalarni shartli belgilar vositasida ham, bebosita o‘zini ham yozish mumkin.
Sheva yoki til hodisalarini kompleks joylashtirgan va ranglar vositasida jilo berilgan kartaning turi lingvistik yoki dialektologik atlas deyiladi. Lingvistik atlas umumlashtirish xarakteriga ega bolib, u sheva yoki biror tilning tarqalish chegarasini ko‘rsatgan rangli kartalar yig‘indisidir. Dunyo amaliyotida lingvistik atlasning klassik namunalari bor. Bular quyidagilar:



Yüklə 11,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin