Mavzu: Maktabgacha talim tashkilotining ota onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari,oila hamkorligi shakllari


Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari



Yüklə 14,75 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü14,75 Kb.
#196961
1   2   3   4   5
Maktabgacha talim tashkilotining ota onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari,oila hamkorligi shakllari.

2. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.

2. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.

3.Ko'rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan papka Ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Maktabgacha ta‟lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ishi mazmuniga quyidagilar kiradi:

➢ ota-onalarga o’z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;

➢ ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo„lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik -fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);

➢ bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to’g’ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o’rganish va ommalashtirish. Shu tariqa maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari va ota-onalar hamkorlikda uzluksiz ta`limning bosh bug’ini hisoblangan maktabgacha ta`lim tizimining vazifalarini amalga oshiradi. Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish bu hamkorlikni yanada mustahkamlashgayordam beradi.

Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqt-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi. Pedagogik bilimlarni targ’ib qilish tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi.Unda xalq ta’limi to’g’risida qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining ortib borishiniko’rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’limtarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar, kitob va o‘yinchoqlar , bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi,bular ko‘pincha otaonalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi boladi.Otaonalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat ,o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o‘zlarini qanday tutishlari va shunga o‘xshashlar ko’satiladi.


Yüklə 14,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin