Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o'z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g'oyani ilgari surgan edilar, Bu g'oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, Shari Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug'ullanishi kerak, degan g'oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug'ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e'tibor berganlar. MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo'shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz: - ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogiktajribalarning ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga
XULOSA
XULOSA
Bugungi kunda maqsad maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”S.Sodiqova T:2010 45-60 bet 2.Maktabgacha pedagogika Toshkent 2019 F.Qodirova 112-116 bet 3. O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta‟lim va tarbiya to„g„risida qonun”T.:2019. 18-22 bet 4. O' Respublikasi “Maktabgacha ta‟lim va tarbiyaning davlat standarti” T.:2020 8-12 bet