Maktabgacha talim tashkilotining ota onalar bilan hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari,oila hamkorligi shakllari.
Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqt-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi. Pedagogik bilimlarni targ’ib qilish tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi.Unda xalq ta’limi to’g’risida qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining ortib borishiniko’rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’limtarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar, kitob va o‘yinchoqlar , bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi,bular ko‘pincha otaonalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi boladi.Otaonalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat ,o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o‘zlarini qanday tutishlari va shunga o‘xshashlar ko’satiladi.
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o'z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g'oyani ilgari surgan edilar, Bu g'oya fransuz xayoliy sotsalistlari Sen Semon, Shari Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug'ullanishi kerak, degan g'oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug'ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e'tibor berganlar. MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo'shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz: - ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogiktajribalarning ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga