Mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob`yekti reja



Yüklə 210,92 Kb.
səhifə4/20
tarix19.10.2023
ölçüsü210,92 Kb.
#157227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Mavzu mantiq bilish nazariyasining tadqiqot ob`yekti reja 2

Etarli asos qonuni. To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buYum va hodisalar xaqida chin muhokama Yuritibgina qolmasdan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo‘lmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan va o‘zaro mantiqiy bog‘langan mulohazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati etarli asos qonuni orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga xos bo‘lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnits ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun etarli asosga ega. Har bir buYum va hodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’ikosi bo‘lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo‘lishi kerak. Etarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud».
Mantiqiy asos bilan ob’ektiv, xaqiqiy real asosni aralashtirib Yuborish mumkin emas. Asos va natija orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni sabab va oqibat aloqadorligidan farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor» degan mulohazani «U shifoxonada davolanayapti» degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifoxonada davolanish dastlabki mulohazaning sababi emas, balki oqibatidir. Ko‘rinib turibdiki, mantiqiy asos hamma vaqt ham hodisaning sababi bilan mos kelmaydi. Fikrlarning etarli asosga ega bo‘lishligining obektiv manbai faqat sabab-oqibat munosabatinigina emas, shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bo‘lish xususiyatlarini ham, ya’ni ob’ektiv mazmuni sabab-oqibat munosabatlaridan tashqarida bo‘lgan boshqa munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.
SHunday qilib, to‘g‘ri tafakkurning yo‘qorida ko‘rib o‘tilgan qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin-ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog‘lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga ko‘ra fikrlash jarayonida har bir mulohaza qat’iy mazmunga ega bo‘lishi, aynan shu fikr doirasida o‘zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Zid mulohazalarning chin yoki xatoligini aniqlash ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi.

Yüklə 210,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin