Mitropolit Xrisanfning esdaliklari.Xrisanf asli grek, venesiyalik aslzoda dvoryanlardan, Afina yaqinida joylashgan Yangi Pator cherkovining mitropoliti bo’lib xizmat kilgan. Haqiqiy ismi sharifi Kontaripi. 1724 yili muqaddas patriarx Samuel tomonidan Istanbul atrofida joylashgan Xiroti nisan cher-koviga mitropolit etib tayinlangan. Podshoning tazyiqi oqibati-dal784 yili Istanbulga ketib qoldi.
Ko’p vaqt o’tmay, Xrisanf Livon ordeniga qarashli cherkovlar bilan tanishish maqsadida Shom-Suriyaga, u yerdan Xalab-Aleppoga bordi. o’sha yerda ingliz savdogarlari bilan tanishib qoladi va ular bilan birga Frot-Evfrat daryosi bilan Fors qo’ltig’iga bordi va u yerda kemaga tushib, Maskat orqali Hindiston ning Surat bandargohiga kelib tushdi. So’ng Hindiston, Kashmir, Ko-bul, Balx va Samarqand orqali Buxoroga bordi. Xrisanf O’rta Osiyoning bir qancha shaharlarida bo’ldi, bir yil Xivada turdi. So’ng 1792 yili Ashtarxonga bordi va bir fiirsat o’sha yerda istiqomat qildi. Keng ma’lumotli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astraxanda ko’plarning diqqatini o’ziga tortdi.
Ashtarxon yepiskopi uning haqida muqaddas sinodga axborot yuboradi. So’ng Xrisanf Moskvaga chakirti-riladi. Muqaddas Sinod uni har taraflama tekshirib ko’rib va keng ma’lumotli odam ekanligiga ishonch hosil qilgandan keyin, Xrisanfni Kavkaz o’lkasiga, uni batafsil o’rganish uchun yubordi. So’ng, 1796 yilning boshida, Ryazan, Tambov va Kavkaz oTkalarining general- gubematori graf Gudvich podshoyi oliy hazratlarining amri bilan Xrisanfni Peterburgga, Nevskiy monastriga mitropolit Gavriil huzuriga jo’natib yuboradi. Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chaqirilishi, uni yaxshi bilgan sharqshunos V.V.Grigorevning fikricha, Rossiyaning yaqin orada Eronga bostirib kirish rejalari bilan bog’liq bo’lsa kerak. Rus harbiy ekspedisiyasining rahbari Valeriyan Zubovga sayyohning Eron va O’rta Osiyo haqidagi keng bilimi kerak bo Tib qolgan. Oradan bir yil o’tgach. 1797 yili Xrisanf muqaddas Sinodning farmoni bilan Yekatrinoslav yeparxiyasiga xizmatga jo’natildi. 1798 yilning 20 yanvarida Mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jo’nab ketdi. Uning keyingi hayoti va faoliyati haqida boshqa ma’lumotga ega emasmiz. Mitropolit Xrisanfning O’rta Osiyoga qilgan sayohati kundaligi bir paytlar rus harbiy ekspedisiyasiga boshchilik kilgan graf Valeriyan Zubov qoTida bo’lgan.
Kundalik, ba’zi shahar va viloyatlar o’rtisidagi masofa, aholisining umumiy soni haqidagi noanikliklarni hisobga olmaganda, katta qimmatga ega. Unda mamlakatning iqtisodiy va siyosiy axvoli, xalqining turmush sharoiti, e’tiqodi haqida, shuningdek, O’rta Osiyoda istiqomat qilib turgan rus va eronlik asirlarning ahvoli haqidagi qisqa, lekin o’ta muhim ma’lumotlarni uchratish mumkin. Masalan, Buxoro xonligining yirik shaharlaridan Samarqand, Buxoro va Balx hamda Xorazmning XVI-XIX asrlardagi poytaxti Xiva haqida Xrisanf mana bularni yozadi: Samarqand haqida: «Samarqand shu kunlarda deyarli bo’sh kolgan. Uni egallab olgan bahaybat maxluq samarqandlik noib (Rajabxon) uni ilgarigidek obod kilish uchun qanchalik urinmasin, mehnati zoe ketdi. Eshi-tishimcha, uning tevarak atroflaridagi tog’larda konlar bor, tabiati yoqimli...Tevarak atrofida ham o’zbeklar istikomat qiladilar». Buxoro haqida: «Buxoro - to’q shahar. Unda savdogarlar va boshqa (boy-badavlat) odamlar ko’p. U, asosan kumush, oltin, marvarid va qimmatbaho toshlarga boy. Xon tez-tez Balx va Mashhad ustiga talon-taroj yurishlari uyushtirib turadi. Buxoroliklar jon-jahd bilan jang kiladilar».
Balx haqida: «Balx viloyati haqida gapirmasam gunohi azim bo’ladi. Agar Buxoro hukmdorlari tez-tez hujum uyushtirib, uni talon-taroj qilmaganlarida u obod, qudratli va boy viloyat boTur edi. Nodirshoh vafot etgandan beri shu vaktgacha afg’on podsholari qoTida. Uning qal’a-si chor tarafdan (suv bilan toTdirilgan xandaq bilan o’ralgan) tepalik-da joylashgan. Balx ataluvchi katta qal’asi bor. Qal’a hozirgacha mustaqil. Ahmadshohdan boshqa hech kimga bo’ysunmaydi. Devorlari pishiq g’ishtdan...» Buxoro xonligining mineral boyliklari haqida Xrisanf quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: «Buxoro bilan Balx o’rtasida baland bir tog’ bor. Unda kizil tu yeli marmar (parchalari)ga o’xshash tusdagi tuz konlari mavjud. o’sha viloyatda shunday tog’lar ham mavjudki, ularda har turli ma’dan konlari bor. Bu tog’larda o’zbeklarning qo’ng’irot qavmi istiqomat qiladi. Bu tog’lar shimolda Samarqandgacha, sharqda Badaxshongacha cho’zilgan. Buxoroda istiqomat qilib turgan asirlar haqida mana bu ma’lumot keltirilgan: «Buxoroda ko’p rus asirlari bor, eronliklardan 6000ga yaqin asir bor. Ular xo’jayinlariga qarshi qo’zg’olon ko’tarish darajasiga yetishgan».
Xiva shahri haqida o’qiymiz: «Yerli aholi ikki toifadan: mahalliy kotliklar (Xrisanf ularni Kidito’ deb ataydi) va boshqa yerlardan ko’chib kelgan qo’ng’irotliklardan tashkil toptan Ular Kotdan chiqqan vazir o’ldi-rilgandan beri o’zaro yovlashib keladilar. Kotliklar 5000 ga yaqin xona-dondan iborat. Ular o’ta kek saqlovchi xalq. Kotliklarning tayyor qo’shini yo’q. (Zarur bo’lib qolganda) kelishib odam yollaydilar. Oyiga kimga o’n so’m, kimga bir so’m beradilar. Aytishlaricha, xivaliklarning harbiy kuchi 20 000 kishini tashkil qilar emiSharqshunoslik Lekin bu gap to’g’ri emas, masalan, o’tgan yili, men o’sha yerda ekanligimda Avazbiy Inoqning"6 topshirig’i bilan aholini hisob-kitob qilganlarida, mamlakatda hammasi bo’lib 3000 xonadon borligi aniqlangan. Lekin, hukmdorga yaxshi ko’rinish uchun (qo’shin sonini) 20 000 kishidan iborat deb aytadilar.
Qo’ng’irotliklar jahldor xalq. Boshliklari boy-badavlat kishilar, oddiy xalq esa qashshoq... Xivaliklarning ko’pchiligi Astraxan va Buxoro bilan savdosotiq olib boradi. Kotliklar kelgindilar (qo’ng’irotliklar)dan qutilish uchun Rossiya bilan ittifoq tuzishni xohlaydilar, lekin (ruslarning urush och-moqchi bo’lib turgani haqida) tarqalgan xabarning oqibatidan qo’rqar edilar. Mingqishloq turkmanlari ham shuni istar edilar, lekin qozoq-lar xavfidan qo’rqardilar». Bunday dalil va ma’lumotlarni mitropolit Xrisanfning xotirotlarida ko’p uchratish mumkin.
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya hukumati O’rta Osiyo xon-liklari va Qozog’istonning siyosiy, iqtisodiy va xalqaro ahvolini, xususan o’sha mamlakatlarga olib boradigan yo’llarni o’rganishda keng ma’-lumotli va zehnidrokli harbiylardan ham ko’proq foydalana boshladi. Ular Rossiya hukumatiga bu haqda o’ta muhim ma’lumotlar to’plab berdi-lar. Ana shunday harbiy mutaxassislardan ayrimlari va ular to’plagan ma’lumotlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Bundan tashqari Filipp Nazarov, N.N. Muravyov, Dmitriy Gladishev va Ivan Muravin kabi elchiliklar bo’lgani yaxshi ma’lum. Mustamlakachilik davrida tarixiy manbalarning xili va turi ko’paydi. Turkistonda faoliyat ko’rsata boshlagan mustamlakachilik ma’muriyatining barcha bo’g’inlarida xilma-xil ish yuritish hujjatlari yaratila boshlandi. Qonun chiqarish aktlari bilan birga bu hujjatlar muxim tarixiy manbalar qatoriga kiradi.
Bu davrda Turkiston o’lkasining mustamlaka maqomi bir necha qonun chiqarish aktlarida o’z aksini topdi. Ular asosan 1865, 1967 va 1886 yillarda e’lon qilingan o’lkani boshqarish xaqidagi nizomlardir. Rossiya imperatorlari tomonidan tasdiqlangan ushbu nizomlarda Turkiston o’lkasini boshqarishning asosiy tamoyillari, mustamlakachi ma’murlarninig vakolatlari, mahalliy xalqning siyosiy huquqsizligi, yurtimizning metropoliya xom ashyo bazasiga aylantirilganligi o’z aksini topgan.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkiston o’lkasini boshqarish bilan mashg’ul bo’lgan idoralarda, korxonalarda va boshqa idoralarda ish yuritish hujjatlari yo’lga qo’yildi. Natijada o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy axvolini o’zida aks ettirgan yuzlab hujjatlar yaratildi. Bunday hujjatlarni quyidagi uchta asosiy guruxlarga bo’lish mumkin. 1. Davlat muassasalari hujjatlari. 2. Banklar, xususiy korxonalar va shirkatlar (firmalar) hujjatlari. 3. Siyosiy partiyalar va tashkilotlar hujjatlari.