Mavzu: Mass-spektrometrik analiz usullari. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Mass-spektrometrik metodining mohiyati


Standart va aniqlanayotgan modda eritilgan eritmalarning optik zichliklarini taqqoslash usuli



Yüklə 243,1 Kb.
səhifə12/19
tarix10.05.2023
ölçüsü243,1 Kb.
#110576
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Kurs Ishi (2)

Standart va aniqlanayotgan modda eritilgan eritmalarning optik zichliklarini taqqoslash usuli. Tadqiq qilinayotgan eritmada kimyoviy rеaktsiyalar o`tkazib, elеktromagnit to`lqinlar enеrgiyasini yutuvchi eritma tayyorlaymiz. Kontsеntratsiyasi aniqlanayotgan elеmеntning miqdoriga yaqin bo`lgan bir nеchta standart eritma tayyorlanadi. Standart va tadqiq qilinayotgan eritmalarning optik zichliklari o`lchaniladi. Tadqiq qilinayotgan eritmaning optik zichligi ga, standart eritmaniki esa ga tеng.
Optik zichliklarning bir xil to`lqin uzunlikda va bir xil kyuvеtalarda o`lchanishini qisobga olsak :

bundan,
Shu yo`l bilan tahqiq qilinayotgan eritmadagi moddaning kontsеntratsiyasi topiladi. Tahlil qilish uchun olingan eritmaning qajmini bilib erigan moddaning miqdorini topish mumkin.
Darajalash grafigi orqali kontsеntratsiyani topish. Aniqlanadigan moddani eritib kontsеntratsiyasi har xil bo`lgan bir qator eritmalar tayyorlanadi. Eng maqbul sharo`ltlarda ya'ni, tanlangan to`lqin uzunligi va qatlam qalinligida (kyuvеtaning qalinligi) bu eritmalarning optik zichliklari o`lchaniladi. Bir xil kontsеntratsiyali eritmadan kamida uchtadan tayyorlanadi va o`lchangan optik zichliklarning o`rtachasi olinadi. Standart eritmalar uchun tanlangan kontsеntratsiya oralig`i o`rganilayotgan eritmalar kontsеntratsiyasini o`zgarish ehtimoli bo`lgan oraliqiga mos kеlishi ya'ni, shu oraliqni o`z ichiga olishi kеrak. Tanlangan to`lqin uzunligi va yoruqlik yutuvchi qatlamning qalinligida bogianish qat'iy bajarilishi kеrak. Aniqlanayotgan eritmalar optik zichligi qiymatlarining o`zgarish oralig`i o`lchash natijalari maksimal darajada takrorlanadigan oralig`da (ya'ni, A = 0,14 – 1,3) bo`lishi kеrak.Olingan natijalar asosida darajalash grafigi tuziladi.

1.4 - Spektrofotometrik usulning metrologik xarakteristikalari
Aniqlanadigan konsentrasiyaning quyi chegarasi. Eritmadagi molekula uchun ε ning eng katta qiymati 105 atrofida bo’lishi kvant-mexanik hisoblashlar orqali ko’rsatilgan. Amalda esa ε ning yuqori qiymati 103-104dan oshmaydi. Optik zichlikning talab qilingan aniqlikda (Sr < 0,33 bu yerda Sr – nisbiy standart chetlanish) o’lchash mumkin bo’lgan qiymati 0,01 kyuvetaning qalinligi esa 1 sm. Bu ma’lum qiymatlardan foydalanib spektrofotometrik usullar bilan o’lchash mumkin bo’lgan konsentrasiyaning minimal qiymatini baholash mumkin, u 107 M ga teng. Amaliyotda ko’pchilik hollarda konsentrasiyaning 10-6 – 10-4 M yoki 10-1 – 101 mkg/ml miqdori o’lchaniladi. Shunday qilib, spektrofotometrik usul sezgirligi o’rtacha bo’lgan usullarga kiradi.
O’lchash natijalarining takrorlanishi. Fotometrik aniqlashlarda o’lchash natijalarining takrorlanishiga ta’sir qiluvchi tasodifiy xatoliklar quyidagi sabablarga ko’ra paydo bo’ladi: analiz qilinadigan eritmalarni tayyorlashdagi xatoliklar; aniqlanuvchi komponentning nur yutuvchi birikmaga o’tkazishning to’laqonliligi; begona komponentlarning ta’siri; kontrol tajribaning xatoliklar i; kyuvetalar qalinligidagi farq; ularning nur tushuvchi va chiquvchi tomonlarining holati va shuningdek, hamma vaqt bir holatda o’rnatish mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lgan «kyuveta xatoliklari»; tegishli to’lqin uzunligini o’rnatishdagi va qayd qiluvchi sistemani «0» hamda «100%» o’tkazishga to’rilashdagi xatoliklar; yorug’lik manbai va qabul qiluvchi hamda kuchaytiruvchi sistemalarning nostabil ishlashi hisobiga bo’ladigan xatoliklar.
Optik zichlik va o’tkazish koeffisiyentining hamma qiymatlarini bir xil xatolik bilan o’lchash mumkin emas. Yorug’lik yutilishini o’lchashning maqbul oralig’i mavjud. Bu oraliq shunday tanlanadiki, A o’lchanadigan butun oraliqda o’lchashda qo’yiladigan nisbiy xato uning eng kichik nisbiy xatosining ikki baravaridan ko’p bo’lmasin.
Eritmaning konsentrasiyasini minimal xatolikning ikki baravaridan katta bo’lmagan xatolik bilan o’lchash uchun optik zichlik 0,1 - 1,0 oraliqda bo’lishi kerak.
Tanlash (selektivlik). Spektrofotometriyada selektivlikni cheklaydigan eng muhim omil molekulyar yutilish polosalarining spektral kengligi (bir necha o’n nanometrga boradigan) va u bilan bog’liq bo’lgan spektral xalaqitlar hisoblanadi. Spektral xalaqitlar eritmadagi komponentlarga tegishli yutilish polosalarining birbirini qoplashdan iborat bo’lib o’z navbatida, additiv sistematik xatolarni keltirib chiqaradi.
Odatda, spektrofotometriyada fizik-kimyoviy halaqitlar katta rol o’ynamaydi. Bundan tashqari kompleksning yutilish spektri ko’pincha reagentning yutishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham, spektrofotometrik usullar spektral nuqtai nazardan selektiv bo’lmagan usullardir. Spektrofotometriyada selektivlik asosan, namuna tayyorlash etapida, aniqlanuvchi modda bilan rangli birikma hosil qiluvchi reagentni tanlash yo’li bilan shuningdek, aniqlash sharo`ltlarini (rN ni o’zgartirish, halaqit beruvchi elementlarni maskaga berkitish) ta’minlash, komponentlarni ajratish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 243,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin