Mavzu Mehnat muhofazasi qonunchilik asoslari


-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə5/11
tarix28.04.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#104010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mehnat Leo 10

10-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash
O‘zbekiston Respublikasida davlat va korxonalar oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligi turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va o‘quvchilar mehnatni muhofaza qilish kursini albatta o‘tishlarini tashkil etishlari kerak.
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xo‘jalik boshqaruvi idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini ta’minlaydilar.
11-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qat’i nazar, jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli budjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan budjet mablag‘lari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‘larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim qilmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonalar o‘zining xo‘jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega.
(11-moddaning to‘rtinchi qismidagi ikkinchi jumla O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin