Dizoksiribonuklein kislotasi (DNK) polimer bo'lib, uning monomerlari nukleotidlardan iborat. Har bir nukleotid o'z navbatida purinli asoslardan: adenin, guanindan (A, G); piromidinli asoslardan timin va sitozin (T, S), qand moddasi, dizoksiriboza va fosfat kislota qoldig'idan iborat.
DNK molekulasi qo'shaloq spiral bo'lib, uning zanjirlari bir-biriga komplementar joylashgan. Zanjirlardan birida A, uning ro'parasida ikkinchi zanjirda T joylashgan bo'ladi; birida G joy-lashsa, ikkinchi zanjirda albatta S bo'ladi. Bu degani, DNK mole-kulasidagi zanjirlardan birida nukleotidlar, A, G, S, G, G, G, A, G3 S tartibda bo'lsa, unga komplementar zanjirdagi nukleotidlar albatta T, S, G, A, S, S, T, S, G tartibda bo'ladi. Bu DNK molekulasidagi nukleotidlarning komplementarligi yoki o'zaro to'l-dirish prinsipi deb yuritiladi. Har bir mikroorganizm hujayrasi ko'payishi paytida DNK molekulasi ham ko'payadi. DNK mole-kulasining ko'payishi yarim konservativ, ya'ni yangi hosil bo'ladigan
DNK molekulasi uchun eski DNK molekulasining har bir zanjiri alohida qolip (matritsa) rolini o'ynaydi. Bu usuldagi DNK sintezi autosintez deb yuritiladi. DNK sintezini amalga oshimvchi ferment DNK polimeraza fermenti deyiladi. Bu ferment DNK molcku-lasidagi A-T, G-S oralig'idagi vodorod bog'larini uzib, qo'shaloq spiralni yakka spiral holiga keltiradi. Наг bir spiral yangidan hosil bo'ladigan DNK molekulasi uchun qolip rolini o'ynaydi.
Ribonuklein kislotasi(RNK) ham polimer bo'lib, uning mono-merlari nukleotidlardir. RNK molekulasi bitta zanjirdan, riboza, azotli asoslardan A, U, S, G va fosfat kislota qoldig'idan iborat. Hujayrada 3 xil RNK mavjud bo'ladi: 1) i-RNK — bu polimeraza fermenti ta'sirida DNKdan sintezlanadi; 2) r-RNK — oqsil sintezini amalga oshiruvchi ribosomaning tarkibiga kiradi; 3) t-RNK — oqsil sintezida i-RNK ga o'z antikodonlari bilan kcrakli amino-kislotalar tashib keladi. Ba'zi birviruslarning irsiy moddasi asosida DNK o'rnida RNK ham bo'ladi. Bunday viruslar qatoriga gripp, poliamelig viruslari kiradi.