Mikroorganizmiar xromosomasi. Haqiqiy mikroorganizm-larning yadrosida xromosomalar bo'lib, ularda genlar joylashadi. Mikroorganizmiar xromosomasidagi genlar galloid to'plamida bo'ladi. Ko'p hollarda mikroorganizmlarning yadrosidan tashqari mitoxondriya va suv o'tlarining xloroplastlarida ham genlar bo'lib, ular nazorat qiladigan belgilar bir tomonlama, sitoplazmatik usulda avloddan-avlodga uzatiladi. Yadrosi shakllanmagan mikroorganizmlarning xromosomasi doira shaklida bo'lib, ular bitta, bir-biriga bog'langan genlar tizimini tashJdl qiladi.
Plazmid. Bakteriya hujayrasida halqasimon xromosomadan tashqari molekulyarog'irligi ] -108 daltondan ortiq bo'lmagan DNK molekulasi uchraydi. Bu DNK bakteriya xromosomasiga bog'liq bo'lmagan holda ko'payishi va yangitdan hosil bo'lgan bakteriya hujayralariga berilishi mumkin.
Bakteriya plazmidlari hujayrada ikki holatda: bakteriya xromo-somasidan alohida va bakteriya xromosomasiga birikkan holda bo'ladi. Bakteriya xromosomasiga birikkan plazmidlar episomalar deb yuritiladi.
Agar bakteriya plazmidi donar hujayradan retsipiyent hujayraga berilsa, «transmissibel», berilmasa «transmissibel bo'lmagan» plazmid deyiladi. Demak, plazmidlaming nusxa ko'chirish (repli-katsiya), bakterial xromosomaga birikish va turlicha miqdorda boshqa hujayralarga uzatilish kabi uch funksiyasi mavjud. Bakteriya fenotipida namoyon bo'ladigan belgilar qatoriga: donorlik (F plazmid), og'ir metall tuzlari va antibiotiklarga chidamililik (R plazmid), kasallikning yuzaga chiqishi (Ent, Vir) va shu kabilar kiradi. Bakte-riyalarning turli xil antibiotiklarga chidamli bo'lishiga antibiotiklarni parchalovchi yoki ularning aktivligini kamaytiruvchi fermentlar ishlab chiqarishi, antibiotiklarning hujayraga kirish qobiliyatining yo'qolishi, ularning bakteriya hujayralarida to'planmasligi sababdir. S hurting? uchun tibbiyotda, veterinariyada kasalliklarga qarshi anti-biotiklar qo'llanilganda yaxshi natija bermaydi. Plazmidlaming salbiy funksiyalaridan yatia biri viralent bo'lmagan bakteriyalarni virulent, ya'ni kasallik tug'diruvclti bakteriyalarga aylantirib qo'-yishidir.
Ⅰ. Adabiyotlar sharxi O‘simliklarning bakterial kasalliklari haqidagi fan fitopatologiyaning bir qismidir. XIX asrning 60-nchi yillarigacha o‘simlik kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari faqat zamburug‘lar deb hisoblangan. Fitopatologlar va mikrobiologlar o‘simliklar fitopatogen bakteriyalar bilan zararlanishi “prinsipial shaklda mumkin emas” ligini, demak bunday bakteriyalar ham mavjud emasligini isbotlashga urinishgan.
Nemis olimi Robert Kox (1843-1910) bakteriyalar inson va hayvonlarda kasalliklar qo‘zg‘atishini birinchi bo‘lib isbotlagandan keyin ko‘p vaqt o‘tmasdan, 1878 yilda, yuksak o‘simliklar ham bakteriyalar bilan parazitik shaklda zararlanishi mumkinligini, mevali daraxtlar kuyish kasalligining bakterial tabiatini aniqlagan va 1882 yilda o‘simlikda birinchi bakteriozni kashf etgan amerikalik olim Tomas Djon Barril (1839-1916) isbotladi.
Fitopatologiyaning bakteriozlar haqidagi yo‘nalishiga amerikalik fitopatolog Ervin Smit asos soldi. U o‘simliklar ildiz bo‘g‘zining rak kasalligini bakteriya (Agrobacterium tumefaciens) qo‘zg‘atishini isbotladi. U o‘simliklarning ko‘p bakterial kasalliklarini tadqiq qilibgina qolmasdan, balki fitopatologiyada bakteriologik tadqiqot o‘tkazish metodikalarini yaratdi va XX asrning boshida o‘simliklar kasalliklarining bakterial tabiatini ishonarli shaklda isbotladi. 1915 yilga kelib o‘simliklarning 144 turkumiga mansub turlarida bakteriyalar aniqlandi, 1920-yillarda esa o‘simliklarda aniqlangan bakteriozlar soni inson va hayvonlarning bakterial kasalliklari sonidan oshib ketdi. MDH mamlakatlarida fitobakteriologiya fanining rivojlanishiga M. S. Voronin, M. V. Gorlenko, I. V. Voronkevich, O‘zbekistonda esa S.A. Asqarova, J. Safiyazov va R.K. Sattarovalar katta hissa qo‘shganlar.
Bakteriyalar saprotrof (patogen bo‘lmagan) va fitopatogen bo‘lishi mumkin. O‘simliklarda 400 tadan ko‘proq fitopatogen bakteriyalar kasallik qo‘zg‘atadi, jumladan sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning keng tarqalgan bakteriozlarining soni 30 tadan ko‘proq. Birinchi o‘simlik bakteriozlari kashf etilgan vaqtdan (1882 yildan) boshlab hozirgacha fitopatogen bakteriyalarning yangi turlari, kenja turlari va saprotrof turlarning patologik variantlari (patovarlari) kashf etilishi davom etmoqda. [1,8].
Bakteriyalar prokariot organizmlar bo‘lib, ularning shakllangan yadrosi mavjud emas, nukleoplazmasi (yadro moddasi) sitoplazmadan hech qachon membrana vositasida ajralmaydi. Bakteriyalar oddiy ikkiga (binar) bo‘linish vositasida ko‘payadi.
Bakteriyalar xlorofillsiz, bir hujayrali tuban, geterotrof organizmlardir. Ular tayyor organik modda hisobiga oziqlanadi. Ularning hujayralarining uzunligi 0,5-4,5 mkm, eni 0,3-0,8 mkm. Bakteriyalar sporali, sporasiz, harakatlanuvchi va harakatsiz shakllarga ega. Harakatchan bakteriyalarning xivchinchalari mavjud. Xivchinchalarning hujayradagi soni va joylashishiga qarab bakteriyalarni monotrixlar (hujayraning bir uchida bitta xivchinchali), lofotrixlar (hujayraning bir uchida bir dasta xivchinchali) va peritrixlarga (xivchinchalar hujayra ustining barcha qismlarini qoplagan) ajratishadi. [1,19].
Bakteriya hujayralarining shakliga qarab ularni quyidagi guruhlarga bo‘lishadi: tayoqchasimon1sporasiz bakteriyalar, tayoqchasimon sporali batsillalar, sharsimon kokklar (monokokk, diplokokk, streptokokk va stafilokokklar), egilgan tayoqchasimon vibrionlar, spiral shaklli spirillar hamda spiroxetalar va b.
Bakteriyalar osmotik usulda – ozuqani hujayralarining barcha ustki qismlari bilan so‘rib, oziqlanadi. Barcha fitopatogen bakteriyalar oddiy ozuqa muhitlarida o‘sadi, ammo tarkibida o‘simlik moddalari mavjud bo‘lgan ozuqa muhitlarini afzal ko‘radi. Oqsilli muhitlarda ularning ko‘pchiligi morfologik o‘zgargan shakllar hosil qiladi yoki hayotchanlgini yo‘qotadi. Fitopatogen bakteriyalarning ko‘pchiligi grammanfiy, faqat batsillalar grammusbat va korinebakteriyalar grammusbat yoki gramo‘zgaruvchan. Grammanfiy va grammusbat spora hosil qiluvchi bakteriyalar xivchinchalarga ega va harakatchan. Grammanfiy bakteriyalarning hujayra qobig‘i grammusbat bakteriyalarnikiga ko‘ra ancha yupqa. Korinebakteriyalar harakatsiz. Fitopatogen bakteriyalarning aksariyati aeroblar – moddalarni havo kislorodi hisobiga oksidlaydi va organik birikmalar oksidlanishida hosil bo‘lgan energiyani o‘zlashtiradi. Oziqlanish tipi bo‘yicha ular xemoorganotroflardir. Ularning ba’zilari kislorod yetishmovchiligida rivojlana oladigan mikroaerofillardir. [5,8,20].
Noqulay tashqi muhit faktorlari, misol uchun antibiotiklar ta’sirida ba’zi fitopatogen bakteriyalar L-forma deb atalgan shaklni paydo qiladi. Bakteriyalarning L-formalarida hujayra qobig‘i bo‘lmaydi, ammo ular muayyan sharoitlarda hujayra shaklini tiklashi mumkin. Hujayra qobig‘i mavjud bo‘lmasligi tufayli L-bakteriyalar o‘ziga xos shakli va hajmini yo‘qotadi; bunday bakteriyalar bakterial filtrdan o‘tadi. Shu sababdan L-bakteriyalarni filtrdan o‘tuvchi bakteriyalar deb atashadi.
Bitta sof kultura koloniyasidan olingan material bir necha ozuqa muhitiga ko‘chirib ekilganda morfologiyasi har xil bo‘lgan koloniyalar o‘sib chiqadi. Bu hodisa dissotsiatsiya, yoki dissotsiativ o‘zgaruvchanlik, deb ataladi, xarakteriga ko‘ra farqlanuvchi koloniyalarning o‘zlari esa dissotsiantlar nomini olgan. Dissotsiantlarning asosiy formalari M-, S- va R-formalardir. [1,5,8,19].